Dunyo dinlari tarixi
Download 0.49 Mb.
|
дин
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zardushtiylikda muqaddas narsalar,marosimlar va bayramlari.
Hayot va o'lim haqida Zardushtiylik hayot va o'lim masalasi ta'limot.haqida quyidagicha ta'lim beradi:
Odam vafot etganida uning tanasigina o'ladi. Uning joni uch kun davomida tanada turadi. To'rtinchi kuni esa narigi dunyoga o'tadi. U yerda jon dastlab Adolat Tog'i cho'qqisiga boradi. So'ng «Chinvot» ko'prigidan o'tishi zarur bo'ladi. Ezgu ishlar qilgan yaxshi odamlar joni uchun bu ko'prik kengaygan holda turadi. Binobarin, ular «Chinvot»dan bemalol o'tadi. Jon abadiy rohat-farog'atga, jannatga ketadi va oxiratda — o'liklar tirilgan kunda o'zlari chiqqan tanalariga kirishni kutib yotadi. Yovuz ishlar bilan shug'ullanganlarning joni uchun esa «Chinvot» ko'prigi qilday torayadi. Natijada ular tubsiz chuqurlikka tushib ketadi. Bu ta'limotdan ma'lum bo'lishiga qaraganda, zardushtiylikda do'zax yo'q. Zardushtiylikda marhumni narigi dunyoga jo'natish marosimi o'ziga xos alohida rasm-rusumlar bilan amalga oshiriladi. Marhum tanasi to'g'ridan-to'g'ri yerga ko'milmaydi. Chunki o'lim eng yomon yovuzlikdir. Yer esa muqaddas. Binobarin, uni ifloslantirish mumkin emas. Shuning uchun ham zardushtlar murda tanasini qushlar yeb ketsin, deb maxsus qurilgan baland inshootning ustiga qo'yganlar. Bu inshootning balandligi 4,5 metr bo'lib, u aylana shaklidagi minoraga o'xshasl bo'lgan. Tana qushlarga yem bo'lgaeh, suyaklar yig'ib olinib ossuariylarga solingan. So'ngra, ossuariy minora markazida qazilgan chuqur quduqqa tashlangan va quduqning usti tosh bilan qoplab qo'yilgan. Bunday mozorlar sukunat minorasi. deb atalgan. Hozirgi kunda Eron zardushtiylari murdani yerga ko'madilar. Biroq oldin qabrning ichki atrofi sement bilan o'raladi. Shu yo'l bilan yer ifloslanishining oldi olinadi. Hindiston zardushtiylari esa hamon dafn marosimini ajdodlari davridagidek davom ettirmoqdalar. Zardushtiylikda muqaddas narsalar,marosimlar va bayramlari. Ossuariy. Zardushtiylikda olov, tuproq, suv va havo muqaddaslashtirilgan. Olov — Axuramazdaning ramzi hisoblangan. Muqaddas olov bir necha turlarga bo'lingan. Bular — osmon olovi, chaqmoq olovi, inson tanasiga hayot va harorat bag'ishlagan olov hamda zardushtiylik ibodatxonalarida yoqiladigan olovlardir. Ayniqsa, zardushtiylik ibodatxonalarida yoqilgan olov alohida e'zozlangan. Ularga faqat kohinlargina qo'l tekkiza olgan. Shunda ham ular olov yoqish yoki uni yangilash uchun hozirgi zamon jarrohlaridek oq xalat, oq qalpoq kiyishi va yuziga oq niqob tortishi shart edi. Oq niqob kohin nafasi orqali muqaddas olovning ifloslanib qolishdan saqlar edi. Ekin ekish yer yuzidagi yovuzlikka barham berish vositasi deb tushunilgan va shuning uchun ham Yer muqaddaslashtirilgan. Yerga yaxshi, saralangan urug' sepish esa eng savob ish hisoblangan. Suv va havo esa hayot manbayi sifatida e'zozlangan. Zardushtiylikda ham qator marosimlar mavjud. Ular orasida xudo Axuramazda yo'liga bir kunda besh mahal ibodat qilish (namoz o'qish) alohida o'rin egallab kelgan. Ibodat ham ibodatxonalarda, ham uylarda o'qilishi mumkin. Bu marosim bajarilayotganda ibodatchining yuzi janubga yo'nalgan bo'lishi talab etilgan. Zardushtiylikda poklanish marosimi ham alohida ahamiyatga ega. Zardushtiylikda ayrim o'simliklar, hayvonlar, ilon va hasharotlar (masalan, chumolilar) iflos hisoblanadi. Odam, it, sigir, qo'y, tipratikon, daraxtlar, hovli va bog'larda o'sib turgan o'simlik hamda yetishtirilgan hosil toza hisoblanadi. Iflos jonivor va narsalarga qo'l tekkizish — gunoh. Zardushtlar hayot manbalarini ifloslantirmaslik uchun hamma choralarni ko'radilar. Go'shtni iste'mol qilishdan oldin uni qondan to'la tozalash qattiq talab etiladi. Poklanish borasida, ayniqsa, kohinlar uchun qattiq talablar qo'yilgan. Tuproq, suv va havoni bulg'ash, ifloslantirish eng og'ir gunoh deb belgilangan. Shuning uchun ham, hatto marhumlar ham yerni, suvni, havoni ifloslantirmasin deb, ularning jasadlari yerga to'g'ridan- to'g'ri ko'milmagan. Zardushtiylikning asosiy urf-odatlari Yangi yilni nishonlash va avlodlar ruhini yod etish; muqaddas ichimlikni ichish; o'smirlarni diniy marosimlarga jalb etish; nikohga kirish; bola tug'ilishi kabi marosimlarni nishonlash bilan bog'liqdir. Bu marosimlar albatta ruhoniylar rahbarligida amalga oshiriladi. Sepitoma Zardushtning, xususan, «Tarbiya hayotning eng muhim tayanchi bo'lib hisoblanishi lozim», — degan fikrlari diqqatga sazovordir. Ayni paytda, u bola tarbiyasi masalasini qanday hal etish usul va yo'llarini ham o'z davri uchun batafsil ta'riflab bergan. Zardushtlarda bola tarbiyasi quyidagi uch yo'nalishda amalga oshirilgan: 1) diniy va axloqiy tarbiya; 2) jismoniy tarbiya; 3) o'qish va yozishga o'rgatish. Bolalarga diniy tarbiya 7 yoshdan boshlab berilgan. 7 yoshga to'lgan o'g'il bolaga maxsus «muqaddas ko'ylak» kiydirilgan va bu odatga bag'ishlab maxsus marosim o'tkazilgan. Xususan, bolalar o'qituvchisi bilan bir qatorda Quyoshga (Olovga) qarab turishgan va o'qituvchisi bilan birgalikda Axuramazdaga murojaat qilganlar. Ular o'z murojaatlarida zardushtiylik diniga sodiq bo'lishga va'da berishgan. Yaxshi fikrlar, yaxshi so'zlar va yaxshi ishlarga ishonishni va ularning sohibi bo'lishga intilishlarini ma'lum qilganlar. Bunday mashg'ulotlar bir kunda besh marta takrorlangan. Mashg'ulotlarning asosiy maqsadi bir tomondan — yosh zardushtlar qalbida dunyodagi barcha Ezgulik va Yaxshilikning bunyodkori Axuramazdaga e'tiqodni mustahkamlash edi. Ikkinchi tomondan esa, Yovuzlik timsoli Axrimandan nafratlanish hissini tarbiyalash edi. Marosim oxirida bolalarga sovg'alar ulashilgan. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling