Har qanday o‘lchov vositasi sifatni nazorat qilish jarayonidan o‘tishi kerak


Download 44.73 Kb.
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi44.73 Kb.
#1519625
  1   2   3   4
Bog'liq
6-mavzu


miy nuqtai nazardan, test — bu bilim, ko‘nikma, malaka yoki kompetensiyalarni o‘lchashdir. Agar test jarayoniga o‘lchov jarayoni sifatida qaralsa, test topshiriqlari o‘lchov vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Abuturiyentlar tomonidan ushbu topshiriqlarning bajarilishiga qarab, ma’lum bir xulosalarga kelinadi: abituriyent A abituriyent Bga nisbatan ko‘proq (yoki kamroq) biladi, tanlangan yo‘nalishda o‘qishni davom ettirishga tayyor (tayyor emas), shuning uchun biz uni OTMga (kollejga va h.k.) qabul qilamiz (qabul qilmaymiz).
Har qanday o‘lchov vositasi sifatni nazorat qilish jarayonidan o‘tishi kerak. Masalan, davlat elektr energiyasi, gaz va suv sarflanishini hisoblaydigan moslamalarini o‘rnatishdan oldin va foydalanish jarayonida sertifikatlash va tekshirishga majbur qiladi.
Xuddi shu tarzda, bilimlarni o‘lchash vositalari — test topshiriqlari yordamida kimningdir bilimini sinab ko‘rishdan oldin bu topshiriqlar sifatni tasdiqlash jarayonidan o‘tishi kerak. Bu murakkab va sermashaqqat jarayon bo‘lib, bir necha yil davom etishi mumkin. Ushbu jarayonning majburiy bosqichlaridan biri — bu test topshiriqlarini aprobatsiya qilishdir (tajriba-sinovdan o‘tkazish), chunki uning natijalariga ko‘ra statistik ma’lumotlar — test topshiriqlari qay darajada sifatli ishlab chiqilganligini ko‘rsatuvchi raqamlar olinadi.
Har qanday o‘lchov moslamasida bo‘lgani kabi, testlarda ham xatolik bo‘ladi. Fanda bu xatolik o‘lchashning standart xatosi deb ataladi. Aprobatsiya ushbu xatolik fanda qabul qilingan qiymatlar chegarasida ekanligiga ishonch hosil qilishga yordam beradi.
Pandemiya sharoitida, ommaviy tadbirlar taqiqlangan paytda aprobatsiya jarayonlari qanday o‘tkazildi, degan savolga quyidagicha javob oldik: «Test topshiriqlarining dastlabki aprobatsiyasi 2019 yil oktyabr oyida Toshkent shahrida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda o‘tkazildi. Keyingi aprobatsiya 2020 yil aprel oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi, lekin pandemiya munosabati bilan imkoni bo‘lmadi. Shunday bo‘lsa-da, E-Sinov tizimi orqali test topshiriqlari onlayn taqdim qilib borildi va ishlatilgan test topshiriqlari tahlil qilindi. Shuningdek, 2019 yilda nashr etilgan test to‘plamlaridagi topshiriqlardan foydalanildi».
Mazkur javobni tahlil qilishga harakat qilamiz. Dastlabki aprobatsiyadan so‘ng, uning keyingi bosqichlari o‘tkazilmagan. Test topshiriqlarining sifatiga esa bir martalik aprobatsiya bilan ishonch hosil qilish mumkin emas. Dastlabki aprobatsiyadandan so‘ng topshiriqlarga zaruriy o‘zgartirishlar kiritiladi va qayta aprobatsiyaga olib chiqiladi. Bu jarayon aprobatsiya natijasida olingan statistik ko‘rsatkichlar fanda qabul qilingan me’yorlarga mos tushmaguncha qayta va qayta takrorlanadi. Bu degani — 2020 yilda qo‘llanilgan test topshiriqlarining sifati talablarga javob berishiga kafolat yoki dalillar mavjud emas.
Onlayn tizimga kiritilgan test topshiriqlari tahliliga kelsak, aprobatsiya shunday o‘tishi kerakki, unda qatnashuvchilar testlarni haqiqiy imtihonlarga imkon qadar yaqin sharoitlarda yechishi lozim. Abituriyentlar topshiriqlarni onlayn tarzda bajarishida ushbu shartlar bajarilmaydi, demakki, topshiriqlarning sifatini tahlil qilishda «onlayn aprobatsiya» natijasida olingan ma’lumotlarga tayanish mumkin emas.
Oldingi yillarda chop etilgan materiallardan testlarda foydalanish ham o‘lchov vositasi bo‘lmish testlarning sifatini oshirishga xizmat qilmaydi. Birinchidan, abituriyent mavzuni bilgani uchun emas, balki repetitor yoki boshqa birov tomonidan aytilgan to‘g‘ri javobni eslab qolganligi sababli testlarni to‘g‘ri yechishi mumkin. Mazkur holat mavzu bo‘yicha bilim emas, balki xotira sinovdan o‘tkazilishini anglatadi. Ikkinchidan, testlar tarkibidagi har qanday o‘zgarishlardan so‘ng, ularning sifatini qayta aprobatsiyadan o‘tkazish kerak.
Oxirgi ta’kidni yaqqol misol bilan tushuntirishga harakat qilamiz. Maxsus metall qotishmalaridan tayyorlangan va ishlatishdan oldin sinovdan o‘tkazilgan tarozi toshlarini ko‘z oldimizga keltiramiz. Agar toshlar qotishmasining tarkibi o‘zgartirilsa, ularning xususiyatlari o‘zgaradi, ya’ni qayta tekshirishdan o‘tkazish zarurati paydo bo‘ladi. Xuddi shunday, bir test varianti o‘lchov uchun bir og‘irlik toshi kabi, o‘ziga xos test topshiriqlari yig‘indisidan iborat bo‘lib, har doim ushbu yig‘indi o‘zgarganda, masalan, testga boshqa topshiriqlar kiritilganda uning sifatiga ishonch hosil qilish uchun qayta sinov zarur.
DTM eng yuqori ball to‘plagan abituriyentlar soni o‘tgan yillarga nisbatan ko‘proq bo‘lganini ta’kidlab, buni «test topshiriqlari soddalashtirilganligi», «test topshiriladigan fanlar soni kamaytirilganligi», «test topshiriqlarini yechish uchun vaqt miqdori oshirilganligi» va «tilni bilish sertifikatlariga maksimal ball berilganligi» bilan izohladi.
Biroq, testologiya fanining o‘z qonuniyatlari bor. «Ballarning normal taqsimoti» degan tushuncha mavjud va agar normal taqsimot kuzatilmasa (maksimal ballarning ko‘payishi esa normal taqsimotning buzilishidir), demak, bu testlarning sifati bilan bog‘liq muammolar borligini anglatadi. Va bu muammolarni boshqa turli xil omillar bilan «xaspo‘slash» mumkin emas.
Yuqorida aytib o‘tilganlarni umumlashtirgan holda shuni ta’kidlash lozimki, testlarda ishlatiladigan har qanday test topshirig‘i aprobatsiyadan o‘tishi kerak va bu aprobatsiya bir marta bilan cheklanishi mumkin emas, chunki aprobatsiyalar natijasida topshiriqlar sifatini tahlil qilish uchun kerakli raqamlar olinadi.
Test varianti tarkibidagi har qanday o‘zgarish ham aprobatsiyani talab qiladi. DTM vakillari pandemiyadan oldin ham butun test topshiriqlari bazasi aprobatsiyadan o‘tmasligini inkor qilmagan edilar. Abituriyent qo‘liga tushadigan ko‘rinishdagi test varianti esa hech qachon aprobatsiyadan o‘tmaydi, chunki bu variant imtihondan oldin generatsiya qilinadi.
Demak, OTMlar, kollejlar, texnikumlar, magistraturaning ayrim yo‘nalishlari, keyingi yildan boshlab esa litseylar va ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘qishga kirayotgan millionlab abituriyentlarning kelajakdagi taqdirini hal qilishda foydalaniladigan testlar sifatiga qo‘yiladigan ilmiy talablarga rioya qilinishi katta savol bo‘lib qolmoqda.
Testlarning mazmuni: jiddiy oqibatlarga olib keladigan muammo
Testlar «qoricha» yodlash darajasini tekshirmasligi lozimligi borasida bir necha bor aytganman. Shuningdek, bir necha bor qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga qaramay, bu muammo yechilmay qolayotganini ham yozgan edim. Bu yilgi imtihonlardan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, shuningdek, DTM saytida e’lon qilingan test topshiriqlari namunalarini tahlil qilsak, ularda «kim?», «nima?», «qayerda?», «qachon?» singari savollar ko‘pligini ko‘rish mumkin, demak, yaqin kelajakda qoricha yod olishdan forig‘ bo‘lishimiz dargumon.
«Gazeta.uz» tahririyatining xotira testidan ta’lim standartlariga belgilangan kompetensiyalarni sinashga qachon o‘tilishi to‘g‘risidagi savoliga «DTM test topshiriqlari sifatini oshirishga hamisha e’tibor qaratib kelgan», «test topshiriqlari Davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari va amaldagi darsliklar asosida shakllantiriladi», «kompetensiyaga asoslangan test topshiriqlarini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh shakllantirilgan» deb javob berishdi.
Bir narsani tushunish lozim. Kompetensiyani tekshiruvchi va «darsliklar asosida tuzilgan» testlar — bu bir-birini istisno qiluvchi tushunchalardir. Kompetensiya bu Davlat ta’lim standartida belgilangan ta’rifga asosan bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik hayotda qo‘llash qobiliyatidir. Bu degani, agar maqsad kompetensiyalarni sinash bo‘lsa, unda test topshiruvchi darslik chegarasidan chiqib, darslik yordamida olgan bilimlarini turli vaziyatlarda qanday ishlata olishini ko‘rsatishi kerak.
Oddiy misol. Tasavvur qilaylik, matematikadan «kvadrat tenglamalar» mavzusi o‘tilgan. Agar o‘qituvchi o‘quvchilarda kvadrat tenglamalarni yechish ko‘nikmasi shakllanganligini tekshirmoqchi bo‘lsa, u holda u nazorat ishida ularga darslikda bo‘lmagan va sinfda yechilmagan yangi tenglamalarni yechishni beradi. Aks holda, o‘quvchi shunchaki yodlagan yechimlarini takrorlashi mumkin. Agar o‘qituvchi o‘quvchida kompetensiyani tekshirmoqchi bo‘lsa, o‘quvchilarga shunday hayotiy muammo berishi kerakki, uni yechish uchun kvadrat tenglamalardan foydalanish zarur bo‘lsin.
Chet tillari o‘qituvchilariga ustama belgilash maqsadida o‘tkaziladigan test sinovlarida turli xalqaro imtihonlarga tayyorlanish uchun chop etilgan qo‘llanmalar va saytlarda berilgan topshiriqlardan foydalanish ham xotira testi sifatida ko‘rilishi mumkin. O‘qituvchi chet tilini yetarli darajada bilgani uchun emas, balki javoblarni oldindan yod olgani uchun testdan kerakli ball to‘plab o‘tishi mumkin. Bundan tashqari, agar mazkur qo‘llanma yoki sayt mualliflari DTM testlarida o‘z materiallaridan foydalanishga yozma rozilik berishmagan bo‘lsa, bunday harakatga davlat organining mualliflik huquqlari to‘g‘risidagi qonunlarni buzishi sifatida qaralishi mumkin.
Agar xalqaro tajribaga nazar tashlasak, IELTS, TOEFL, SAT, A-Level va boshqa imtihonlar darsliklar asosida ishlab chiqilmaydi. Ular kompetensiyani sinashga qaratilgan, o‘qituvchi va o‘quvchi esa kompetensiyalarni rivojlantirish uchun har qanday darsliklardan foydalanishi mumkin. Bizda esa DTM tomonidan nashr etilgan darsliklar ro‘yxatiga binoan, bu yil maktabni tugatayotgan o‘n birinchi sinf o‘quvchisi 2020 yil chop etilgan 5-sinf darsliklarini o‘rganib chiqishi kerak, vaholanki u beshinchi sinf o‘quvchisi bo‘lganida bu darsliklar hali mavjud bo‘lmagan edi.
Xotirani tekshiruvchi testlarning nimasi yomon? Birinchidan, ma’lumki, baholash tizimi ta’lim tizimidagi ustuvor yo‘nalishlarni ko‘rsatadi hamda o‘qituvchilar va o‘quvchilarning harakatlarini yo‘naltiradi. Agar baholash tizimida asosiy e’tibor yod olishga qaratilsa, o‘quvchilar kelajakdagi o‘qishlarida va hayotlarida zarur bo‘lgan kompetensiyalarni rivojlantirishga intilmasdan, ko‘r-ko‘rona yodlashni maqsad qilishadi.

Download 44.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling