Dunyo dinlari tarixi


Download 489.19 Kb.
bet3/83
Sana10.07.2023
Hajmi489.19 Kb.
#1659407
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
Bog'liq
дин

3-& VIJDON ERKINLIGI

Vijdon erkinligi nima? Vijdon erkinligi fuqarolarning u yoki bu dinga e’tiqod qilish yoki hech qan- day dinga e’tiqod qilmaslik huquqidir. Vijdon erkinligi inson linquqlari masalasining eng muhim qirralaridan biridir. Shuning uchun ham'Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1948- yilda qabul qilingan «Inson huquqlari Deklaratsiyasi»da bu masalaga alo- liicla e’tibor berilgan. Xususan, Deklaratsiyaning 18- moddasida hunday deb yozib qo‘yilgan: «Наг bir inson... vijdon va din erkinligi huquqiga egadir».
Mustaqil O'zbekiston Respublikasi ham inson huquqlari bo'yicha Xalqaro me'yorlarni tan olgan va mazkur masala xususida xalqaro hamjamiyat qabul qilgan hujjatlarga qo'shilgan. Shuning uchun ham davlatimiz Asosiy Qonuni — Konstitutsiyamizning 31- moddasida quyidagi satrlar bitilgan: «Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan diniga e 'tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e 'tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlami majburan singdirishga yo 'I qo 'yilmaydi».
Demak, bir kishi boshqasiga, sen u dinga, sen bu dinga e'tiqod qilasan yoki selling biror dinga e'tiqod qilishga haqqing yo'q, sen bedinsan, deb ayta olmaydi va u yoki bu aqidaga bo'ysunishga majbur eta olmaydi. Dindor kishini ikkinchi shaxs, «Diniy e'tiqodingizdan qayting», deb majbur qila olmaydi. Dinga isho- nish yoki ishonmaslik, dindor yoki dahriy (dinsiz) bo'lish har kimning shaxsiy ishidir.
Vijdon erkinligi deyilganda, ayni paytda fuqarolarning dinga munosabatidan qat'i nazar, ularning teng huquqliligi, barcha dinlar- ning qonun oldida tengligi, dinga e'tiqod qilish yoki qilmaslikka nisbatan hech qanday majburiyatning yo'qligi, diniy tashkilotlar (masjid, cherkov, sinagoga va h. k.) uchun majburiy yig'imlar to'plashning taqiqlanganligi, diniy e'tiqodlar tufayli o'zaro adovat va nafrat qo'zg'atishning taqiqlanishi kabi masalalar ham tushuniladi.
Ayni paytda, shu narsani alohida ta'kidlash zarurki, dinga e'tiqod qilish erkinligi faqat milliy xavfsizlik va jamoat tartibini, boshqa fuqarolarning hayoti, salomatligi, axloqi, huquqi va erkinligini ta'minlash uchun zaruriyat tug'ilgandagina cheklanishi mumkin.
Binobarin, vijdon erkinligi demokratiyaning tarkibiy qisnij hamdir.
Vijdon erkinligining kafolatlari nimalardan iborat? Bu kafo- latlar ko'p qirralidir. Ular O'zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida»gi qonunida ta'riflab berilgan. Bular:

  1. avvalo, dinlarning va diniy tashkilotlarning davlatdan ajratilganligi;

  2. barcha fuqarolar uchun maorif va madaniyat eshiklarining ochiqligi;

  3. maktabning dindan va diniy tashkilotlardan ajratilganligi;

  4. ta'lim tizimining o'quv dasturlariga diniy fanlar kiritilishi ga yo'l qo'yilrnasligi;

  5. dindorlarning diniy elitiyojlarini qondirish uchun zarur bo'lgan muayyan'sharoitlarning yaratib berilganligi.


Download 489.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling