Dunyo dinlari tarixi


Download 0.49 Mb.
bet37/92
Sana09.07.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1659395
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   92
Bog'liq
дин


SAVOL VATOPSHIRIQLAR





    1. Konfutsiychilik qay tariqa vujudga keldi?

    2. Konfutsiychilik dinining asosiy maqsadi nima edi?

3.Konfutsiychilikdagi ideal fuqaro, ideal jamiyat ta'limotlarining mazmunini tushuntirib bering.
4.Siz konfutsiychilik axloq normalari ta'limotidan qanday xulosalarchiqar- dingiz?
5.Konfutsiychilik marosimlarining xususiyati haqida nimalarni bilib oldingiz?
6.Konfutsiychilikdagi o'ziga xos asosiy xususiyat nimada?

16-& SINTOIYLIK DINI TARIXIDAN.



Sintaiylikning vujudga kelishi..Sintoiylik milodning VI—VII asrlarida vujudga kelgan. Yaponlarning bu milliy dini buddaviylik dini Yaponiyada tarqala boshlagan davrda hali aniq bir nom bilan atalmas edi.
Buddaviylikning tarqalishi boshlangach, yaponlarning milliy dini «kami-no-miti» (so'zma-so'z tarjima qilinganida «xudo yo'li», yaponchada — «sinto») deb atala boshlangan.
Shunday qilib, sintoiylik — «xudo yo'li» degan ma'noni anglatadi.
Sintoiylikka buddaviylik juda kuchli ta'sir ko'rsatgan.
Bu din e'tiqodchilari buddaviylik ibodatxonasiga taqlid qilgan holda o'z ibodatxonalarini qurganlar, o'z xudolari tasvirini yasaganlar.
Ayni paytda sintoiylik va buddaviylik dinlari bir-biri bilan yaqinlasha boshlagan ham. Chunonchi, buddaviylik ibodatxonasida sintoiylik xudolari tasvirlari qo'yiladigan alohida joylar ajratilgan. Buddaviylik xudolari «kami» deb atalar edi. Ba'zan, bu kamilar hatto buddaviylik xudolari bilan tenglashtirilgan. O'z navbatida, sintoiylik dini xudolari panteoni safi buddaviylik xudolari bilan to'ldirilgan.
IX asrda ikki din ruhoniylari birgalikda yashash (ryobu-sinto), ya'ni ikki birlik modulini ishlab chiqqanlar. Unga ko'ra, bu ikki din yagona din sifatida qo'shilib ketishi kerak edi. Biroq bu maqsad amalga oshmay qolgan.
XII asrning oxirida Yaponiyada harbiy-feodal aristokratiya davlat hokimiyatini to'la o'z qo'liga olgan. Ular imperatorni dunyoviy hokimiyatdan chetlatgan. Unga faqat diniy vazifalarnigina qoldirganlar. Shu tariqa mamlakatda bir necha asr davomida feodallarning o'zaro kurashlari davom etgan.
XVI asrga kelganda yirik feodal xonadonlar xristianlikdan najot topmoqchi bo'lganlar. Shu niyatda katolik missioncrlari bilan yaqinlasha boshlaganlar ham.
Biroq XVII asr oxirida Yaponiyani yana yagona davlatga birlashtirgan Xidayosi xonadoni, keyinchalik esaTokugava xonadoni xristian missionerlarni mamlakatdan chiqarib yuborganlar.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling