Dunyo mamlakatlarida maktabgacha ta’lim tizimi


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/59
Sana28.10.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1729688
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   59
Bog'liq
ma\'ruza

Oliy ta’lim tuzilmasi 
 
Muassasa 
Olinadigan ma’lumot 
Kollej 
Kasbiy ta’lim 
Universitet 
Oliy ma’lumot 


Umumiy maktab 
Xususiy maktab 
Aspirantura 
Magistr (2 yil) 
Amaliy boshqaruv magistri (MVA) (1 yoki 
2 yil) 
Fan nomzodi (R. B.) (4 yil) 

Koreya Respublikasi ta’lim va fan vazirligi ma’lumotlari 
Oliy maktab talabalarining katta qismi yil oxirida kollejlarga o‘qishga kiradilar. 
Talabalar «sunin» - standart test topshiradilar. Shuni ta’kidlash joizki, ko‘pgina 
maktab o‘quv dasturlari kirish imtixonlari doirasi mazmunida bo‘ladi. Mazmuniga 
ko‘ra Amerikaga yaqin bo‘lib, uchta asosiy seksiyadan iborat: koreys tili, matematika 
va ingliz tili. Ulardan tashqari tanlov bo‘yicha bir qator ijtimoiy yoki tabiiy fanlar 
qatoridan iborat. 
1980-yillar oxiridan universitetlarga kirish koreys yoshlari uchun eng muhim 
voqea hisoblanadi, ulardan eng nufuzlisi katta kuch va qurbonlik talab etadi. Koreya 
Respublikasida oliy ma’lumot oluvchi talabalar soni 1960 yildagi 100 000 dan 1987 
yilda 1,3 mln.ga yetdi, bu natija bo‘yicha mamlakat dunyoda AQSH dan keyin 
ikkinchi o‘rinni egallaydi. Oliy o‘quv muassasapariga to‘rt yillik kollejlar va 
universitetlar, ikki yillik kichik kasb-hunar kollejlari, to‘rt yillik o‘qituvchilar 
kollejlari, shuningdek, aspirantura kiritiladi. Oliy maktablarda bir yilda ikki marta 
o‘tkaziladigan testlarning ahamiyatga universitet yoki kollejga kirish 
imtixonlarinikidan kam emas. 
Boshqa mamlakatlardan farqli ravishda, Janubiy Koreyada universitetlarni 
tugatib diplomga ega bo‘lish muvaffaqiyatli ish o‘rni va moliyaviy barqarorlikni 
ta’minlash omili hisoblanadi. 
Koreya Respublikasi ta’lim tizimining hozirgi xolati. 
Janubiy Koreyada zamonaviy ta’lim tizimining qaror topishi 1945 yillardan, ya’ni 
mamlakatning yapon hukmronligidan ozod bo‘lgan vaqtidan boshlanadi. 1945 yildan 
1970 yillargacha ta’lim tizimi ayniqsa jadal rivojlandi. 1950-53 yillardagi Koreya 
urushi natijasida yuzaga kelgan iqtisodiy yo‘qotishlar va vayronagarchiliklarga 
qaramay Janubiy Koreya savodsizlikni tugatishga qat’iy kirishdi. 1968 yilda qabul 
qilingan Milliy ta’lim partiyasi koreys xalqi mentaliteti va vatanparvarligining o‘ziga 
xos tomonlarini ayniqsa yorqin ifoda etadi.
Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling