Dunyo dinlari tarixi


Yahudiylik dinining payg'ambari


Download 489.19 Kb.
bet24/83
Sana10.07.2023
Hajmi489.19 Kb.
#1659407
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   83
Bog'liq
дин

Yahudiylik dinining payg'ambari. Yahudiylik ta'Iimotiga ko'ra Muso bu dinning payg'ambaridir.
Xo'sh, Muso qay tariqa bu din payg'ambariga aylangan? Bu masala yahudiylik muqaddas kitobida quyidagicha talqin etiladi:
Isroil (yahudiy) xalqi Ibromdan (Oliy Otadan) boshlanadi. «Isroil» so'zi Ibromning nevarasi Ya'qubning ikkinchi nomi bo'lib, u «Xudo bilan kurashgan» degan ma'noni anglatadi. Ya'qub tushida xudo bilan olishgani uchun shunday nom bilan atalgan.
Xudo Ibrom bilan ahdlashgan va unga bunday degan: «Sening isming endi Ibrom emas, balki Ibrohim (ko'pchilik otasi) bo'ladi... Sening urug'ingdan podshohlar kelib chiqadilar. Men sen bilan va sendan keyingi avlodlaring bilan nasldan-naslga o'tib, barqaror bo'ladigan abadiy Ahdirani tuzaman. Sening va sendan keyingi ajdodlaringning xudosi Men bo'laman. Endi sen va sendan keyin tug'iladigan barcha avlodlaring ham Mening ahdimga rioya qilib yuringlar.
Senga va sendan keyingi avlodlaringga quyidagi ahdga rioya qilishingizni buyuraman: orangizdagi harbirerkak xatna qilinsin».
Xudo Ibrohim va uning avlodlariga Misr daryosidan Yevfrat daryosigacha bo'lgan hududlarni abadiy mulk qilib bergan. Shu­ningdek, ularga boshqa xalqlar vakillari bilan tuziladigan nikohni man etgan.
Ibrohim vafot etgach, uning butun mol-mulki o'g'li Is'hoqqa qolgan.
Is'hoqning egizak — Isav va Ya'qub o'g'illari bo'lgan. Bu ikki o'g'il otalarining merosi xususida o'zaro dushmanga aylanganlar. Natijada, nohaq Ya'qub qochib ketgan. Isav esa amakisi Ismoil- ning oldiga borgan va uning qiziga uylangan.
Ya'qubning 12 nafar farzandi bo'lgan.
Bu 12 farzand ichida Ya'qub uchun eng suyuklisi Yusuf bo'lgan. Shuning uchun ham boshqa aka-ukalari uni yomon ko'rganlar va kunlardan bir kuni uni savdogarlarga sotib yubori- shadi. Otasiga esa uni yirtqich hayvonlar yeb qo'ydi, deb aytganlar.
Savdogarlar Yusufni Misrda bir podsho saroyiga sotib yuborganlar. Oxir-oqibatda, taqdir taqozosi bilan Yusuf Misrda Fir'avnning ishonchli odamiga aylangan. Bunga uning tush ta'biri va hisobni yaxshi bilish qobiliyati sabab bo'lgan.
Oradan yillar o'tgach, yahudiylar yurtida ocharchilik boshlangan. Ularnon izlab Misrga borganlar. Misr Fir'avni Yusuf- ning bashoratiga amal qilib, 7 yilga yetadigan g'allani g'amlab qo'ygan edi. Shu tariqa yahudiylar Misrga kelib qolganlar.
Oradan 50 yil o'tgach, Yusuf vafot etgan. Biroq yahudiylar ichidan uning o'rnini bosadigan boshqa shaxs chiqmagan. Ayni paytda, Fir'avnlar chet elliklarning ko'payib borishidan ham qo'rqqanlar. Endilikda yahudiylar ta'qib ostiga olingan, hatto yangi tug'ilgan chaqaloqlarigacha o'ldirila boshlangan.
Yahudiylar butunlay qirilib ketish xavfi yoqasiga kelib qolganlar. Endi yahudiylar uchun ikki yo'l qolgan: yo qui bo'lib qolish, yo ixtiyoriy asirlikdan qutulish choralarini ko'rish. Yahudiylar ikkinchisini istar edilar. Biroq ular o'z kuchlari bilan asirlikdan ozod bo'la olmas edilar. Shunday paytda xudo ularga xaloskor yuborgan. Bu xaloskor Muso edi. Muso yahudiylarni Yahva (Allohning Tavrot kitobidagi ismi) yordamida Misrdan olibchiqib ketgan.
Yahva Musoga Sino tog'ida dastlab 10 vasiyat bitigini taqdim etgan. So'ng unga yahudiylik dinining boshqa muqaddas kitoblari ham yuborilgan.
Muso Yahvaning so'zi — muqaddas kitoblar mazmunini yahudiylarga yoya boshlagan. Shu tariqa Yahva yahudiy xalqini ikkinchi marta tanlagan. (Birinchi marta Ibrohim bilan ahdlashuv tuzgan, deb ta'lim beradi, yahudiy ruhoniylari.)

Download 489.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling