Dunyo dinlari tarixi


Zardushtirlikda tarbiya va axloq masalalari


Download 489.19 Kb.
bet20/83
Sana10.07.2023
Hajmi489.19 Kb.
#1659407
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   83
Bog'liq
дин

Zardushtirlikda tarbiya va axloq masalalari. Zardushtiylikda ilm-ma`rifat va axloq-odob masalalariga katta e`tabor berilgan.
Zardushtiylikda 15 yosh balog'at yoshi hisoblangan. Bu yoshga to'lgan bolalar zardushtiylikka e'tiqod ramzi sifatida bellariga jun ipakdan to'qilgan kamar bog'lab yuradigan bo'lganlar. Shuningdek, endi ularning ibodatxonalarda o'tkaziladigan diniy marosimlarda qatnashishlari shart qilib qo'yilgan.
Zardushtiylikda bolalarning nafaqat jismonan barkamol, ayni paytda, ma'naviy jihatdan pok, xush axloqli bo'lishi masalasi ham alohida o'rin tutadi.
Jismoniy tarbiyadan kuzatilgan asosiy maqsad — bolalarni sog'lom tanga ega bo'lishi va harbiy ishga tayyorlash edi. Shuning uchun ham bolalar otda chopishga, ov qilishga, qilichbozlikka, qalqon yordamida o'zini himoya qilishga, suzishga, yugurishga, sakrashga va nayza otishga o'rgatilgan.
Ma'naviy-axloqiy tarbiyada bolalarning mehnatsevar, kasb- hunar egasi bo'lishiga, mehnatga inson kamoloti va axloqiy sog'lomligining manbayi deb qarashga katta urg'u berilgan. Bularsiz inson rohat-farog'atda hayot kechira olmaydi. Ezgulik va yaxshilik ishlarining sohibi bo'la olmaydi.
— Inson, — deb ta'lim beradi zardushtiylik, — chorvaning ko'payishiga, yaylovlarning gullab-yashnashiga yordam bergan taqdirdagina, dehqonchilik va sug'orish ishlarida ishtiyoq bilan mehnat qilgandagina Axuramazda va uning yordamchisining inoyatiga sazovor bo'ladi.
Dehqonchilik mehnati — Ezgulik namoyon bo'lishining asosiy shakli — Axuramazdada mujassamlashgan qonunga bo'ysunishdir, deb uqtiriladi yana zardushtiylikda.
Mehnatdan bo'yin tovlagan, dangasa odam oxir-oqibatda xoru zorbo'Iishga mahkum.
Zardushtiylik axloqining asosini — ezgu fikr, ezgu so'z va ezgu ishlar tashkil etadi.
Ezgu fikr — niyatning pokligidan, ilohiy qonunlarga amal qilishdan, yaqinlarga yaxshilik qilishdan, zarur bo'lganda esa ularga madad ko'rsatishdan, kishilar baxt-saodati uchun yovuzlikka qarshi kurashga ruhan tayyorlik o'y-fikri, barcha bilan tinch va totuv yashashga intilishdan iboratdir.
Ayni paytda, boshqalarga nisbatan baxillik qilmaslik lozim. Ezgu fikr egasi hech qachon jaholatga berilmaydi. Chunki jaholat kishidagi ezgu niyatlarni yo'qqa chiqaradi. Ezgu fikr, ezgu so'z va ezgu ishlar birgalikda amal qilishi zarur. Zardushtiylikda ularning birligi deyilganda: yetim-yesirlarga mehribon bo'lish, musofirparvar bo'lish, o'zga dindagi kishilarga toqatli bo'lish, kishiga isnod keltiradigan ishlardan, hasad va mehnatsiz topiladigan daromadlardan o'zini tiyish, saxovatparvar bo'lish tushuniladi.
Ana shu axloqiy tamoyillar ulug' Zardusht diniga e'tiqod qilganlarga zardushtiylikdagi adolatli dunyoning, yovuzlikdan xoli dunyoning qaytib kelishini umid va ishonch bilan kutmoq lozimligi haqidagi ta'limotini saqlashda hamisha madadkor bo'lib keldi.



Download 489.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling