Dunyo dinlari tarixi
Download 0.49 Mb.
|
дин
(So'nggi so'z o'rnida)
Bugun O'zbekiston diniy bag'rikenglik (tolerantlik) va dinlararo murosa borasida nafaqat MDH davlatlariga, balki butun dunyoga namuna bo'lmoqda. Bu haqda Moskva va butunrus pat-riarxi Aleksiy II, AQSH senatori Xillari Klinton xonim va sobiq AQSH davlat kotibi Madlen Olbraytlar yurtimizga ziyoratlari vaqtida ta'kidlab o'tdilar. Albatta, xalqimizga azaldan xos bu xislat bir zumda paydo bo'lgan emas, u uzoq tarixga ega. Ma'lumki, ilk qadimgi zamonda xalqlar va elatlar o'rtasida umuman diniy adovat bo'lmagan. Qadimgi dunyo aholisining tasavvurida har bir davlat, har bir shahar va har bir qabila o'z mahalliy bosh xudosi va koinot hamda tabiat kuchlarini ifoda- lovchi juda ko'p boshqa xudolarga sig'ingan. Bu xudolar bir- biriga aynan o'xshash bo'lsa-da, ammo har bir xalqning tilida turli ismlar bilan nomlangan. Qadimgi zamonning oxirida inson ruhining ulkan yutug'i va dunyoqarashining haqiqiy inqilobi sifatida yahudiylikning so'nggi bosqichi, xristianlik, so'nggi zardushtiylik va islom kabi etik (yuksak axloqqa asoslangan) dinlar paydo bo'ldi. Ammo ular ayni vaqtda bejiz dogmatik (aqidaviy) dinlar deb atalmaganki, xalqlar o'rtasida o'zaro diniy kelishmovchilik va raqobatni yuzaga keltirdi. Mazkur dinlarning har biri faqat bir xudo (ya'ni faqat shu dinga xos xudo) bor, boshqalarning xudosi but-sanamdan bo'lak narsa emas, deb hisoblay boshladilar. Hatto bir din vakillari orasida ham «haqiqiy-nohaqiqiy»ga ajratish yuz berdi. Xullas, mana deyarli 2 ming yildan beri yer yuzida «haqiqiy e'tiqod» yo'lida qonli mojarolar davom etib kelmoqda. Baxtli tasodif tufayli O'zbekiston tarixi bu «umumiy qoida»dan mustasno tarzda kechdi deyish mumkin, ya'ni bizda diniy asosda birorta urush sodir bo'lgani yo'q. Bundan deyarli 1,5 ming yil avval hozirgi O'rta Osiyoni o'z ichiga olgan G'arbiy turk hoqonligi taxtida o'tirgan Istami (552— 576- yillar) bag'rikeng hokim sifatida tanilgandi. Shu davrda turkiy qabilalarda diniy tafakkur o'z taraqqiyotining eng yuqori pog'onasiga ko'tarilgan, bosh xudo — Tangriga sig'inish keng miqyosdaboshlangandi. Shunday bo'lsa-da, Istami-hoqon o'lkada ma'lum bo'lgan barcha dinlarga erkin yo'l qo'yib berdi. asr boshida Movarounnahrga islom dinining kirib kelishi hamda yangi monoteistik din va mahalliy dinlarning bir-biriga o'zaro singishi natijasida O'rta Osiyo xalqlari ijtimoiy ongida ajib o'zgarish yuz berdi: ular Allohni qabul qilganlari holda xuddi shu ma'noda Tangri atamasini ishlatishda davom eta berdilar. Umummusulmon davlatida qaysidir odatlar islomiy yoki g'ayriislomiy ekanligi haqida bahslar va ixtiloflar avjiga chiqqan bir paytda Movarounnahrda islom ma'naviy dunyosiga mansublikning o'zi asosiy mezon rolini o'ynaydi. asrdan boshlab hozirgi O'zbekiston hududida islom dini sunna yo'nalishining hanafiy (Imom A'zam) mazhabi qaror topdi. Bu ham bejiz bo'lmasa kerak, zero Imom A'zam mazhabi o'zga dinlar va mahalliy urf-odatlarga nisbatan erkinlik berish bilan boshqa mazhablardan ajralib turadi. Hanafiylik ta'limotini takomulga yetkazgan vatandoshlarimiz — Ai-Moturidiy va Al- Marg'inoniy kabi allomalar musulmonlar orasidagi g'oyaviy tarafkashlikka barham berish, islom dinining sunna yo'nalishi va, alalxusus, «ahli sunna va jamoa» yo'li barqaror bo'lib qolishiga katta hissa qo'shdilar. Nafaqat buyuk allomalar, balki O'rta Osiyo hukmdorlari ham bu yo'lda kurashdilar. Masalan, X asr o'rtalarida musulmon dunyosida shia yo'nalishi (Shimoliy Afrika, Misr, Suriya, Hijozda — fotimiylar, Yamanda — zaydiylar va hatto abbosiylar poytaxti Bag'dodda — buvayhiylar) ustunlikka erishgan bir paytda o'rtaosiyolik tohiriy, somoniy, g'aznaviy va qoraxoniy hokimlar «ahli sunna va jamoa»ni qattiq turib himoya qildilar. XIII— XIV asrlarda mo'g'illarga qarshi ozodlik kurashi jara- yonida mintaqa aholisining diniy tafakkurida yana bir muhim o'zgarish yuz berdiki, buning natijasida yassaviya, kubroviya, naqshbandiya kabi suftylik tariqatlari shakllandi. O'rta Osiyo sufiylari islom dinining ilg'or vakillari sifatida obro'-e'tibor topdilar. Boshqachasiga aytganda, bu davrda islom tasavvuf shaklida O'rta Osiyo uchun ma'naviy va g'oyaviy birlashtiruvchi kuch rolini o'ynaydi. Sufiylar sarbadorlar harakatida faol qatnashgani bejiz emas edi. Buyuk Amir Temur aynan mana shunday ma'naviy muhitning vakili sifatida tarix sahnasiga chiqdi. O'z davrining ramzi bo'lgan Amir Temur e'tiqod va ma'naviyatning katta ahamiyatini to'g'ri idrok etgan. Ali Yazdiy AmirTemurni haqli ravishda e'tiqodi komil inson sifatida ta'riflaydi. Eng muhimi, Amir Temur «ahli sunna va jamoa»ga doim sodiq, diniy aqidaparastlikka qat'iy qarshi bo'lgan. Qisqasi, u islom dinini mutaassiblikdan xoli, erkin tushungan; uning komil e'tiqodi boshqa dinlarni rad etish hisobiga bo'lmagan va shu jihatdan ham u nafaqat o'z asri, balki hozirgi zamon kishisi uchun ham namunadir. Umuman olganda, O'zbekistonda sovet g'oyaviy hukmronligi o'rnatilgunga qadar islom dini jamiyatning ma'naviy ozig'i vazifasini bajarib keldi. Marksistik ateizmdan eng ko'p jafo chekkan xalq o'zbekistonliklarbo'ldi, desak, mubolag'abo'lmas. 30- yillarda respublikada «Xudosizlar» nomi bilan o'zbek tilida jurnal nashr etildi, minglab diniy kitoblar yoqib yoki ko'mib tashlandi, yuzlab masjid va madrasalar omborxonalarga aylantirildi yoki tashlandiq holga keltirildi, arab lili va islom tarixining bilimdonlari quvg'in ostiga olindi. Bundan atigi 15 yil burun diniy bayramlar va marosimlar taqiqlangani, hatto sevimli xalq bayrami «Navro'z» ga ham diniy tamg'a urilib, man qilingani mazkur tuzumning asl qiyofasini ko'rsatadi. Ammo manfur tuzum o'z maqsadiga yetisha olmadi. "3oshqacha bo'lishi mumkin ham emasdi. Chunki sobiq «qizil imperiya» tarkibiga majburan kiritilgan O'zbekiston fuqarolari- ning aksariyatida «sovet kishisi»dan tashqari yana bir «narsa» bor edi. Bu «narsa» — etnik, til va irqiy mansublikdan qat'i nazar musulmonchilik edi. Jahondagi barcha musulmonlar hech bo'lmaganda ikki madaniy muhitda yashaydilar. Biri — ona vatanning etnik tarkibi bilan bog'liq mahalliy madaniyati, ikkinchisi — islomga kirgach, shakllangan musulmon madaniyati. Uzoq tarixga ega bo'lgan musulmon jamoalarida mazkur ikkala muhit bir-birlari bilan chambarchas bog'lanib ketgan. Mustaqillik tufayli o'zligimizni anglash, ma'naviy qadriyatlarimizni tiklash jarayoni kechayotgan hozirgi paytda umuman dinga va, ayniqsa, ota-bobolarimiz dini bo'lib kelgan islomga munosabat tubdan o'zgardi. Bu sohadagi yutuqlarni sanab o'tirishga hojat yo'q deb o'ylayman; ularni ko'rmaslik mumkin emas, ko'rolmaslik mumkindir, balki. Ammo men masafaning boshqa tomoniga e'tiborni jalb qilishni istardim. Siyosiy mustaqillikka erishgan barcha yosh davlatlarda yuz bergani kabi bizning mamlakatda ham xalq ta'limi yo'nalishiarining o'zgarishi, davlat tili, an'analar, milliy madaniyatga e'tiborning ortishi, bularning hammasi, ob'yektiv ravishda diniy omil ahamiyatining yuksalishiga olib keldi. Shuningdek, jamiyatda siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, kasaba uyushmalarining saviyasi yetarli darajada emasligi ham diniy omilga qaysidir ma'noda ularning o'rnini qop-lashga, nufuzli kuchga aylanishiga imkon yaratib berdi. Bular — tabiiy, ob'yektiv jarayonlar. Lekin mustaqillik yillarida kutilmagan voqeliklarga ham duch kelindi. Bu — ba'zi qo'shni mamlakatlarda siyosiy va diniy barqarorlik mavjud bo'lmagani bois diniy ekstremistik guruhlarning ko'payib ketgani va ularning mamlakatimizga bevosita tahdidi vujudga kelganidir. Masalaning murakkabligi shundaki, diniy ekstremizm xalqaro terrorizm bilan uyushib ketdi va endilikda bu muammoning yechimi muayyan bir mamlakatning qo'lida emas, balki u umumbashariy miqyosda sa'y-harakatlarni talab qiladi. Ana shunday murakkab vaziyatda ham O'zbekiston hukumati oqilona, diniy bag'rikenglik siyosatini olib bormoqda. Respublikada islom bilan bir qatorda 17 diniy konfessiya emin-erkin faoliyat ko'rsatmoqda. Fuqarolarning millati, irqi, dinidan qat'i nazar barcha uchun teng huquqlar Qonun orqali kafolatlangan. Buni diyorimizga ochiq qalb bilan kelayotgan har bir mehmon o'z ko'zi bilan ko'rmoqda va e'tirof etmoqda. 2000- yil sentabrida Toshkent islom universitetida dinlarni qiyosiy o'rganish bo'yicha YUNESKO kafedrasi ochildi. Ushbu kafedraga bizning jamiyatimizda hamda jahon dinshunosligida ehtiyoj juda katta edi. Bemalol aytish mumkinki, kafedrani tashkil qilish masalasi Prezidentimiz I.Karimov e'tiborlari, aniqrog'i, tashabbuslari bilan o'rtaga tashlandi. YUNESKO rahbariyati bu tashabbusni qo'llab-quvvatladi. Fan, ta'lim va madaniyat sohasidagi eng nufuzli xalqaro tashkilotning Bosh direktori Koichiro Matsuura janoblarining shaxsan o'zi kelib, kafedrani ochishi fikrimiz isbotidir. Kafedra birinchi navbatda universitetning o'quv jarayonida faol qatnashadi. Yangi-yangi maxsus kurslar kiritiladi. Bundan tashqari dinlarni qiyosiy o'rganish bo'yicha tadqiqotlar olib boriladi. Toshkent islom universiteti faqat islom dini bilan bog'liq fanlar bilan cheklanib qolmaydi. Dunyodagi barcha dinlar hatto qadimgi ibtidoiy dinlar ham insoniyat ongi va tafakkurida muayyan iz qoldirgan. Biz ularni «yo'q bo'ladi» deb emas, balki borligicha, bir-biri bilan qiyos qilgan holda o'rganamiz. XX asr bashariyat tarixiga ikki jahon urushi sodir bo'lgan asr sifatida yozildi. Butun jahon afkor ommasi XXI asr — tinchlik asri bo'lmog'i uchun kurashmoqda. Bu yo'lda diniy bag'rikenglik, dinlararo muloqot katta ahamiyat kasb etadi. An'anaviy diniy bag'rikenglik o'lkasi sifatida ma'lum va mashhur bo'lgan O'zbekiston bu jabhada ham o'z vazifasini sharaf bilan ado etmoqda. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling