137
qilganlaringizdir» deb alohida ta’kidlagan. Ali (r.a.) esa:
«Bu dunyo
uchun abadiy yashaydigandek, oxirating
uchun ertaga vafot etadigandek harakat qil», deb marha-
mat qilgan.
Bugungi kunda ayrim buzg‘unchi kuchlar tomonidan
zamonaviy dunyoviy qonunchilik asosida hayot kechi-
rish musulmonlar uchun maqbul
emasligi haqida soxta
da’volar tarqatilmoqda. Vaholanki, dunyoviy qonun-
lar haqida islom ulamolarining fikrlarini quyidagicha
umumlashtirish mumkin: zamonaviy
jamiyat talablari-
ga muvofiq chiqarilgan qonunlar shariatga zid kelmasa,
unday qonunlar shariatdandir. Zero, har bir shariat inson
manfaati uchun yuborilgan, jamiyatlarning o‘z
manfaat-
larini ko‘zlab chiqargan qoidalari garchi shariatdan olin-
magan bo‘lsa-da, lekin shariatga zid kelmasa, ular ham
shariatga muvofiq (shar’iy) hisoblanaveradi.
Yuqoridagi misollardan ko‘rinadiki, islom dinida
dunyo viylikka dinsizlik sifatida baho berilmagan. Dun-
yoviy ishlar shaxs va jamiyat manfaatini ko‘zlar ekan,
ular din ta’limotlarida doim qo‘llab-quvvatlangan. Din
dunyoviy ishlarning ma’naviy jihatlarini tartibga solib
turgan. Masalan,
bu ishning savob yoki gunoh, ma’na-
viy jihatdan mumkin yoki mumkin emasligi kabi.
Dunyoviylik tamoyili O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi va «Vijdon erkinligi va diniy tashkilot-
lar to‘g‘risida»gi Qonuni bilan huquqiy kafolatlangan.
O‘zbekiston tanlagan taraqqiyot yo‘li —
dunyoviy de-
mokratik yo‘ldir. Xalqimiz diniy e’tiqodni chuqur hur-
mat qilgan holda dunyoviy taraqqiyot yo‘lidan bor-
moqda.
Istiqlolning dastlabki kunlaridanoq mamlakatimizda
diniy-milliy qadriyatlarning tiklanishi, barcha din va-
killari uchun keng imkoniyatlar yaratilishi yo‘lida islo-
hotlar boshlandi. O‘zbekiston
Respublikasining Konsti-
«Tarix va hayot
tajribasi shun
dan dalolat be
radiki, dunyoviy
va diniy qad
riyatlar birbi
rini to‘ldirmas
ekan, bugungi
kunning og‘ir va
murakkab savol
lariga to‘laqonli
javob topish
oson bo‘lmaydi».
Do'stlaringiz bilan baham: