Dunyo dinlari tarixi
Download 0.49 Mb.
|
дин
SAVOL VATOPSHIRIQLARYaponlarning an'anaviy dini qay tariqa sintoiylik deb nom olgan? Nima uchun sintoiylik diniga e'tiqod qilishni man etib bo'lmagan? Nega Yaponiyada buddaviylik diniga e'tiqod qilishni man etib bo'lmaydi? Sintoiylik ta'limoti haqida nimalarni bilib oldingiz? 17-& BUDDAVIYLIK DINI TARIXIDAN. Buddaviylikning paydo bo lishi.Buddaviylik dini paydo bo'lishi tarixiy davriga ko'ra, birinchi jahon dinidir. Buddaviylik dini bundan salkam 2600- yil awal shimoli-sharqiy Hindistonda vujudga kelgan. Uning asoschisi shahzoda Siddxartxa Gautamadir. Siddxartxa vafotidan so'ng Budda deb atalgan. Buddaviylik dinining nomi ana shundan olingan. Rivojlantiruvchi Binobarin, buddaviylik — najot dinidir. Bu dinning paydo bo'lishiga Hindistonjamiyati hayotidagi qanday omillar sabab bo'lgan? Siddxartxa yashagan davr Hindistonda urug'-qabilachilik munosa- batlari yemirilayotgan va dastlabki davlatlar vujudga kelayotgan davr edi. Bundan tashqari, Hindistonda kastachilik tartibi nihoyatda kuchli edi. Jamiyatda sodirboiayotgan o'zgarishlar Hindiston aholisining past tabaqalari ahvolini yanada yomonlashtirib yuborgan. Odamlar o'rganib qolgan hamda eng muqaddas deb hisoblagan qadriyatlar ularning ko'z o'nglarida yo'qola boshlagan. Odamlar bu holatni kishilik jamiyati inqirozi, deb hisoblaganlar. Ana shunday sharoitda ular umumiy najotga muhtojlik sezganlar. Bu muhtojlikning aks-sadosi sifatida buddaviylik dini — najot dini vujudga kelgan.Yangi din — buddaviylik Hindistonda keng tarqala boshlagan. Chunki u jamiyat turli tabaqalarining manfaatiga javob berardi. Masalan, kshatriylar uchun buddaviylik brahmanlarning hukmron mavqeyiga, imtiyozlariga, shuningdek, kastaviy kamsi-tishlariga qarshi kurashda o'tkir qurol bo'lib xizmat qilardi.Oddiy mehnatkash xalq ommasiga esa bu din o'zlarining jg'ir ahvollaridan qutulish yo'llarini ko'rsatgandek bo'lgan.Brahmanlik dini esa hatto aldanish ko'rinishida bo'lsa ham bunday yo'lni ko'rsata olmagan. Qolaversa, eng past, huquqsiz kasta a'zolari ham buddaviylarning monaxlik jamoasiga a'zo bo'lib kira olardilar. Bu bilan ular jamoaning teng huquqli a'zosiga aylanardilar va ma'lum insoniylik huquqlariga ega bo'lardilar. Bu omil oddiy mehnatkashlarni bu din tarafdorlariga aylantinnay qolmasdi.Bundan tashqari, bu din — og'ir qurbonliklar qilishni, murakkab marosimlarni bajarislmi talab etmasdi. Qolaversa, Gautama va uning shogirdlari yangi dinning ta'limoti mazmunini hammaga tushunarli tilda sodda qilib bayon etganlar.Ayni paytda, bu din ta'limotidagi «kuch ishlatmaslik» to'g'risidagi qoida hukmron sulolalar manfaatiga ham to'la javob bergan. Chunki bu qoida ularga o'z fuqarolarini itoatda tu- tishlarida katta omil hisoblanardi. Shuning uchun ular ham bu dinni qo'llab-quvvatlaganlar.Xususan, Mauriya sulolasi luikmdorlaridan biri — podsho Ashoka davrida buddaviylik davlat dini deb e'lon qilingan. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling