Дунё минтақаларида демографик ўтиш даврининг хусусиятлари


Chili davlatining iqtisodiy geografik orni tabiy resurslari aholisi va xojaligi


Download 0.92 Mb.
bet40/57
Sana23.04.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1386472
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   57
Bog'liq
Ziyotova Gulhayo

29 Chili davlatining iqtisodiy geografik orni tabiy resurslari aholisi va xojaligi.
Chili, Chili Respublikasi (isp. República de Chile)-Janubiy Amerikaning janubi-gʻarbida joylashgan davlat. Maydoni 756,9 ming km². Aholisi 15,824 mln. kishi (2003). Poytaxti – Santyago shahri. Maʼmuriy jihatdan 13 viloyat (region), jumladan, Santyago poytaxt viloyatiga boʻlinadi.Chili shimolidan janubiga Tinch okean sohili boʻylab 4300 km ga choʻzilgan, hududining katta qismini And togʻlari (balandligi 6880 m gacha), shimolini Atakama choʻli egallagan. Mamlakat janubida Patogoniya tekisligi joylashgan. Chili hududi tarkibiga qirgʻoqqa yaqin bir necha orol, Olovli Yer o.ning garbiy qismi hamda Tinch okeandagi baʼzi orollar (Pasxa o. va boshqalar) kiradi. Relyefida 3 boʻylama mintaqa yaqqol koʻrinadi: sharqda Andning Bosh Kordilyera togʻlari, gʻarbda sohil boʻyi Kordilyera tizmasi va togʻ oraligʻi botigʻida Boʻylama vodiy bor. Chilida vulkan koʻp; teztez zilzilalar boʻlib turadi. Chili hududida mis, tabiiy selitra, molibden, sof oltingugurt, temir rudasi, marganets, qoʻrgʻoshin, oltin, kumush, toshkoʻmir, rux, barit, neft, gaz konlari bor. Iqlimi shimoliy qismida tropik choʻl iklimi (yillik yogʻin 50 mm dan kam). Subtropik Oʻrta Chilining shimolida iqlim quruq (yillik yogʻin 100–200 mm), markazida oʻrta dengiz iqlimi, qishda yomgʻir yogʻadi (Santyago shahrida yiliga 350 mm), janubida nam subtropik ikdim (yillik yogʻin 2000–2500 mm). Janubiy Chilida iklim moʻʼtadil okean iklimi, yogʻin koʻp yogʻadi (yiliga 3000–7000 mm). Togʻlarda muzliklar bor. Oʻrtacha oylik tempatura shimolida 12–16° dan (iyulda) 18–22° gacha (yanvarda), markazida 8–20°, janubida 8–15°. Deyarli hamma daryolari juda qisqa va Tinch okean xavzasiga mansub. Shimoliy Chilida Loa daryosidan boshqa oqar suv yoʻq. Janubida esa daryolar yil davomida sersuv. Shimoliy Chilida tuproq va oʻsimlik qoplami yaxshi rivojlanmagan. Oʻrta Chilining shimoliy chala choʻl, markazida sur jigarrang va jigarrang tuproklarda kserofil butalar usadi. And togʻlarining oʻrta yon bagʻirlari qoraqayin oʻrmonlari bilan qoplangan, undan yuqorisi togʻ dashtlari. Oʻrta Chilining janubidagi qoʻngʻir oʻrmon va botqoqli tuproqlarda qalin oʻrmonlar, And togʻlarida qoraqayinigna bargli oʻrmonlar va alp oʻtloklari bor. Janubida subantarktika aralash oʻrmonlari, chekka janubida botqoqlashgan oʻtloqlar va torfli yerlar uchraydi. hayvonot dunyosi xilmaxil. Chili shimolida aguarachay tulkisi, puma, sudralib yuruvchilar, janubida pudu va uemul bugʻulari, amerika sassiqkoʻzani, suvsar, magellan tulkisi va boshqa yashaydi. Chilida Vilyarrika, Bernardo Oʻ Xiggins, Alberto Agostini, Los Paraguas, Peres Rosales va boshqa milliy bogʻlar hamda qoʻriqxonalar tashkil etilgan (jumladan, Pasxa va XuanFernandes o.larida). Aholisining 90% chililar. Mamlakatning tub aholisi araukan, kechua va aymara indeyslaridir. Rasmiy til – ispan tili. Dindorlarning aksariyati katoliklar. Shahar aholisi 86%. Yirik shaharlari – Santyago, Valparaiso, VinyadelMar. Chili Lotin Amerikasidagi iktisodiy jihatdan nisbatan rivojlangan mamlakatlardan biri. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligi va baliq ovlash ulushi 6,4%, sanoatniki 38,8%, xizmat koʻrsatish tarmogʻiniki 54,8% ni tashkil etadi. Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmogʻi dehqonchilik. Bugʻdoy, arpa, makkajoʻxori, kartoshka, dukkakli don ekinlari ekiladi. Bogdorchilik (olma, sitrus mevalar, shaftoli) va tokchilik rivojlangan. Qand lavlagi, zigir, tamaki, zaytun yetishtiriladi. Chorvachilikda qoramol, qoʻy, echki, choʻchqa, yilqi boqiladi. Yirik shaharlar atrofida sut chorvachiligi rivojlangan. Dengizdan baliq va dengiz jonivorlari ovlanadi. Oʻrmonda yogʻoch tayyorlanadi. Chili mis qazib olish boʻyicha dunyoda oldingi oʻrinlarda turadi (yiliga oʻrtacha 2488 ming t). Shuningdek, tabiiy selitra, molibden, neft, temir rudasi, oltin, kumush, tabiiy gaz, toshkoʻmir qazib olinadi. Yiliga oʻrtacha 25,2 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi. Sanoatning oziq-ovqat va yengil sanoat tarmogʻi rivojlangan. Mashinasozlik, qora va rangli metallurgiya, kimyo, neftni qayta ishlash, neft kimyosi, sellyulozaqogʻoz sanoati rivojlanmoqda. Mamlakat ichkarisida yuk tashishda avtomobil transporti yetakchi oʻrinda. Avtomobil yoʻllari uz. 79,8 ming km. Transport yoʻlining uzunligi 6,6 ming km. Tashqi savdo aylanmasining asosiy qismi dengiz transportiga toʻgʻri keladi. Muhim dengiz portlari: Uasko, Valparaiso, Tokopilya. Santyago shahrida xalqaro aeroport bor. Chili chetga mis, baliq va dengiz mahsulotlari, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, selitra, qogʻoz, yod chiqaradi; chetdan neft, kimyo buyumlari, elektron va mashina jihozlari oladi. Tashqi savdoda AQSH, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Argentina, Braziliya, Yaponiya,Meksika bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi – chili pesosi. Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmogʻi dehqonchilik. Bugʻdoy, arpa, makkajoʻxori, kartoshka, dukkakli don ekinlari ekiladi. Bogdorchilik (olma, sitrus mevalar, shaftoli) va tokchilik rivojlangan. Qand lavlagi, zigir, tamaki, zaytun yetishtiriladi. Chorvachilikda qoramol, qoʻy, echki, choʻchqa, yilqi boqiladi. Yirik shaharlar atrofida sut chorvachiligi rivojlangan. Dengizdan baliq va dengiz jonivorlari ovlanadi. Oʻrmonda yogʻoch tayyorlanadi. Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Ch. Kommunistik partiyasi, 1922-y. tuzilgan; Demokratiya uchun kurash partiyasi, 1988-y. tashkil etilgan; Milliy yangilanish partiyasi, 1987-y. tuzilgan; Ch. radikal sotsialdemokratik partiyasi; Ch. sotsialistik partiyasi, 1933-y. tashkil etilgan; Xristiandemokratik partiya, 1957-y. tuzilgan; Ch. birlashgan sotsialistik partiyasi. Chili mehnatkashlari birlashgan kasaba uyushma markazi, 1988-y. Chili mehnatkashlari yagona kasaba uyushmasi markazi (1953) negizida tashkil etilgan. Bu davrda ommaviy repressiyalar avj oldirildi; shu bilan birga mamlakat iktisodiyoti Jan. Amerikadagi davlatlar oʻrtasida oldingi oʻrinlardan birini egalladi. Bu Ch. ga xalqaro iqtisodiy tashkilotlarga aʼzo boʻlish imkoniyatini yaratdi. 1989-y. gi demokratik saylovlar natijasida A. Pinochet hokimiyatdan ketdi va 1990-y. dan mamlakatni demokratik yoʻl bilan boshqarish shakli oʻrnatildi. Chili 1945-y. dan BMT aʼzosi. OʻzR suverenitetini 1992-y. 18-martda tan olgan va 1994-y. 16 sent. da diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami-18 sent.-Mustaqillik kuni (1810) Davlat tuzumi. Chili-respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1980-y. da kabul qilingan va 1981-y. dan kuchga kirgan; 1989, 1994, 2004-y. larda tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi-prezident (2000-y. dan Rikardo Lagos Eskobar), u umumiy toʻgʻri va yashirin ovoz berish nuli bilan 4 y. mudsatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni senat va deputatlar palatasidan iborat Milliy kongress, ijrochi hokimiyatni prezident amalga oshiradi; prezident xukumatga ham boshchilik qiladi. Mamlakat sanoatining asosiy tarmog‘i tog‘-kon sanoatidir. Chili mis eksport qilish bo‘yicha dunyoda yetakchi- lardan hisoblanadi. Sanoatning boshqa tarmoqlarini metallurgiya, yog‘ochni qayta ishlash, oziq-ovqat, to‘qimachilik tashkil etadi. 0‘rmonchilik va baliqchilikni o‘z ichiga olgan qishloq xo‘jaligi YIMning 7% ini tashkil etadi. Chorvachilik rivojlangan. Bug’doy, dukkaklilar, qandlavlagi, kartoshka, uzum, mevalar yetishtiriladi. Chili mevalar, baliq va yog‘och mahsulotlarining yirik eksportchisidir. Asosiy savdo hamkorlari: YH davlatlari, AQSH, Yaponiya, Braziliya. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi-7766 km, avtomobil yo’llari-79025 km, ichki suv yo‘llari-725 km. Asosiy portlari: Ikike, Valparaiso.
Geografik joylashuvi va tabiati. Janubiy Amerikaning janubi g‘arbiy sohilida joylashgan davlat. Sharqda-Argentina (chegara uzunligi-5150 km) va Boliviya (861 km), shimola-Peru (160 km) davlatlari bilan chegaradosh. G‘arbda va janubda mamlakat Tinch okeani bilan tutashgan. Chegarasining umumiy uzun­ligi-6171 km. Sohil bo‘ylab chegara uzunligi-6435 km. Mamlakat shimoldan janubga Tinch okean bo‘ylab 4300 km cho‘zilgan. Chili hududini 3 ta flzik-geografik hudud tashkil etadi: sharqda-And tog‘lari, markazda-Uzun vodiy va pasttog‘lar, shimolda-Atakama cho‘li joylashgan. Mamlakat markazida joylashgan vodiyning uzunligi-1000 km, eni-40- 80 km bo‘lib, aholi zich joylashgan hudud hisoblanadi. Eng baland nuqtasi-Oxos-del-Salado (6880 m) tog‘i. Vulqonlar ko‘p, zilzilalar tez-tez bo‘lib turadi. Asosiy daryolari: Loa, Elki, Maypo, Akongagua. Chilining janubida ko’llar bor. Asosiy tabiiy boyliklari: mis, temir rudasi, qimmatbaho metallar, molibden, yog‘och. Haydaladigan yerlar hududining 7%, o’rmon va to‘qaylar 21%, yaylov va o’tloqlar 18% ini tashkil etadi. Iqlimi: shimolda-tropik cho‘l, markazda-subtropik va o‘rta dengiz tipli, janubida-mo‘tadil okean tipli. Tamarugo, notofagus, kanelo, alerse daraxtlari mavjud. Hayvonot dunyosi puma, tulki, bronenoses, kiyik, kolokolo mushugi, skuns, magellan iti, kaltakesaklar, to‘tiqush, o‘rdak, kondorlardan iborat. Topografiya va iqlim sharoitida cheklanishlar sababli, Chilining eng rivojlangan maydoni Santyago yaqinidagi vodiy bo'lib, mamlakatdagi ishlab chiqarish sanoatining aksariyat qismida joylashgan. Bundan tashqari, Chili markaziy vodiysi juda foydali va meva va sabzavotlarni butun dunyoga jo'natish uchun mashhurdir. Ushbu mahsulotlarning ba'zilari uzum, olma, nok, piyoz, shaftoli, sarimsoq, qushqo'nmas va loviya kiradi. Bu sohada bog'lar ham keng tarqalgan bo'lib, Chili sharobi hozirgi kunda jahonda ommalashib bormoqda. Chilining janubiy qismidagi erlar yog'och va yaylov uchun keng ishlatiladi, uning o'rmonlari yog'och manbai hisoblanadi. Shimoliy Chili mineral va foydali qazilmalar tarkibiga kiradi, ulardan eng muhimi mis va nitratlardir. Tinch okeanida va Andes tog'lariga yaqin bo'lgan uzoq, tor profil va joylashuvi tufayli Chili o'ziga xos topografiya va iqlimga ega. Shimoliy Chili Atakama cho'lida yashaydi , bu dunyodagi eng past yog'ingarchilik miqdori. Buning aksincha, Santyago Chilining uzunligi bo'ylab yarim orolda joylashgan va qirg'oq tog'lari va Andes orasidagi O'rta er dengizi vodiysida yotadi. Mis va kumushning eng boy konlarining ochilishi tog'-kon sanoatining jadal rivojlanishiga olib keldi. Buyuk Britaniya Chili iqtisodiyotining eng yaqin iqtisodiy hamkori va investoriga aylandi. 1864-1866 yillarda Ispaniyaga qarshi Tinch okeani urushida Chili o'z mustaqilligini himoya qildi.

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling