Dunyo dinlari tarixi
Meydzi islohoti natijalari
Download 0.49 Mb.
|
дин
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sintoiylik talimoti.
Meydzi islohoti natijalari.1867—1868- yillar Yaponiya tarixida alohida ahamiyatga ega. Bu haqda siz «Jahon tarixi» kitobingizdan ma'lumot olgansiz. Meydzi islohoti tufayli Yaponiyada imperatorning dunyoviy hokimiyati tiklanishi bilan birqatorda, sintoiylik rasmiy din sifatida ham tan olingan. Bu tabiiy hoi edi. Chunki birinchidan, sintoiylik yaponlarning milliy dini edi.
lkkinehidan. bu din imperatorni xudo Amaterasuning avlodi, binobarin, uning hokimiyati ilohiydir deb targ'ib etar edi. Imperator buddaviylikni to'la man etishga, sintoiylikni yagona din deb e'lon qilishga uringan. Biroq imperator maqsadiga erisha olmagan. Chunki bu davrda, buddaviylik dini ham yaponlar hayotiga chuqur singishga ulgurgan edi. Maqsad amalga oshmagach, hukmron doiralar endi bu ikki dinni ajratib yuborishga harakat qilganlar. Shu maqsadda ular sintoiylik ibodatxonalarida buddaviylik diniga oid tasvirlar, buyumlarni chiqartirib tashlatganlar. Biroq bu dinlarni bir-biridan to'la ajratib tashlashning iloji bo'lmagan. Shuning uchun ham hukmron doiralar 1869- yilda Yaponiyada diniy e'tiqod erkinligi e'lon qilishga majbur bo'lganlar. Endilikda hayotiy marosimlar (masalan: chaqaloqlarga duo o'qish, nikoh)ni sintoiylik ibodatxonalarida; dafn etish xotirlash marosimlarini esa buddaviylik ibodatxonalarda o'tkazish rasmga aylana boshlagan. Shunday bo'lsa-da, sintoiylik ikkinchi jahon urushi oxirigacha rasmiy davlat dini hisoblanib kelingan. 1945- yilda bu din davlatdan ajratildi. Sintoiylik ta'limoti.Sintoiylik ko'p xudolik dini. Amaterasu (Quyosh xudosi) susano-vo (Bo'ron xudosi) va Inari (dehqonchilik homiysi) asosiy xudolar hisoblanadi. Sintoiylik aqidalari buddaviylikka nisbatan o'zining soddadilligi bilan ajralib turadi. Sintoiylik dini o'zining butun borlig'i bilan yer yuzidagi hayotga qaratilgan dindir. Unda narigi dunyo masalalariga qiziqish kam. Bu dinning mohiyati — Yaponiyada tarixan vujudga kelgan ijtimoiy-siyosiy tuzumni diniy jihatdan izohlab berishdan iborat bo'lgan. Sintoiylik ta'limotining asosini — imperator hokimiyatining ilohiyligi to'g'risidagi aqida tashkil etadi. Yuqorida ta'kidlanganidek, imperator xudo Amaterasuning avlodi. Shuning uchun ham bir yapon imperatorining muqaddas xohishi oldida bosh egishi lozim. Imperator saroyi — muqaddas joy, vafot etgan imperatoming qabri ham muqaddas joydir. Eng muhim umumdavlat va diniy bayramlar imperatorlarni xotirlash kunlari bilan bog'liq edi. Sintoiylikda ham konfutsiychilikdagiga o'xshash ajdodlarning oila-urug'ga ehtiromi katta rol o'ynaydi. Bu din ta'limotiga ko'ra, vafot etgan har bir odam kamiga (barcha ruh va xudolarning umumiy nomi) aylanadi. Oilaning boshlig'i har kuni ibodat qiladi va qurbonlik keltiradi. Har bir yaponning uyida oilaviy mehrob bor. Undagi kichkina shkafchaga vafot etgan oila a'zolarining nomlari yozilgan taxtacha qo'yib boriladi. Sintoiylik marosimlari juda sodda. Bu — duo so'zlarni o'qish, hamda guruch, sabzavot, baliq kabilarni qurbonlik qilishdan iborat, xolos. Bu dinda ozodalik masalasi nihoyatda katta ahamiyatga ega. Biror bir toza bo'lmagan narsa aslo muqaddas joylarga tashlanmasligi lozim. Toza bo'lmagan ishlarga qo'l urgan odam albatta poklanish marosimlarini bajarmog'i lozim. Yaponiyada haryili 2 marotaba — 30- iyulda va 31- dekabrda umumxalq poklanish tadbirlari o'tkaziladi. Bu dinning etikasi ham juda oddiy. Undagi eng muhim axloqiy burch — bu imperatorga so'zsiz itoat etmoqlikdir. Yaponlaro'z dinlaridagi oddiylikni o'zlarining tabiatan axloqli ekanliklari bilan izohlaydilar. Hozirgi Yaponiyada diniy an'anaviy marosimlar asosan uy sharoitida bajo keltiriladi. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling