Dunyo dinlari tarixi


«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonuni


Download 489.19 Kb.
bet4/83
Sana10.07.2023
Hajmi489.19 Kb.
#1659407
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
Bog'liq
дин

«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonuni. 1991-yilda, milliy mustaqillikka erishish arafasidayoq, O'zbekistonda davlat va jamiyat hayotini demokratiyalash jarayoni boshlandi. Bu jarayon, ayni paytda, kun tartibiga dinga, diniy tashkilotlarga va dindorlarga ham munosabatni o'zgartirish masalasini qo'ydi.
Bu masalalarda Respublikamizda jiddiy o'zgarishlar amalga oshirildi. Biroq dindan o'zg'arazli maqsadlari yo'lida foydalanishga urinish, dinni yagona hukmron mafkuraga aylantirish, islom davlatini vujudga keltirish yo'lida harakat qiluvchilar ham yo'q emas edi. Ana shunday sharoitda «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida» qonun qabul qilish hayotiy zaruratga aylandi. Bu qonun mutlaqo yangi sharoitda dinning, diniy tashkilotlarning jamiyatdagi o'rnini, davlat va din munosabati tamoyillarini belgilab berishi lozim edi.
1991- yil 14- iyunda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi ana shunday qonunni qabul qildi.
1998- yilda esa ushbu qonunning yangi tahriri qabul qilindi. Bu qonun 23 moddadan iborat. Qonunning 3- moddasi «Vijdon erkinligi huquqi» deb nomlangan. Bu moddada quyidagi qoidalar yozilgan: «Fuqaro o'zining dinga, dinga e'tiqod qilishga yoki e'tiqod etmaslikka, ibodat qilishda diniy rasm-rusumlar va marosimlarda qatnashish yoki qatnashmaslikka nisbatan o'z munosabatini belgilayotgan paytda uni u yoki bu tarzda majbur etishga yo'l qo'yilmaydi». Bu ayni vaqtida belgilangan hayotiy qoidadir.
Bu qoidani buzganlik uchun fuqaro O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksiping 145- moddasiga ko'ra, eng kam ish haqi- ning 75 barobaridan 100 barobarigacha miqdorda jarima solish yoki 6 oygacha qamoq, yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Qonunning 4- moddasi «Fuqarolarning dinga munosabatidan qat'i nazar tcng luiquqliligi» deb nomlangan.
Binobarin, O'zbekiston Respublikasi fuqarolari dinga munosabatidan qat'i nazar, qonun oldida tengdirlar.
Qonun talabiga ko'ra, rasmiy hujjatlarda (masalan, fuqaro pasportida) fuqaroning dinga munosabati ko'rsatilishiga yo'l qo'yilmaydi. Fuqarolarning dinga munosabatiga qarab huquqlari cheklanmaydi yoki ularga hech qanday imtiyozlar berilmaydi. Shuningdek, bir-biriga nisbatan dushmanlik va adovat qo'zg'atish, diniy yoki dahriylik his-tuyg'ulari uchun haqoratlash taqiqlanadi. Bundan tashqari, mazkur moddada hech kim diniy e'tiqodini ro'kach qilib, qonunda belgilangan majburiyatlarni bajarishdan bosh tortishi mumkin emasligi ham qayd etilgan.
Qonunning «Ta'lim tizimi va din» deb atalgan 7- moddasida quyidagilar yozib qo'yilgan: «0'zbekiston Respublikasida ta'lim tizimi dindan ajratilgan. Ta'lim tizimining o'quv dasturlariga diniy fanlar kiritilishiga yo'l qo'yilmaydi».
Bu qoidani quyidagicha tushunish kerak:
Respublikamizda davlat o'quv yurtlarida diniy ta'lim berilmaydi, ya'ni maktabgacha ta'lim, umumiy ta'lim, o'rta maxsus va oliy o'quv yurtlari o'quv rejalariga din dars sifatida kiritilmaydi. Chunki bu o'quv yurtlari dunyoviy bilimlar beruvchi maskanlardir.
Lekin, fuqarolar mutlaqo diniy ta'lim olish huquqiga ega emas, degan ma'no kelib chiqmaydi.
O'zbekiston fuqarolari diniy ta'lim olishlari mumkin. Biroq bunda albatta, qonunda belgilangan tartibga amal qilish shart.
Xo'sh, bu qonuniy tartiblar nimalardan iborat?
«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida»gi qonunga ko'ra voyaga yetmagan bolalarni ularning ota-onalari yoki ular­ning o'rnini bosuvchi shaxslar roziligisiz diniy tashkilotga jalb etish, diniy bilim berishga yo'l qo'yilmaydi.
Oliy va o'rta diniy o'quv yurtlarida ta'lim olish uchun fuqarolarga umumiy majburiy o'rta ta'limdan keyin ruxsat etiladi.
Bu diniy o'quv yurtlari albatta davlat ro'yxatidan o'tgan bo'lishi lozim.
Diniy o'quv yurtlarida ta'lim beruvchilar albatta, diniy ta'lim olgan bo'lishlari hamda diniy ta'lim berishga qonunda belgilangan tartibda ruxsat olgan bo'lishlari lozim. Bu belgilangan qoidalardan boshqa sliakllarda diniy ta'lim berish qonun yo'li bilan man etiladi.
Belgilangan tartiblarning buzilishi qonunga muvofiq javobgarlikka tortilishgacha olib keladi. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 145- moddasiga ko'ra voyaga yetmagan bolalarni diniy tashkilotlarga jalb etish, shuningdek. ulaming ixtiyoriga, ota-onalari yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar ixtiyoriga zid tarzda diniy bilim berganlar eng kam ish haqining 50 baravaridan 75 baravarigacha miqdorida jarima solinishiga yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari, yoxud 3 yilgacha ozodlikdan tnahrum qilish bilan jazolanadi.

Download 489.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling