Дунё минтақаларида демографик ўтиш даврининг хусусиятлари
Keniyaga iqtisodiy geografik tavsif
Download 0.92 Mb.
|
Ziyotova Gulhayo
32 Keniyaga iqtisodiy geografik tavsif.
Keniya yoki Kenya (inglizcha: Kenya), Kenya Respublikasi (inglizcha: Republic of Kenya) — Sharqiy Afrikadagi davlat. BMT aʼzosi. Maydon 582,6 ming km2. Aholisi 30,7 mln. kishi (2001). Poytaxti Nairobi shahri. Maʼmuriy jihatdan 7 viloyat (province)ra va poytaxt okrugiga boʻlinadi. Kenya — respublika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlikka kiradi. Amaldagi konstitutsiyasi 1969-yilda qabul kilingan, keyinchalik tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (1978-yildan Daniel arap Moi). U umumiy toʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan 5 yilga saylanadi va qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni prezident va Millat majlisi (bir palatali parlament), ijroiya hokimiyatni prezident, vitse-prezident va hukumat amalga oshiradi. Kenya Sharqiy Afrika yassitogʻligi (sharqda bal. 500 m va gʻarbda bal. 1500 m) Shimoli-sharqiy chekkasida joy-lashgan. Hind okeani sohili uzilma togʻlardan iborat, tik va kam parchalangan. Jan.dan shim.ga tomon kengayib (50–200 km) boradigan tekislik bor. Unga tutash botiqning atrofi togʻ tizmalari (sharqda Aberder, bal. 400 m gacha, gʻarbda May va Elgeyo, bal. 3000 m gacha) va soʻngan vulkanlar (Kenya togʻi, 5199 m — Kenyadagi eng baland choʻqqi), Viktoriya koʻli boʻylari kambar tekislik bilan oʻralgan. Trona, oltin, kianit, diatomit, ohaqtosh, grafit, polimetall ruda konlari topilgan. K. ekvator iqlim mintaqasidajoylashgan. Sohilda harorat issiq (iyulda oʻrtacha temperatura 24—25°, yanvarda 27°), yassitogʻlikda salqinroq. Yillik yogʻin miqdori Shimoli-sharqda 250 mm dan janubi-gʻarbda 1500–2000 mm gacha. Ekvator yaqinida seryomgʻir mavsum: mart—aprel va noyabr—dekabr Daryolari kam suvli, qisqa, ayrimlaridagina kema qatnaydi. Yiriklari: Tana, Galana. Oqmas koʻl koʻp (eng kattasi — Rudolf). Mamlakatning sharqi va Shimoli-sharqi jigarrang-qizil lateritlashgan, toshloq, kamhosil, aksar shoʻr tuproqli. Shim.-gʻarbi va janubi-sharqi qizil-qoʻngʻir, Viktoriya koʻli boʻylari oʻtloqi qizil-qoʻngʻir, Hind okeani sohili qora va boʻz tuproqli. Kenya shimolida tikanli oʻrmonlar va butazorlar, choʻlga aylanayozgan savannalar, gʻarbida boʻydor oʻtli savannalar, togʻ etaklarida sernam tropik oʻrmonlar, togʻlarda oʻtloqlar bor. Yovvoyi hayvonlardan fil, karkidon, zebra, buyvol, jirafa, arslon, maymunlar, daryolarda timsoh, begemotlar uchraydi. Kenyada qoʻriqxona va milliy bogʻlar (Savo, Sibilon, Maun-Kenya, Meru, Aberder va b.) koʻp. Aholisining 66% ni benue-kongo tillarida soʻzlashuvchi xalqlar tashkil etadi. Ularning yiriklari: kikuyyu, luxya, kamba, kisii, meru va boshqa. Kenyada hindlar, yevropaliklar, arablar va b. ham yashaydi. Rasmiy tillar — suaxili va ingliz tillari; aholining 1/2 qismi mahalliy dinlarga eʼtiqod qiladi, qolganlari xristianlar, musulmonlar va b. Jami aholining 25,3% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Nayrobi, Mombasa, Nakuru, Kisumu. Demokratik partiya, 1992-yilda tuzilgan; K. afrikaliklar milliy ittifoqi (KANU), 1960-yilda asos solingan; Milliy rivojlanish partiyasi, 1994-yilda tuzilgan; Sotsial-demokratik partiya, 1992-yilda asos solingan; Ford-Asili va Ford-K. partiyalari, 1992-yil oktabrda tuzilgan. K. kasaba uyushmalari markaziy tashkiloti, 1965-yilda tuzilgan. Kenya — agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq, oʻrmon xoʻjaligi va baliqchilikning ulushi — 24%, sanoatning ulushi — 10% gayaqin. Iktisodiyotining asosi - q.h., uning mahsuloti mamlakat eksportining 3/4 qismini tashkil etadi. Kenya mustaqillikka erishgach, yalpi ichki mahsulot tarkibida qishloq xoʻjaligining ulushi tobora pasayib, sanoat va savdoning ulushi oshib, natural ishlab chiqarish ulushi kamaydi. Qishloq xoʻjaligida aholining 70% band. Asosiy ekinlari — kofe, choy, sizal, piretrum, paxta, sholi, bugʻdoy, shakarqamish; ichki ehtiyojlar uchun makkajoʻxori, maniok, tariq, joʻxori, arpa yetishtiriladi. Sut chorvachiligi, parrandachilik, choʻchqachilik rivojlangan. Qoramol, qoʻy, echki boqiladi. Baliq ovlanadi va yogʻoch tayyorlanadi. Sanoati, asosan, qishloq xoʻjaligi xom ashyosini qayta ishlovchi korxonalar va hunarmandchilik ustaxonalaridan iborat. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, avtomobil yigʻuv, koʻnchilik, kimyo, neftni qayta ishlash, taxta tilish va metallsozlik, qogoz sanoati korxonalari, sement zavodlari ham bor. Konchilik sanoatida flyuorit, tabiiy soda, diatomit, kaolin, gips, kianit, asbest, osh tuzi qazib chiqarish ustun. Birmuncha miqdorda mis, qoʻrgʻoshin, kumush qazib olinadi. Yirik sanoat markazlari: Nayrobi, Mombasa, Kisumu, Nakuru, Tika, Eldoret shahri Energetika soxasida gidroelektr stansiyalariningsalmogʻi katta. Tana daryosi boʻyida Gitaru, Kamburu, Kindaruma GESlari qurilgan. Yiliga oʻrtacha 3,1 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi. 3 ming km temir yoʻl, 62 ming km avtomobil yoʻli bor (shundan 4,5 ming km asfaltlangan). Asosiy dengiz porti — Mombasa. Nayrobi va Mombasada xalqaro aeroportlar bor. Kenya chetga kofe, choy, neft mahsulotlari, tamaki, piretrum, sizal, meva va sabzavot, kalsinirlangan soda, goʻsht, teri, sement va h.k. chiqaradi. Chetdan sanoat va transport uskunalari, oziq-ovqat va kimyo mahsulotlari, qora va rangli metall, neft, dori-darmon va h.k. oladi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlar — Buyuk Britaniya, Germaniya, AQSH, Yaponiya, Niderlandiya. Tashqi sayyohlik rivojlangan. Pul birligi — Kenya shillingi. Sogʻliqni saqlash tizimiga davlat rahbarlik qiladi. Yuqumli kasalliklar (bezgak, ichburugʻ, yuqumli gepatit, ich terlama va b.) keng tarqalgan. Xususiy shifoxonalar ham bor. Vrachlar Nayrobi universitetida, oʻrta malakali tibbiy xodimlar Tibbiy tayyorgarlik markazi va tibbiyot maktablarida tayyorlanadi. Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Keniya iqtisodi barqaror rivojlanib borayotgan kam sonli Afrika davlatlaridan biridir. Iqtisodining yetakchi tarmog‘i qishloq xo‘jaligi. Asosiy mahsulotlari: qahva, choy, sholi, g‘alla, paxta, shakarqamish. Asosiy savdo hamkorlari — YI, Afrika davlatlari, AQSH. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi — 2650 km, avtomobil vollari — 64590 km. Asosiy portlari — Mombasa, Lamu. Keniya Afrika qit’asining sharqiy qismidagi davlat. G‘arbda Uganda (chegara uzunligi — 933 km), shimolda Efiopiya (830 km) va Sudan (232 km), sharqda Somali (682 km), janubda Tanzaniya (769 km) bilan chegaradosh. Sharqda Hind okeani bilan tutash. Chegarasining umumiy uzunligi — 3446 km, sohil bo‘ylab chegara uzunligi — 536 km. Keniya Sharqiy Afrika yassitog‘ligining shimoli sharqiy qismini egallaydi. Markazda eng baland nuqtasi 5199 m boigan Keniya tog‘i va tog‘ tizmalari joylashgan. Asosiy daryolari: Gana (Ozi) va Galana. Mamlakat hududida Rudolf ko’li va qisman Viktoriya koii joylashgan. Asosiy foydali qazilmalan: oltin, baritlar, yoqut, ohaktosh. Iqlimi — ekvatorning yuqori qismida issiq va quruq; janubiy qismi uch iqlimli zonaga bo‘linadi. Sohil bo’ylarida sernam iqlim, tog’li yerlarda mo’tadil iqlim, Viktoriya ko’li havzasida esa issiq, sernam iqlim. Keniyada akatsiya, sutlama, boshoqli o‘simliklar o’sadi. Tropik o‘rmonli hududlarda rausoniya, dripetis, кар kashtani, qora archa o‘sadi. Keniyaning milliy parklarida antilopalar, ohular, zebralar podasi saqlangan, shuningdek, fillar, jirafalar, sherlar, qoplonlar, qo’toslar, karkidonlar ham bor. Qushlarning turi ko’p: tuyaqushlar, kotib qush, tuvaloqlar, marabular, kalxatlar, qizil g‘ozlar va h.k. Keniya — respublika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlikka kiradi. Amaldagi konstitutsiyasi 1969 yilda qabul kilingan, keyinchalik tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (1978 yildan Daniel arap Moi). U umumiy toʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan 5 yilga saylanadi va qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni prezident va Millat majlisi (bir palatali parlament), ijroiya hokimiyatni prezident, vitse-prezident va hukumat amalga oshiradi. Keniyaning eng yuqori nuqtasi shu nomdagi cho‘qqi bo‘lib, uning balandligi 5000 metrga teng va hashamatli milliy bog‘ bilan o‘ralgan. Keniyada fasllar bizga ma’lum bo‘lgani kabi to‘rtta emas, ikkita: Bularning biri yomg‘irli, ikkinchisi esa quruq mavsumlardir. Mamlakat hududida juda katta miqdordagi tuyaqushlar istiqomat qiladi. Keniyaliklarning davlat tili ham ikkita. Bu ingliz va suaxili tillari hisoblanadi. Mahalliy aholining 90%i suaxili tilida muloqot qiladi. Mamlakatdagi tog‘ cho‘qqilari va ayrim pana burchaklarda qor yil bo‘yi erimay turadi.Keniya milliy oshxonasi o‘zida Afrika, Hindiston va Yevropa taomlarining tayyorlanish usullarini birlashtirgan. Bu yerga tashrif buyurgan paytda baobab daraxtining mevalaridan tayyorlanadigan achchiq ta’mli konfetlarni tatib ko‘rishingiz mumkin. Keniyada eski avtomobil shinalaridan tayyorlanadigan qo‘lbola sandallar moda olami ishqibozlari uchun asl trend hisoblanadi. Bundan tashqari u odamlar orasidagi eng ommabop suvenir hamdir. Eng qizig‘i, Keniyada ulagan yigitlar bir muddat ayollar kiyimini kiyib yurishga majbur bo‘lar ekanlar. So‘nggi arxeologik ma’lumotlarga ko‘ra, insoniyat sivilizatsiyasi aynan shu yerda paydo bo‘lgan. Aytishlaricha, ilk odamlar aynan Keniyada hududida bundan 3 million yil ilgari yashab o‘tgan ekanlar. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling