Dunyo mamlakatlarida maktabgacha ta’lim tizimi


Koreyada bolalar bog‘chalari


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/59
Sana28.10.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1729688
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   59
Bog'liq
ma\'ruza

Koreyada bolalar bog‘chalari umumiy ta’lim dasturining bir qismi 
hisoblanmaydi, ota-onalar bolalarni xususiy muassasalarga topshiradilar. Bolalar 
bog‘chasiga bolalar 3 yoshdan 5 yoshgacha qabul qilinadi. Olti yoshga to‘lgan bolalar 
odatda maktabga boradi. 1980- yillardan boshlab bolalar bog‘chalari va maktabgacha 
muassasalarga boradigan bolalar soni keskin o‘sdi: bunday 901 ta muassasaga 1980-
yilda 66 433 bola borgan bo‘lsa, 1987 yilda 7792 muassasa mavjud bo‘lib, ulardagi 
bolalar soni 397 020 taga yetdi. Ulardagi tarbiyachi va o‘qituvchilar soni ham ortdi, 
ularning katta qismini ayollar tashkil etdi. Boshlang‘ich maktabga bolalar
yoshdan 14 yoshgacha (g‘arb bo‘yicha muvofiq ravishda 6 va 12 yosh) qatnaydilar, 
bu yerda ta’lim davomiyligi olti yil. Asosiy o‘qitiladigan fanlar: koreys tili, 
matematika, aniq fanlar, jamiyatshunoslik, tillar, tasviriy san’at, musiqa. Odatda bu 
fanlarning barchasini bitta o‘qituvchi o‘qitadi, chet tillaridan tashqari. Ta’lim 
tizimining bosqichlari bo‘yicha oliy maktabgacha ko‘tarilish turli sinov imtixonlari 
orqali, biroq qat’iy yosh bo‘yicha amalga oshiriladi. XX asr oxirlariga qadar ingliz 
tili o‘rta maktablardan boshlab o‘qitilgan, biroq hozirda uchinchi sinfdan boshlanadi. 
Koreys tiliga o‘qitish grammatik jihatdan murakkab bo‘lgani uchun, bir qator ota-
onalar fanzandlarni qo‘shimcha tarzda xususiy maktablar – xagvonada o‘qitadilar. 
Umumiy maktablaridan tashqari mamlakatda xususiy maktablar ham mavjud bo‘lib, 
ularda o‘quv dasturi ma’lum qadar davlat dasturiga muvofiq kelsada, ancha yuqori 
darajalarda joriy etiladi: davlat maktablaridan farqli ravishda ularda o‘quvchilar 
soniga to‘g‘ri keladigan o‘qituvchilar soni ko‘proq miqdorni tashkil etadi
qo‘shimcha fanlar ko‘proq o‘qitiladi va nisbatan yuqori ta’lim standartlari joriy 
etiladi. Shunday ekan, ota-onalar ham ko‘proq xususiy maktablarni tanlaydilar, biroq 
ular uchun narxlar bunga to‘sqinlik qiladi. 
Boshlang‘ich maktablar koreyscha «chxodin xakkyo» deb atalgan. 1996 yilda 
mamlakat hukumati bu nomni o‘zgartirib, «gukmin xakkyo» ya’ni “fuqarolar 
maktabi” deb atay boshlandi. 
Koreya maktab ta’limi o‘rta va oliy bosqichga bo‘linadi. Oliy ta’limning 
ahamiyati qanchalar yuqori ekanini e’tiborga olgan holda, yildan-yilga oliy ta’lim 
olishga intilish kuchayib bormoqda. Barcha o‘quvchilarning 60% oliy o‘quv 
muassalarida o‘qishni davom ettirsalar, ma’lum qismi kasb-hunar bilim yurtlariga 
o‘qishga kiradilar. Ularda quyidagi sohalar bo‘yicha ta’lim beriladi: 
• 
Xo‘jalik ishlarini yuritish; 
• 
baliqchilik; 
• 
tijorat; 
• 
savdo; 
• 
kemasozlik; 
• 
muhandislik ishlari; 
• 
har turdagi san’at sohalari. 


O‘rta maktabga kirish imtixonlari 1968 yilda bekor qilingan. Biroq ushbu islohot 
maktablarni tenglashtirmadi. Seulda imtixondan yaxshi o‘tgan o‘quvchilar turar 
joyidan qat’i nazar nisbatan yuqori nufuzli maktablarga qabul qilinadi. 
Sinflar 1 dan 12 gacha o‘sib boradigan AQSHdan farqli ravishda, Koreyada 
boshlang‘ich, o‘rta va oliy maktablar har safar birinchi sinfdan boshlanadi. Ularni 
farqlash uchun, masalan, “O‘rta maktabning birinchi sinfi” - «chungxakkyo il 
xakiyon» deb nomlanadi. 
Koreys tilida o‘rta maktab «chunxakyo» deb ataladi.Koreys o‘rta maktabi 3 
sinfdan iborat. Ko‘pchilik unda 12 yoshdan boshlab o‘qiydi. Mazkur uch yil 
Amerikaning 7-9-sinflariga to‘g‘ri keladi. Boshlang‘ich sinflarga nisbatan Janubiy 

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling