Har qanday o‘lchov vositasi sifatni nazorat qilish jarayonidan o‘tishi kerak
Ammo turli xil variantlarining qiyinlik darajasi bir xil deyish uchun yuqorida aytib o‘tilgan o‘lchov xatosi teng ekanligiga ishonch hosil qilish kerak
Download 44.73 Kb.
|
6-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bu testning turli variantlarini yechgan abituriyentlarga nisbatan adolat ta’minlanmasligini anglatadi.
Ammo turli xil variantlarining qiyinlik darajasi bir xil deyish uchun yuqorida aytib o‘tilgan o‘lchov xatosi teng ekanligiga ishonch hosil qilish kerak. Masalan, Kroker va Algina bu haqda o‘zlarining testlar nazariyasi bo‘yicha mashhur darsligida yozgan. Ammo test varianti tajriba-sinovdan o‘tmagan bo‘lsa va imtihonda uni faqat birgina abituriyent yechgan bo‘lsa, o‘lchov xatosi bir xil ekanligiga qanday amin bo‘lish mumkin?
Testning turli xil variantlarini yechgan abituriyentlarga nisbatan adolat masalasiga qaytsak, fanda testlar bilan shug‘ullanadigan tashkilotlar tomonidan qo‘llaniladigan «yagona shkalaga keltirish» usuli ixtiro qilingan. Biz funt va pudlarni taqqoslashdan oldin ularni kilogrammga aylantirish uchun maxsus formulalardan foydalanganimiz kabi, testologiyada ham abituriyentlarning turli xil variantlar bo‘yicha olingan natijalarini bitta o‘lchovga keltirish uchun maxsus formulalardan foydalaniladi. Oxirida to‘g‘ri javoblar soni emas, aynan shunday formulalar yordamida olingan natijalar e’lon qilinadi. Ammo yana takrorlayman, ushbu formulalardan foydalanish uchun har bir variantning o‘lchov xatosini bilish kerak, test variantini birgina abituriyent yechganda esa bu imkonsizdir. Bu testning turli variantlarini yechgan abituriyentlarga nisbatan adolat ta’minlanmasligini anglatadi. Adolatsizlik bir muammoga nisbatan turlicha yondashuvda, ya’ni test topshiriqlarida abituriyentning aybisiz xatolarga yo‘l qo‘yilganda ham kuzatiladi. Gap shundaki, agar abituriyent test sinovlari paytida test topshiriqlariga nisbatan o‘z e’tirozlarini bildirgan bo‘lsa va DTM ekspertlar komissiyasi ushbu e’tirozlarni adolatli deb topgan bo‘lsa, unda variantida bu topshiriqni yechgan barcha abituriyentlarga qo‘shimcha ball beriladi. Ammo, agar abituriyent apellyatsiya yoki sud jarayonida test topshirig‘idagi xatolikni isbotlasa, u holda faqat o‘sha abituriyentning natijalari qayta ko‘rib chiqiladi. Xuddi shu muammoli topshiriqga duch kelgan, ammo appelyatsiya berish yoki DTM bilan sudlashish imkoniyati yoki xohishi bo‘lmagan abituriyentlarning natijalari qayta ko‘rib chiqilmaydi. Ushbu masalani ko‘targanimizda, bizga «DTM boshqa abituriyentlarning natijalarini ko‘rish yoki o‘zgartirish huquqiga ega emas» va «agar abituriyent o‘z natijalaridan qoniqmasa, u belgilangan muddat ichida apellyatsiya shikoyati berishi kerak» degan javobni oldik. Biroq, muammoga bunday yondashish muammoni hal qilmaydi — sifatni nazorat qilishning barcha bosqichlaridan o‘tmagan test topshiriqlaridan imtihonda foydalanilganligi sababli abituriyent aziyat chekadi. Kerakli nazorat mexanizmlarning ishlamasligi sababli texnik xatolarga yo‘l qo‘yilishi va oqibatda e’lon qilingan natijalarning o‘zgarishi ham adolatsizlikning bir ko‘rinishi sifatida baholanishi mumkin. Istalgan abituriyentning natijalari «texnik xato» bahonasi bilan o‘zgarishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarning oldini olish uchun DTMda qanday mexanizmlar joriy etilayotganligi to‘g‘risidagi tahririyatning savoliga DTM «jarayonlarning har bir bosqichida ishlarni iloji boricha inson omilisiz amalga oshirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda» deb javob berdi. Pandemiya bergan saboqlar Koronavirus pandemiyasi va kasallik tarqalishini to‘xtatish uchun ko‘plab mamlakatlarda joriy qilingan cheklovlar testlar bilan bog‘liq jarayonlarga ham ta’sir qilmay qo‘ymadi. Ochiq havodagi imtihonlarga e’tibor qaratib, New York Times nashri «ayrim abituriyentlar soyada, qulay sharoitda test topshirayotgan bo‘lsa, boshqalari qog‘oz yoki kiyim bilan quyoshning tik nurlaridan o‘zlarini himoya qilishga majbur bo‘lishdi» deb yozdi. Ba’zi abituriyentlar belgilangan vaqtda imtihonga yetib borish uchun sahar tongda turishlari kerak edi, boshqalari esa tushdan keyin, inson organizmi charchay boshlaydigan paytda test topshirishdi. Kimlargadir kepkalar berildi, kimlargadir esa yo‘q. Qayerdadir abituriyentlar imtihonga mobil telefonlarini olib kirib, ishlatishga muvaffaq bo‘lishdi, qayerdadir esa yo‘q. Koronavirus yoki isitma sababli testlarda qatnasha olmagan abituriyentlar uchun qo‘shimcha testlar tashkil etildi, test sinovlariga boshqa uzrli sabablarga ko‘ra kela olmagan abituriyentlar uchun esa yo‘q. «Test topshiruvchilarga test sinovlarida va uning natijalarini qayta ishlashda mutanosib munosabatda bo‘lish kerak» deya ta’kidlangan test sinovlari standartlari nuqtai nazaridan yuqoridagi misollar tahlil qilinsa, unda standartlarning buzilganligi yaqqol ko‘rinadi. Xususan, chet tillari o‘qituvchilariga ustama belgilash testlarida kuzatilgan audio yozuv va isitish bilan bog‘liq muammolarni ham bu standartlarning buzilishi sifatida keltirish mumkin. Markazning matbuot xizmati o‘qituvchilarning e’tirozlariga javob berar ekan, o‘qituvchilar tomonidan test sinovlari qoidalarining buzilishi borasida raqamlarni keltirdi: mana, telefonlar va «shpargalkalar» olib kirilgan, imtihon vaqtida o‘zaro gaplashilgan, materiallarni bir-biriga uzatishgan. Biroq, imtihon topshiruvchilar tomonidan imtihon qoidalarining buzilishi tashkilotchilar tomonidan test standartlarini buzish uchun bahona bo‘la olmaydi. DTM bu yilgi test jarayonlaridan qanday saboq olganligi haqidagi tahririyatning savoliga javob berar ekan, «asosiy e’tibor abituriyentlarning xavfsizligi (sog‘ligi)ga qaratilganligini», «xorijiy davlatlar tajribasini o‘rgangan holda, test sinovlarni ochiq maydonlarda o‘tkazish eng yaxshi variant sifatida tanlanganligi»ni ta’kidladi. Shuningdek, «eng asosiy yutuq abituriyentlar va xodimlarda koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelmaganligi» va «markaz noodatiy sharoitda, ochiq maydonlarda test o‘tkazish tajribasiga ega bo‘lganligi» DTM tomonidan aytib o‘tildi. Agar test sinovlari bilan shug‘ullanadigan xalqaro tashkilotlarning tajribasiga nazar tashlansa, ular bir oz boshqacha yo‘nalishda tajriba olishni afzal ko‘rishdi — ko‘pchilik odamlarning to‘planishi zaruratisiz, axborot texnologiyalaridan foydalangan holda test o‘tkazish. Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti yoki Toshkentdagi Turin politexnika universiteti singari O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan ba’zi xalqaro universitetlar ham onlayn tarzda imtihonlar tashkil etib, adolat va shaffoflikni ta’minlash maqsadida test topshiruvchilar va kuzatuvchilar tomonidan rioya qilinishi kerak bo‘lgan qoidalarni ishlab chiqdilar. To‘g‘ri, balki onlayn imtihonlarda barcha ishtirokchilarning qoidalarga birdek rioya qilishini ta’minlash qiyinroq kechishi mumkin, ammo qachondir boshlash kerak. Masalan, pandemiya bizni ilgari umuman inkor qilib kelganimiz — masofaviy ta’limni joriy etishga majbur qildi-ku. Barcha o‘yinchilar uchun teng sharoitlar va aniq qoidalar Umuman olganda, xalqaro tajribaga nazar solinsa, turli tashkilotlar tomonidan o‘tkazilgan test natijalari hukumat qarorlari tufayli tan olinmaydi. Masalan, Britaniya universitetlari tomonidan IELTS yoki A-level imtihon natijalarini tan olish to‘g‘risida Britaniya hukumati rahbari tomonidan imzolangan farmonni topishimiz ehtimoldan yiroq. Download 44.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling