Umumiy maktab
Xususiy maktab
Aspirantura
Magistr (2 yil)
Amaliy boshqaruv magistri (MVA) (1 yoki
2 yil)
Fan nomzodi (R. B.) (4 yil)
Koreya Respublikasi ta’lim va fan vazirligi ma’lumotlari
Oliy maktab talabalarining katta qismi yil oxirida kollejlarga o‘qishga kiradilar.
Talabalar «sunin» - standart test topshiradilar. Shuni ta’kidlash joizki, ko‘pgina
maktab o‘quv dasturlari kirish imtixonlari doirasi mazmunida bo‘ladi. Mazmuniga
ko‘ra Amerikaga yaqin bo‘lib, uchta asosiy seksiyadan iborat: koreys tili, matematika
va ingliz tili. Ulardan tashqari tanlov bo‘yicha bir qator
ijtimoiy yoki tabiiy fanlar
qatoridan iborat.
1980-yillar oxiridan universitetlarga kirish koreys yoshlari uchun eng muhim
voqea
hisoblanadi, ulardan eng nufuzlisi katta kuch va qurbonlik talab etadi. Koreya
Respublikasida oliy ma’lumot oluvchi talabalar soni 1960 yildagi 100 000 dan 1987
yilda 1,3 mln.ga yetdi, bu natija bo‘yicha mamlakat dunyoda AQSH dan keyin
ikkinchi o‘rinni egallaydi. Oliy o‘quv muassasapariga to‘rt
yillik kollejlar va
universitetlar, ikki yillik kichik kasb-hunar kollejlari, to‘rt yillik o‘qituvchilar
kollejlari,
shuningdek, aspirantura kiritiladi. Oliy maktablarda bir yilda ikki marta
o‘tkaziladigan testlarning ahamiyatga universitet
yoki kollejga kirish
imtixonlarinikidan kam emas.
Boshqa mamlakatlardan farqli ravishda, Janubiy
Koreyada universitetlarni
tugatib diplomga ega bo‘lish muvaffaqiyatli ish o‘rni va moliyaviy barqarorlikni
ta’minlash omili hisoblanadi.
Koreya Respublikasi ta’lim tizimining hozirgi xolati.
Janubiy Koreyada zamonaviy ta’lim tizimining qaror topishi 1945 yillardan, ya’ni
mamlakatning yapon hukmronligidan ozod bo‘lgan vaqtidan boshlanadi. 1945 yildan
1970 yillargacha ta’lim tizimi ayniqsa jadal rivojlandi. 1950-53
yillardagi Koreya
urushi natijasida yuzaga kelgan iqtisodiy yo‘qotishlar va vayronagarchiliklarga
qaramay Janubiy Koreya savodsizlikni tugatishga qat’iy kirishdi. 1968 yilda qabul
qilingan Milliy ta’lim partiyasi koreys xalqi mentaliteti va vatanparvarligining o‘ziga
xos tomonlarini ayniqsa yorqin ifoda etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: