Dunyo dinlari tarixi


Buddaviylikning olam to'g'risidagi ta'limoti


Download 0.49 Mb.
bet43/92
Sana09.07.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1659395
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   92
Bog'liq
дин

Buddaviylikning olam to'g'risidagi ta'limoti. Buddaviylik ta'limotiga ko'ra — olam uch bosqichli. Uning birinchisi — eng m yuqorisi nirvanadir.Nirvana — mutlaq osoyishtalik hukm suradigan olamdir. U yerda inson barcha turmush tashvishlaridan xalos bo'ladi. Uning hayotiy istaklari ham, tuyg'ulari ham, ehtiroslari ham bo'lmaydi. Bu olamda inson qayta tug'ilish azoblaridan qutuladi. Jonning ko'chib yurishi to'xtaydi. Binobarin, boshqa dinlardan farqli o'laroq, buddaviylikda jon abadiy emas. Ikkinchi olam — bu, jannatdir.
Buddaviylik — bu olamda bodxisatvalar yashaydi, deb ta'lim beradi. Xo'sh, bodxisatvalar kimlar? Bodxisatvalar — oliy kamolotga erishgan va shu tufayli nirvanaga ko'tarilish huquqiga ega bo'lgan insonlardir. Ularda bodxisatva bo'la olmagan insonlarga achinish hissiyoti kuchli bo'ladi. Binobarin, ular bunday insonlarga najot yo'lini topishda yordam berishni istaydilar. Shu maqsad yo'lida ular nirvanaga ko'tarilish huquqidan voz kechadilar.
Buddaviylikdagi uchinchi olam — bu, yer yuzi olamidir. Bu odamlar va boshqa barcha yirik mavjudotlar, o'simliklar olamidir. Bu olamda ruh qafasda yashaydi. U qafasdan qutulishga va yuqori olamga ko'tarilishga harakat qiladi. Biroq u o'z-o'zidan ko'tarila olmaydi. U odamlarning savobli ishlari tufayligina ko'tarilishi mumkin. Odamlar buddaviylikka e'tiqod qilsalar bir qancha qayta tug'ilishlardan so'ng ikkinchi olamga ko'tarilishi mumkin. Yomon odamlarning ruhlari quyi dunyoda azoblanib, qafas ichida qolaveradi.
Agar inson nafs aldanishlariga berilib ketsa, uning ruhi bir necha qayta tug'ilishlardan so'ng yer ostidagi do'zaxga tushib ketadi. Buddaviylik ta'limotiga ko'ra, o'lim insonni hayot azob- uqubatlaridan xalos eta olmaydi. Chunki o'limdan keyin ham insonni qayta tug'ilish kutadi. Bu dunyoning (sansara) bunday yaramas, og'ir azob-uqubatlaridan faqatgina uzoq qayta tug'ilishlar azob-uqubatlarini yengib o'tib, arxat (oliy kamolotga yetgan) holatiga erishgan kishilargina xalos bo'lishlari mumkin.
Arxat liolatiga erishish va undan nirvanaga o'tishning yagona yo'li najotning oliyjanob sakkizlik yo'lidan insonning o'z kuchiga tayangan holda ongli harakat qilishidir.
Agar insonning o'zi harakat qilmasa, uni hech kim va hech narsa bu dunyo azob-uqubatlaridan xalos qilib, nirvanaga o'tishiga yordam bera olmaydi. Budda insonlarni haqiqatdan xabardor qilgan va azob-uqubatlardan xalos bo'lishning to'g'ri yo'lini ko'rsatgan, xolos.
Buddaviylik ta'limoti haqida yuqorida aytilganlardan kelib chiqadigan xulosa shuki, uning asosiy mazmuni barcha mavjudotlarga (narsalarga) muhabbat, rahm-shafqatlilik bilan qarashni targ'ib etish va aql farmoniga qat'iy bo'ysunishdir. Bilimlar xudojo'ylikka xizmat qilishi kerak. Ular azob- uqubatlardan xalos bo'lish uchun zarur.
Budda o'z o'limi oldidan odamlarga qarata bunday degan ekan, deyiladi manbalarda: «Ey, odamlar, hamma yaratilgan nar- salarbuzilishga mahkum qilingan. Kuchingiz boricha qutqarishga intiling».
Hamma davrlarda ham buddaviylik ta'limoti zamonga qarab moslashib borgan. Ammo uning ta'limotidagi o'zak saqlangan. Bu o'zak Buddaning quyidagi so'zlarida o'z aksini topgan: «Okean suvi bitta ta'mga — sho'r ta'mga ega bo'lganidek, mening ta'limotim ham bir yo'singa — qutqarishga mo'ljallangan. Odam bajarishi kerak bo'lgan eng muhim vazifa — atrof-muhitni itoatdan qutqarishga erishishdir. Qo'rquvning yo'qolishi odamzotni ozod qiladi. U ozod bo'lgandagina o'z ozodligini biladi, qayta tug'ilish zanjiridan qutulganligini tushunadi, muqaddaslikka to'liq erishilgan va burch bajarilgan bo'ladi, odam bu dunyoga qaytib kelmaydi».
Buddaviylikning asosiy maqsadi — faqat odamzodning ozod bo'lishiga yo'l-yo'riq ko'rsatishdangina iborat bo'lmay, balki butun jonli mavjudotni qutqarishga mo'ljallangan. Irodaga ega bo'lish va irodani birdan-bir maqsadga bo'ysundira olish buddaviylik­ning idealidir.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling