Dunyo dinlari tarixi


Download 489.19 Kb.
bet18/83
Sana10.07.2023
Hajmi489.19 Kb.
#1659407
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   83
Bog'liq
дин

Ezgulik va Yovuzlik. Zardushtiylik ta'limotiga ko'ra, olam ikki ibtido — Ezgulik va Yovuzlik asosiga qurilgan. Bir-biriga qarama-qarshi bo'lgan bu ikki kuch doimo ayovsiz kurashadi. Ayni paytda esa, ular doimo birgalikda mavjud hamdir. Olamdagi qarama- qarshiliklar yorug'lik va zulmat, hayot va o'lim, ezgulik va yovuzlik, adolat va qonunsizliklar o'rtasidagi o'zaro kurashlarda namoyon bo'ladi.
Axuramazda hayot, ezgulik, yorug'lik, adolatning, dunyodagi barcha yaxshi narsalarning yaratuvchisi va himoyachisidir.
Yovuzlik, zulmat va adolatsizlik esa shayton Axriman timsolidir. Axuramazda Ezgulikni vujudga keltiraveradi. Axriman esa unga qarshi kurashib, odamlarni yomon ishlarga boshlayveradi.
Yovuzlik rulii Axriman o'lim, qahraton qish, zararli hayvonlar va hasharotlar homiysidir.
Zardushtiylik ta'limoti kelajakka ishonch bilan qarashni targ'ib etadi. Ezgulik baribir — bir kunmas-bir kun Yovuzlik ustidan g'alaba qozonadi.Biroq buning uchun kishilar imonli-e'tiqodli bo'lishlari zarur. Zardushtiylik imoni quyidagi uchta tayanchga asoslanadi: 1) fikr sofligi; 2) so'zning sobitligi; 3) amaldorlarning insoniyligi.
Ezgulik va Yovuzlik o'rtasidagi kurashda oraliq yo'l bo'lmaydi. Shuning uchun ham odamlar bu kurashning u yoki bu tomonida turishga majbur. Shunday ekan, imon-e'tiqod barkamollik belgisi hisoblanadi.
U odamlarga Ezgulikni Yovuzlikdan farqlash imkonini beradi. Imonli-e'tiqodli odamlar albatta Ezgulik tarafida turadi.
Ular Axuramazda yuborgan qonunlarga, o'git-nasihatlarga amal qiladilar.
Dunyoning tuzilishi haqida. Zardushtiylik ta'limotiga ko'ra, dunyo 12 ming yillik tarixga ega. Bu tarix — harbiri 3 ming yildan davom etadigan to'rt davrga bo'linadi.
Uning birinchi davrida hech qanday narsa ham, g'oya ham bo'lmagan. Shunday bo'lsa-da, bu davrdan keyin vujudga kelgan narsa va mavjudotlarning timsollari bo'lgan.
Ikkinchi davrda esa, Donishmand Tangri (Axuramazda) osmonni, yulduzlarni, Oyni, Quyoshni, birinchi galda odamni va birinchi buqani yaratgan.
Donishmand Tangrining yashash joyi Quyosh ortida joylashgan.
Boshqa sayyora hamda kometalami Yovuzlik ruhi yaratgan. Ular osmon jismlarining bir maromda harakatlanish qoidalariga bo'ysunmaydi. Shuning uchun ham ular halokatlar sababi bo'lishi mumkin.
Birinchi odamdan erkak va ayol tug'ilgan. Ulardan esa butun insonlar tarqalgan.
Birinchi ho'kizdan esa barcha hayvonlar tarqalgan.
Dunyo harakatlanishi ikki qarama-qarshi ibtidoning to'qnashuvi natijasida yuz bergan. Natijada suv oqadigan bo'lgan. Tog'lar paydo bo'lgan. Osmon jismlari harakatga kelgan.
Ikkinchi davrdan so'ng uchinchi davr boshfangan va u Zardushl hayoti va faoliyatiga qadar davom etgan. Bu davrda qator muhim hodisalar ro'y bergan. Xususan, dunyoni suv bosgan. Bu hodisa o'simlik, hayvonot va insonlarning butunlay qirilib ketishi xavfini tug'dirgan.
Shunda afsonaviy Iyim (payg'ambar) ularningjoniga oro kirgan.
Insoniyat Iyim podsho bo'lgan davrda baxt-saodat makonida kasallik va o'lim ko'rmay yashagan. Uning podsholigida jazirama issiq, sovuq, qarilik va hasad bo'lmagan. U odamlarni, hayvon va qushlarni parvarishlagan. Yer yuzida Qizil shu'lali olovni ko'paytirgan.
Axuramazda Iyimga oltin nayza va oltin qamchi sovg'a qilgan. Yer odamlar yashashi uchun torlik qilib qolganida, Iyim nayzani yerga suqib xudodan uni kengaytirishni so'ragan va bunga erishgan.
Axuramazda Iyimni to'fon kelayotganidan xabardor qilgan. Shunda Iyim maxsus uy qurib, hamma hayvon va o'simliklarning eng yaxshi zoti hamda navidan bir juftdan saqlab qolgan.
Iyim qanchalik jasorat ko'rsatmasin, u o'z ishlariga ortiqcha baho beradi, mag'rurlanib ketadi va Axuramazda man etgan ne'mat — qoramol go'shtini yeb qo'yadi. Oqibatda, u xudoning qarg'ishiga uchraydi. Shu davrdan boshlab odamzod abadiylikdan mahrum bo'lgan.
Shu tariqa, endi odamzod hayotining birinchi davri tugab, ikkinchi davri boshlangan. Bu davr — dunyoni azaliy ezgulik bag'riga qaytarish uchun kurash davri edi.
Dunyoni azaliy ezgulik bag'riga qaytarishning birdan-bir yo'li — bu, pok hayot, halol mehnat, yaratuvchilik, yovuzlikni qalbdan chiqarib tashlash, imonli-e'tiqodli bo'lish, yetim-yesir va miskinlarga yordam berish hamda yaxshi niyat va yaxshi so'z edi.
Bu vazifani amalga oshirishga da'vat etilgan zot Zardusht edi. U Axuramazda dinini targ'ib etadi.
Zardushtdan so'ng dunyo taraqqiyotida to'rtinchi davr boshlangan. Bu davrning har ming yilligida insoniyat uchun uch nafardan xaloskor yuboriladi. Ular Zardushtning o'g'illaridir.
Xaloskorlarning eng so'ngisi butun dunyo va insoniyatning taqdirini hal etadi. Uning davrida qiyomat qoyim ro'y beradi. Buning natijasida Ezgulik tantana qiladi. Yovuzlik va o'lim yengiladi.
Ayni paytda, avval yashab o'tganlarning barchasi — yaxshilar ham, gunohkorlar ham qayta tiriladi.
Gunohkorlar o'z gunohlaridan qattiq afsus chekadilar, pushaymon bo'ladilar.
Ular qayta gunoh qila olmaydilar. Chunki bu davrda yovuzlikning manbalari abadiy yo'q qilingan bo'ladi. Dunyo, Yer qayta quriladi. Odamlar o'zgaradi. Dunyoda osoyishtalik va farovonlik davri boshlanadi.
Shuning uchun ham, — deb ta'lim beradi Zardusht, — qiyomat qoyimni dahshatga tushmay, undan qo'rqmay kutish kerak. Ayni paytda, yangilangan, adolatli dunyoning vujudga kelishini umid va ishonch bilan ham kutmoq lozim. Bunday dunyo yovuzlik, hasad, nafrat, razillik va munofiqlikdan xoli bo'ladi.

Download 489.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling