Dunyo dinlari tarixi


Yahudiylik dini tarixining keyingi davri


Download 489.19 Kb.
bet23/83
Sana10.07.2023
Hajmi489.19 Kb.
#1659407
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   83
Bog'liq
дин

Yahudiylik dini tarixining keyingi davri Yahudiylik dinining Falastin davri ham­da uning davlat diniga aylanishi — yahudiylik dini tarixidagi birinchi va ikkinchi davrlar hisoblanadi.
Bu din tarixidagi uchinchi davr — asirlikdan keyingi yoki ikkinchi ibodatxona davri deb ataladi. Bu davr yahudiylar tarixi- da quyidagi uchta yirik voqea bilan belgilanadi:

  • Miloddan awalgi 621-yilda yahudiy podshosi losiy o‘tkazgan diniy islohot. Bu islohot din ishlarini nihoyatda markazlashtirgan.

  • Miloddan awalgi 586- yilda Bobil podsholigi Iyerusalim (bu shahar hozir ham mavjud) shahrini bosib olgan hamda Iyeru­salim ibodatxonasi buzib tashlangan. Yahudiylaming ma’lum qismi Bobilga asir sifatida olib ketilgan. Bobil asirligi 50 yil davom etgan.

  • Miloddan awalgi 538- yilda Bobildagi asirlar Eron davlati tomonidan «ozod» etilgan va ular Falastinga qaytarilgan.

Yahudiylar Iyerusalim ibodatxonasini qayta tiklaganlar.
Mana shu davrda yahudiylik dini to‘la shakllangan — qat’iy yakka xudolik qaror topgan. Diniy ishlar qattiq markazlashtiril- gan va muqaddas kitoblar qonunlashtirilgan.
Yahudiylar Bobildan Falastinga qaytib kelgach, o‘zlarining mustaqil davlatiga ega bo‘la olmaganlar. Endilikda Falastin Eronga tobe bo‘lib qolgan.
Mustaqil davlatning yo‘qligi Iyerusalim ibodatxonasining, binobarin, ruhoniylaming yahudiylar hayotidagi mavqeini kuchay- tirib yuborgan.
Ayni shu davrdan boshlab yahudiylar boshqa xalqlardan ajra- tila boshlangan. Miloddan awalgi 446- yilda Iyerusalim devori qurila boshlangan. Yahudiylaming boshqa xalqlar bilan nikohga kirishi man etilgan.
Sinagoglar o‘z mulki hamda daromadlariga ega bo‘lgan. Ular xayr-ehson ishlari bilan ham shug‘ullangan. Bu hoi sinagoglar- ning yahudiylar orasidagi obro‘sini, mavqeini oshirib yuborgan. Shunday qilib, sinagoglar yahudiylarning ham diniy, ham ijti- moiy-siyosiy hayoti markaziga aylangan.
1948- yilda Isroil davlati tashkil topgach, yahudiylik dini davlat dini maqomini olgan.

Download 489.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling