Дунё минтақаларида демографик ўтиш даврининг хусусиятлари
Shvetsariya davlatiga iqtisodiy geografik tavsifi
Download 0.92 Mb.
|
Ziyotova Gulhayo
8 Shvetsariya davlatiga iqtisodiy geografik tavsifi
Shveysariya (Switzerland, nem. Schweiz, frans. Suisse, ital. Svizzera), Shveysariya Konfederatsiyasi (nem. Schweizerische Eidgenossenschaft, frans. Conferderation Suisse, ital. Confederazione Svizzera) — Markaziy Yevropada joylashgan davlat. Maydoni 41 285 km². Aholisi 7,997 mln. kishi (2012). Yuridik jihatdan Poytaxti yo'q. Poytaxt sifatida Bern shaxri foydalaniladi Maʼmuriy jihatdan 23 kanton (ulardan 3 tasi yarim kantonlar)ga boʻlinadi. Dunyodagi kambag'allik darajasi eng past bo'lgan davlat. Shveysariyada 4 ta davlat tili bor: nemis, fransuz, italyan va retromancha tillari. Shveysariyaning birinchi davlat tili nemis tilidir. Chunki bu tilda 5 millionga yaqin aholi soʻzlashadi. Lekin ular shevada soʻzlashishadi. Bu degani ular shveysarcha-nemischa gaplashishadi. Shveysariyada 50 dan ortiq sheva turi bor. Bundan tashqari fransuz, italyan tillari ham aholi tomonidan shevalashtirilgan. Shvetsariya — federal parlamentli respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1874-yil 29-mayda qabul qilingan (keyinchalik oʻzgartishlar kiritilgan). Davlat va hukumat boshligʻi prezident, u Federal majlis tomonidan Federal kengash (hukumat) aʼzolaridan 1 yil muddatga saylanadi va qayta saylanish huquqiga ega emas. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 2 palatali (Milliy kengash va Kantonlar kengashi) Federal majlis, ijrochi hokimiyatni prezident va Federal kengash (hukumat) amalga oshiradi. Har bir kanton oʻz konstitutsiyasi, parlamenti va hukumatiga ega. Hududining katta qismida Alp togʻlari joylashgan (bal. 4634 m gacha, Dyufur togʻi). Mamlakat markazida Shveysariya yassitogʻligi, shimoliy gʻarbida Yura togʻlari bor. Iqlimi nam, moʻtadil iqlim boʻlib, Jenevada yanvar oyining oʻrtacha temperaturasi 0°, iyul oyining oʻrtacha temperaturasi 19°. Oʻrtacha yillik yogʻin miqdori 800–2500 mm. shahrida daryo koʻp. Reyn (Aare irmogʻi bilan) daryosi, Rona, Inn, Tichino daryolarining yuqori oqimi shahridan oqib oʻtadi. Jeneva, Boden va boshqalar koʻllar bor. Togʻ qoʻngʻir oʻrmon va togʻ oʻtloqi tuproqlar tarqalgan. Mamlakat hududining 24% i oʻrmon. Yassitogʻlik va togʻlarda kengbargli hamda ignabargli daraxtlar oʻsadi, baland togʻlar subalp va alp oʻtloqlari bilan qoplangan. Alp togʻlarida muzliklar bor (2 ming km²ga yaqin). Hayvonot dunyosi boy. Togʻlarda sut emizuvchilardan yovvoyi echki, suvsar, quyon, sugʻur, ayiq, tulki va boshqalar, parrandalardan burgut, karqur, togʻchumchuq, daryo va koʻl qirgʻoqlarida baliqchi qush uchraydi, suvlarda turli xil baliqlar bor. Togʻlarda turizm, alpinizm, sportning qishki turlari bilan shug'ullanish uchun sharoitlar yaratilgan. Shveysariya milliy bogʻi, koʻplab rezervat va buyurtma qoʻriqxonalar bor. Aholisi olmon-shveysariyaliklar, fransuz-shveysariyaliklar, italyan-shveysariyaliklar va reto-romanlardan iborat. Italyan, nemis, ispan, fransuz, portugal va boshqalar ham yashaydi. Rasmiy tillar — nemis, fransuz, italyan va reto-roman tillari. Aholining 67,7% shaharlarda istiqomat qiladi. Dindorlarning aksariyati katolik va protestantlar. Yirik shaharlari: Syurix, Bazel, Jeneva, Bern, Lozanna. Shveysariya Markaziy Yevropada joylashgan mamlakat hisoblanadi. Mamlakat maydoni 41,3 ming km²ni tashkil etadi. Shveysariya shimolda Germaniya, gʻarbda Fransiya, sharqda Lixtenshteyn va Avstriya, janubda Italiya bilan chegaradosh. Germaniya bilan shimoliy chegaraning katta qismi Reyn daryosi boʻylab oʻtadi. Germaniya bilan sharqiy chegara va Avstriyaning bir qismi Konstans koʻli orqali oʻtadi. Fransiya bilan janubi-gʻarbiy chegaraning bir qismi Jeneva koʻli orqali oʻtadi. Eng uzun chegara Italiya bilan — 741,3 km, Fransiya bilan — 571,8 km, Germaniya bilan — 362,5 km, Avstriya bilan — 165,1 km, Lixtenshteyn bilan — 41 kmni tashkil etadi. Maksimal uzunligi: shimoldan janubga 220 km va sharqdan gʻarbga 348 kmga choʻzilgan. Shveysariya mamlakati okeanga chiqa olmaydi, mamlakatga eng yaqin boʻlgan okean Atlantika okeani (Oʻrta Yer dengizi) hisoblanadi. Shveysariya mamlakati milliy iqtisodiyoti asosan bank moliya tizimi juda ravnaq topgan boʻlib yirik koorparatsiyalar ham ushbu davlatda joylashgan. Shveysariya mamlakati shuningdek turizm va xizmat koʻrsatish sohasi ham yaxshi rivojlangan. Mamlakat hududi Alp togʻ burmalanish davrida paydo boʻlgan, Alp togʻlaridan iborat. Alp togʻlari Shveysariya mamlakatida turizm va qishki sport tutrlari rivojlanishi uchun muhim rol oʻynaydi. Shveysariya mamlakatida turizmning adrenalinbop turizm, rekreatsiya va davolash turizmi, akuaturizm kabi turlari yaxshi rivojlangan, shuningdek milliy bogʻlar va qoʻriqxona hududlarida esa tabiat manzaralari uchun agroturizm yaxshi rivojlantirilgan. Shveysariya mamlakati shunungdek qishki sport turlarida yaxshi imkoniyatlarga ega davlat hisoblanandi. Mamlakatda qishki sport turlarini rivojlantirilgan, mamlakatda yoz fasllarida butun Yevropadan qishki changʻi sport turi ixlosmandlari keladi. Turizmning bunday turlari orqasidan Shveysariya juda katta daromad oladi. Butun hududning taxminan 58,5 %ni Alp togʻlari, 10 %ni esa Yura togʻlari egallaydi[1]. Mamlakatning eng baland nuqtasi — Dufour choʻqqisi (4634 m), eng pasti — Lago Maggiore koʻli — 193 metr. Yura togʻ tizmasining eng baland nuqtasi Shveysariyada (Tandre togʻi) joylashgan boʻlib uning 1679 metrni tashkil etadi. Mamlakatning eng mashhur togʻi Matterhorn hisoblanadi. Shveysariya platosi mamlakatning markaziy qismida joylashgan. Uning oʻrtacha balandligi dengiz sathidan 580 metr balandlikda joylashgan. Bu hudud aholining yuqori zichligi, sanoatning kontsentratsiyasi, qishloq xoʻjaligi va chorvachilik rivojlanganligi bilan ajralib turadi. Yuqori Reyn tekisligining janubiy qismi hisoblanadi. Shveysariya bamisli relyef jihatdan suv qudugʻi misolida qarash mumkin. Yevropaning chuchuk suv zahiralarining 6 % bu yerda toʻplangan boʻlib, aynan shu yerdan Reyn (mamlakat ichida, daryo uzunligi 375 km), Rona (264 km), Tisino (91 km), Inn daryolari boshlanadi. Uch xil dengiz havzalariga quyiladi: Shimoliy, Oʻrta yer dengizi va Qora dengiz havzallariga quyiladi. Mamlakat daryolari kema qatnovi uchun qulay emas va kemalar qatnamaydi. Shveysariyada juda koʻp koʻllar mavjud. Mamlakatning koʻllari muzliklar erishidan kelib chiqqan, shuning uchun ular choʻzilgan shaklga va katta chuqurlikka ega hisoblanadi. Ular orasida quyidagilar mavjud. Jeneva koʻli maydoni — 581 km²; Konstans koʻli — 538,5 km²; Neuchâtel koʻli — 217,9 km²; Maggiore koʻli — 212,3 km²; Syurix koʻli — 88,4 km²; Lugano koʻli — 47,8 km². Har qanday shveysariyalikning oshxonasidagi krandan oqib chiqadigan suv har doim benuqson va tozaligi jihatidan mineral suvga oʻxshaydi. Hatto jamoat favvoralaridan ham siz ikkilanmasdan suv ichishingiz mumkin. Yil davomida yillik yogʻingarchilikning atigi 2 % ichimlik suvi taʼminotiga sarflanadi. Har bir shveysariyalik kundalik hayotda, sanoatda va kichik ishlab chiqarish korxonalarida kuniga taxminan 400 litr suv isteʼmol qiladi. Ulardan oʻrtacha 160 litri maishiy isteʼmolga moʻljallangan. Shveysariyada ichimlik suvi oʻrtacha ming litr uchun 1,60 CHF atrofida turadi. Shunday qilib, bir kishi uchun toʻlov kuniga 0,26 CHFni tashkil qiladi. frank, uch kishilik oila uchun esa — 0,80 Shveysariya frankidan sal kamroqni tashkil etadi. 80 % isteʼmoli quduq va buloqlardan keladigan yer osti suvlari hisobiga taʼminlanadi, qolgan qismi asosan koʻllardan olinadi. Shveysariyada chuchuk suv yetarli darajada boʻlishiga qaramay, Shveysariyada suv taqchil boʻlgan hududlar ham mavjud. Masalan, zamonaviy Vale kantoni hududida bir necha asrlar oldin dehqonlar sunʼiy kanallar qurishgan, ular yordamida erigan qor va muzlik suvlarini dehqonchilik uchun xizmat qiladigan yer hududlariga olib kelishgan. Qishloq xoʻjaligining rivojlanishi uchun muhim rol oʻynab bergan. Shvetsariya. — intensiv qishloq xoʻjaligiga ega boʻlgan yuksak rivojlangan industrial mamlakat; jahondagi yirik moliya markazlaridan va kapital eksport qiluvchilardan biri. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 25%, qishloq xoʻjaligi niki 2,9%, moliya va sugʻurtaniki 25,4% ni tashkil etadi. Sanoatida mashinasozlik va metallsozlik yetakchi tarmoq hisoblanadi. Mashinasozlik sanoati metall ishlovchi aniq stanoklar, temirpress asbobuskunalari, elektrotexnika buyumlari ishlab chiqaradi. Jahonda ishlab chiqariladigan soatning U 2 qismi shahriga toʻgʻri keladi. Kimyo, farmatsevtika, toʻqimachilik, tikuvchilik, trikotaj, poyabzal, qogʻoz, poligrafiya, oziqovqat (pishloq, shokolad va konsentratlar) sanoati rivojlangan. Toshtuz va qurilish materiallari qazib olinadi. Yiliga oʻrtacha 60,4 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi Qishloq xoʻjaligining asosi chorvachilik (asosan, sut chorvachiligi) hisoblanadi. Qishloq xoʻjaligi mahsulotining 3/4 qismi chorvachilikka toʻgʻri keladi, qoramol, choʻchqa, qoʻy boqiladi. Parrandachilik rivojlangan. Dehqonchilikda bugʻdoy, arpa, qand lavlagi, kartoshka, yemxashak ekinlari ekiladi. Tokchilik rivojlangan. Togʻlarda yogʻoch tayyorlanadi. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling