Dunyo dinlari tarixi


Download 0.49 Mb.
bet81/92
Sana09.07.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1659395
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   92
Bog'liq
дин

3. Tarixga murojaat. XX asr milliy-ozodlik harakatlari davri bo'ldi. Bu harakat natijasida dunyo imperiyalari yemirildi va milliy davlatlar tashkil topdi. Shulardan biri Misr Arab Respublikasidir.
Ingliz bosqinchilariga qarshi milliy-ozodlik kurashi olib borgan barcha ijtimoiy tabaqalarga mansub kuchlar kuchli bir mafkuraga ehtiyoj sezgan edilar. Shu sababli islom fundamentalizm! asosida Misrda birinchilardan bo'lib «Musulmonlar birodarligi» («A1- ixvon al-musulimiyn») nomli harakat vujudga kelgan. U xalq ommasi, ayniqsa, yoshlar orasida islom fundamentalizm! g'oyalarini keng targ'ib etgan.1928- yilda bu oqim o'z tashkilotini tuzadi. Tashkilotga «Islom dini yo'lida jonimni ham ayamayman», — deb qasam ichganlar qabul qilingan. Tashkilotda temir intizom o'rnatilgan.«Alloh — bizning ulug'imiz, Payg'ambar — yo'lboshchimiz, jihod — maqsadga erishish vositamiz, Alloh yo'lida o'lish — muqaddas tilagimiz» — tashkilotning shiori bo'lgan. Ikki qilichning kesishgan joyida Qur'oni karim tasviri — ularning ramzi edi. Shior va ramzning ma'nosi «Bizning uslubimiz nasihat va kengash. Agarda bu ham yordam bermasa — kuch ishlatishdir», — degani edi.«Musulmonlar birodarligi»ning asosiy g'oyasi — musulmonlar birligi, taraqqiyotning islomiy yo'li va islom demokratiyasi edi. 1952-yilda Misrda Jarnol Abdul Nosir rahbarligidagi «Ozod ofitserlar» tashkiloti (harbiylar tashkiloti) hokimiyat tepasiga keladi. Nosirning o'zi ham milliy-ozodlik kurashida dinga eng ko'p darajada murojaat qilgan arboblardan biri edi. Shu tufayli uning tarafdorlari va «Musulmonlar birodarligi» o'rtasida iliq munosabat o'rnatilgan. Lekin bu holat uzoqqa cho'zilmagan. Chunki «Musulmonlar birodarligi» tashkiloti ko'p o'tmay Prezident Nosirdan islom fundamentalizm! g'oyalarini jamiyat va davlat hayotiga tatbiq etishni talab eta boshlagan.Nosir, tabiiyki, bu talabni bajarmagan. Oqibatda, 1954-yilda «Musulmonlar birodarligi» Prezident Nosirga suiqasd uyushtirgan. Biroq suiqasdchilar o'z maqsadlariga erisha olmaganlar.Hukumat tashkilotning ko'plab a'zolarini hibsga olgan, suiqasd tashkilotchilari esa osib o'ldirilgan. Tashkilotning faoliyati taqiqlangan.Tashkilot Misr hukumatining keskin chora-tadbirlaridan so'ng yashirin faoliyat yuritish yo'liga o'tishga majbur bo'lgan. Endi, bu tashkilot o'z oldiga — ochiqdan-ochiq qurol kuchi bilan hokimiyatni egallash maqsadini qo'ygan.Prezident Nosir vafotidan so'ng (1970- yil) hokimiyat tepasiga Anvar Sadat keldi. Uning siyosatida dinga va «Musulmonlar birodarligi» tashkilotiga nisbatan ham o'zgarish yuz berdi.Chunonchi, 1971-yilda Misr Konstitutsiyasi islomni davlat dini deb e'lon qildi. Shariat qonunchilikning asosiy manbayi deb belgilandi.1978-yilda shariatga zid ish olib boruvchi mansabdor shaxslarning oliy davlat organlaricla^ishlashi taqiqlab qo'yildi.yilda esa islom qadriyatlariga tosh otadiganlarni jazolash to'g'risidagi qonun kuchga kirdi.Biroq bu tadbirlar bilan ham «Musulmonlar birodarligi» tashkijotining harakatini, xalq orasidagi ta'sirini kamaytirib bo'lmagan. Anvar Sadat Misrda «ochiq eshiklar» siyosatini yurita boshlagach, ziddiyat yanada kuchaygan. Chunki tub mohiyatiga ko'ra, ijobiy hodisa bo'lgan bu siyosat ayni paytda salbiy oqibatlarni ham keltirib chiqargan. Chunonchi, bu siyosat tufayli davlat apparatining barcha pog'onalarida poraxo'rlik avj olgan. Misr- ning chet davlatlardan qarzi 1971 - yildagi 1,7 milliard dollardan

      1. yilda 20 milliard dollarga yetdi.Manbalarda ko'rsatilishicha, ishsizlar soni ishga yaroqli aholining 12% ini tashkil etdi. Jamiyatda tabaqalanish yanada kuchaydi. 5% eng badavlat tabaqaga yalpi milliy daromadning 22% i to'g'ri kelgan.

  1. Download 0.49 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling