Dunyo dinlari tarixi
Siddxartxa Gautama Buddaviylikning muqaddas kitobi
Download 0.49 Mb.
|
дин
Siddxartxa Gautama Buddaviylikning muqaddas kitobi.Siddxartxa (topshiriqni bajaruvchi)Gautama miloddan avvalgi 563- yilda Hindistonning shimoli-sharqiy qismida (hozirgi Nepalning janubida) podsho xonadonida tug'ilgan. (Ba'zi manbalarda miloddan avvalgi 623- yilda tug'ilganligi ham qayd etilgan.) Uning otasi Suddxodan Hindistonning shimoli-sharqiy qismida sakiylar sulolasi asos solgan Kapi Lavasta podsholigining hukmdori bo'lgan.
Manbalarda Suddxodan qonun podshosi, qonun bilan bosh- qaruvchi hukmdor, deb qayd etilgan. Sakiylar sulolasining biror-bir hukmdori Suddxodandek o'z fuqarosi orasida katta hurmatga sazovor bo'lmagan. U bunday katta hurmat-obro'ga adolat posboni bo'lganligi uchun erishgan. Sakiylar xonadonida o'tmishda Gotama nomli buyuk mutafakkir o'tgan. Siddxartxa uning sharafiga Gautama (Gotama avlodi) deb atalgan.Siddxartxaning onasi Mayya ismli ayol bo'lib, u Siddxartxa tug'ilgach, 7 kundan so'ng vafot etgan. Yetim qolgan Siddxart- xani xolasi Maxaprajpati tarbiyalagan.Siddxartxa barcha shahzodalarga xos ta'lim-tarbiya olgan. Podsho Suddxodan o'g'lining jamiyat hayotining salbiy tomonlarini ko'rmasdan yashashini istagan. Shuning uchun ham unga shohona hayot yaratib bergan. U dunyoviy ruhda tarbiyalana boshlagan. 16 yoshida uylantirib qo'yilgan. Ko'p o'tmay Siddxartxa o'g'illik bo'lgan. Siddxartxa 22 yoshigacha ana shunday shohona hayot kechirgan.Bir kuni Siddxartxa sayr etgani ko'chaga chiqqanida hayot u o'ylagandek emasligining guvohi bo'lgan. Chunonchi, u yo'lda butun tanasiga yara toshib ketgan birqari cholni, kasal yotgan bir odamni, bir oz yurgach esa, o'lib yotgan odam jasadini ko'radi. Bu hodisalar uning dunyoqarashini butunlay o'zgartirib yuboradi.Slui tariqa, Siddxartxa jonzotlarning muqarrarazob chekishi- ni bilib oladi. Endi uning xayolini hayotning mohiyati, mazmuni, mashaqqatlari haqidagi o'ylar egallaydi. U bu hayot behuda degan xulosaga keladi va bir kuni hech kimga bildirmay saroyni tark etadi. Bu dunyo lazzatlaridan voz kechib, tarkidunyochilik hayotini boshlaydi. Ayni paytda, u odamlarni hayot azob-uqubatlaridan qutqarish yo'llarini izlaydi. 7 yil davomida mavjud muqaddas kitoblarni o'rganadi. Ular asosida mushohada yuritadi va nihoyat, najot yo'lini topadi. U bu yo'lni «hayot haqiqati» deb ataydi.29 yoshli Siddxartxa shahar hamda qishloqlar kezib, bu yo'l mohiyatini targ'ib etishga kirishadi. Siddxartxa o'z ta'limotining asosiy qoidalarini «To'rt oliy haqiqat» nomi bilan bayon etadi. U Hindistonda birinchi monaxlik jamoasini tashkil etgan. Bu jamoa yangi din — buddaviylik ta'limotini targ'ib etishda juda katta rol o'ynagan. Siddxartxa Gautama 80 yoshida vafot etgan. Buddaviylik dinining muqaddas kitobi— «Tripitaka» deb ataladi. Rivoyatlarga ko'ra, Siddxartxa o'z ta'limotini mazmuniga ko'ra uchga ajratgan va ucli savatga joylashtirgan. Ularning har biriga alohida nom ham berilgan. Bular: Vinoyapitaka (Axloqiy me'yorlar). Suttapitaka (Duolar), Abxidxammapitaka (Diniy-falsafiy masalalar bayoni)dir. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling