Dunyo mamlakatlarida maktabgacha ta’lim tizimi


Bugungi kunda Janubiy Koreya ta’lim tizimining eng ustuvor


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/59
Sana28.10.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1729688
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   59
Bog'liq
ma\'ruza

Bugungi kunda Janubiy Koreya ta’lim tizimining eng ustuvor 
yo‘nalishlaridan biri maktabgacha va maktab ta’limini rivojlantirish 
hisoblanadi. Maktabgacha ta’limni bepul qilingan holda mamlakat maktabgacha 
ta’lim muassasalariga qatnaydigan bolalar sonini oshirishga erishdi. Koreya 
Respublikasida bolalar bog‘chasi ularga nazariy ta’lim berish maqsadiga intilmagan 
holda, o‘zining muhim vazifasi - ularning har taraflama barkamol bo‘lib yetishishini 
ta’minlashga, ularning jismonan va ruhan sog‘lom bo‘lishiga, o‘zida ishonchni 
tarbiyalab yetishtirishga harakat qiladi. 
Maktab ta’limi ustida to‘xtaladigan bo‘lsak, davlat bu sohada juda samarali 


siyosat yuritmoqda, u buning uchun katta miqdorda moliyaviy mablag‘lar 
ajratmoqda. Balki aynan maktab ta’limiga kuch berish, bunday ijobiy natijalarga 
sabab bo‘lgandir. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OSER) 
ma’lumotlariga ko‘ra, Koreyada bir yilda bitta o‘quvchiga taxminan 2000 AQSH 
dollari sarflanar ekan. 
Koreyada o‘quv jarayonida axborot texnologiyalari joriy etishga katta e’tibor 
qaratiladi. Mazkur loyihani amalga oshirish 1998 yillardan boshlandi, uning uchun 
budjet mablag‘laridan 1,1 mlrd. dollar sarflandi. Natijada Koreya Respublikasi o‘z 
maktablarini kompyuter bilan ta’minlash va Internetga ulash bo‘yicha dunyoda 
Singapurdan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi. 
Koreya Respublikasi ta’lim va fan vazirligi ma’lumotlari Janubiy Koreya ta’lim 
tizimi yana bir umumjahon an’anasi - ta’lim va ilm-fanni integratsiyalashuvini 
amalga oshirmoqda. Jahon tajribasida bu kabi o‘quv muassasasi bilan ilmiy tadqiqot 
institutlarini o‘zida jo etgan konglomeratlar muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu 
holat fan va ta’limning integratsiyalashuvi uchun real asos bo‘lib xizmat qiladi va 
mamlakatda yagona ilmiy-texnik va ta’lim siyosatini olib borishga imkon yaratadi. 
Integratsiyalarning eng samarali shakli bugungi kunda oliy o‘quv muassasalari va 
ilmiy tadqiqot institutlari birlashuvi hisoblanadi. Bu kabi eng yuqori rivojlanishga 
AQSH ilmiy tadqiqot universitetlari erishgan, ularning soni 104 taga yetgan bo‘lib, 
budjeta 1 dan 3 mlrd gacha o’zgarib turadi
O‘zbekiston va Koreya Respublikasining ta’lim sohasidagi aloqalari va 
ta’lim sohasini rivojlantirishda Koreya tajribasidan foydalanish. 
O‘zbekiston va Janubiy Koreyani katta masofa ajratib turadi. Shunga qaramay, 
O‘zbekiston va Koreyani mustahkam do‘stlik rishtalari, xalqlarimizni tarixiy 
ma’naviy yaqinlik bog‘lab turadi. 
Janubiy Koreya O‘zbekistonning eng yirik sarmoyaviy sheriklaridan biridir. 
Uning mamlakatimiz iqtisodiyotiga kiritgan sarmoyasi 2 milliard AQSH dollaridan 
oshdi. Ayniqsa, neft-gaz, konchilik, neft kimyosi, logistika, qurilish, ta’lim sohalarida 
yirik loyihalar bor. Navoiy shahridagi xalqaro ayroport negizida barpo etilayotgan 
erkin industrial-iqtisodiy zona bunga yorqin misoldir. Ushbu zonadagi qit’alararo 
intermodal logistika markazi MDXda yagona bo‘lib, u yerda yuklar tezkorlik bilan 
tushiriladi va ortiladi, taqsimlanadi, maxsus omborlarga joylashtiriladi. Osiyodan 
Yevropaga va Yevropadan Osiyoga jo‘natiladigan yuklar global yuk tashish 
tarmog‘ining muhim bo‘g‘iniga aylanadigan ana shu markazdan o‘tadi. 
1992 yildan Toshkentda Koreya ta’lim markazi faoliyat ko‘rsatmoqda. 
O‘zbekiston davlati jahon tillari universiteti va Samarqand davlat chet tillar institutida 
Koreys tili va madaniyati markazlari, Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 
Axborot texnologiyalari markazi ochilgan. Toshkentda ‘'O‘zbekiston Koreya” kasbga 
tayyorlash markazini ochish loyihasi ta’lim sohasidagi hamkorlikning yana bir 
muvaffaqiyati bo‘ldi. U yerda har yili 360 nafar yigit-qiz kompyuter yig‘ish, grafika, 
elektrotexnika, qishloq xo‘jaligi texnikasini ta’mirlash, avtomobillarga xizmat 
ko‘rsatish sohalari bo‘yicha tahsil oladi. 
Koreya hukumatining imtiyozli kreditini hisobiga amalga oshirilayotgan “o‘rta 
maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish” loyihasi doirasida 150 ta xizmat 
ko‘rsatish yo‘nalishidagi kasb-hunar kollejlarini o‘quv-laboratoriya jihozlari hamda 


maxsus fanlarni o‘qitish uchun multimedia sinfi bilan jihozlanishi belgilangan. 
Toshkent shahrida Koreya Respublikasi bilan hamkorlikda O‘zbekistondagi 
birinchi ilmiy-texnik adabiyotlar elektron kutubxonasi ishga tushirilgan. Ilmiy-texnik 
adabiyotlar elektron kutubxonasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 
20 iyundagi “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish 
to‘g‘risida”gi va 2008 yil 26 avgustdagi “Koreya hukumati fanini jalb qilgan holda 
ilmiy-texnik adabiyotlar elektron kutubxonasini yaratish to‘g‘risida”gi qarorlari, 
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 2008 yil 5 sentyabrdagi 259-
buyrug‘iga muvofiq axborot- kutubxonachilik sohasidagi islohotlarni yanada 
chuqurlashtirish hamda O‘zbekiston-Koreya hamkorligini amalga oshirish maqsadida 
ikkala hukumat kelishuviga asoslangan holda Toshkentdagi “Bilim” axborot- 
kutubxona markazi negizida Janubiy Koreya fani asosida va Koreya Xalqaro 
hamkorlik agentligi (K01SA)ning bevosita yordamida yaratildi.
Loyihani 2008-2009 yillar mobaynida O‘zAAning Respublika axborot-
kutubxona markazi va koreyalik mutaxassislar birgalikda amalga oshirishdi. Elektron 
kutubxona binosini to‘la ta’mirlash va bezash ishlarini O‘zbekiston aloqa va 
axborotlashtirish agentligi, kutubxonani kompyuter texnikasi, mebel, jihozlar bilan 
ta’minlash va o‘rnatish ishlarini koreyaliklar bajarishdi. Elektron kutubxona 
mutaxassislari Koreya Respublikasida elektron kutubxonadagi ta’minotni texnik va 
boshqarish jihatdan olib borish, elektron resurslarni shakllantirish kabi yo‘nalishlarda 
malakalarini oshirib keldilar. 
Ma’lumki so‘nggi yillarda mamlakatimizda jamiyat hayotining barcha sohalarini 
isloh qilish va modernizatsiyalashtirish ishlari keng miqyoslarda amalga 
oshirilmoqda. Ta’kidlash joizki, ta’lim sohasi ham bu jarayonlarga tortildi. Bugungi 
kunda Respublikada fan va ta’lim sohasini rivojlantirish dolzarb vazifalar qatoridan 
o‘rin olgan. Milliy va umuminsoniy qadriyatlar, boy moddiy va ma’naviy merosimiz, 
hozirgi zamon ilm-fani, iqtisodiyoti, texnikasi va texnologiyasi erishgan yutuqlarga 
asoslangan ta’lim tizimini barpo etish maqsadida “Ta’lim to‘g‘risidagi” Qonun qabul 
qilindi. 
«Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining qoidalari, ta’limni 
tashkil etish yo‘nalishida jahon miqyosida erishilgan yutuqlar, milliy tajribaning 
tahlili asosida tayyorlangan.
Oliy ta’limning bakalavr va magistr tayyorlash bosqichlari uchun kasbiy ta’lim 
dasturi mazmunining uzluksizligi va uzviyligi, ta’lim sifatining mexanizmi va asosi - 
Davlat Ta’lim Standartlari yaratildi va ta’lim tizimiga joriy qilindi. Oliy ta’lim 
tizimining barqaror rivojlanishi va faoliyat ko‘rsatishining kafolatlarini talab 
qilinayotgan ta’lim sifati va darajasini ta’minlovchi informatsion va moddiy texnik 
baza yangi bosqichga ko‘tarishi, o‘qitishning yangi avlod vositalarini yaratish 
yo‘nalishida bir qator ishlar amalga oshirildi. Oliy ta’lim tizimiga xorijiy 
investitsiyalar kirib keldi, xalqaro aloqalar kengaydi va mustahkamlandi. Bularning 
barchasi oliy ta’lim tizimi muassasalarini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash 
butunlay yangi talablar asosida amalga oshirilishi va pedagogik faoliyatning ijtimoiy 
makoni va nufuzini oshirishga ijobiy ta’sir o‘tkazishini maqsad qilib qo‘ygan. 
Kadrlar tayyorash milliy dasturining ikkinchi sifat bosqichida yuqori sifatli 
kadrlar tayyorlash mamlakat fuqarolarining yangi ko‘rinishini shakllantirish asosiy 


maqsadlardan biri sifatida e’tirof etiladi. Mazkur bosqich ta’lim muassasalarining 
faol rivojlanish davri bo‘lib, unda talabalar boshlanishi va tugallanishi oliy ta’lim 
tizimida bo‘lgan o‘qitishning keng diapozondagi tanlov va moslanuvchanligiga ega 
bo‘ladilar. Ta’lim jarayonida ishtirok etuvchilar o‘rtasida chinakkam sherikchilik va 
birdamlik tamoyillarini amalga oshirish, kadrlar tayyorlash sifatiga hal qiluvchi ta’sir 
ko‘rsatishga erishish va jamiyat rivojlanishi taraqqiyotini ta’minlashda ixtisoslashgan 
kadrlar zahirasini anglashga yo‘l ochib berishi nazarda tutiladi. 
Ta’lim tizimini rivojlantirishning eng muhim yo‘nalishlaridan biri mazkur sohada 
xalqaro hamkorlik masalalari hisoblanadi. Uning maqsadi O‘zbekiston ta’lim tizimini 
jahon ta’lim makoniga integratsiyalashuvi hisoblanadi. Ta’lim sohasidagi xalqaro 
hamkorlik O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va xalqaro bitimlar, shartnomalar va 
konvensiyalar asosida amalga oshiriladi. Ta’limni isloh qilishda jahon standartlarini 
asos qilib olgan holda, ta’limning davlatni rivojlantirishda tutgan o‘rni allaqachonlar 
tushunib yetgan rivojlangan mamlakatlar tajribasidan foydalanish zarur. 
Mamlakatimizda Koreya Respublikasi ta’lim tizimini modernizatsiya qilish 
tajribasini qo‘llash ijobiy natijalarga olib kelishi muqarrardir. Koreya Respublikasi 
Osiyo-Tinch okean mintakasining o‘ziga xos mamlakatlaridan biri sifatida bir qator 
tadqiqotchilarning diqqatini jalb etib kelmoqda. Buning mohiyati shundaki, bu davlat 
postindustrial sivilizasiyaning yutuqlarini o‘zlashtirgan holda, o‘zining an’anaviy 
madaniyatini saqlab qolishga intilmoqdalar va siyosiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy 
islohotlarni o‘z madaniyati, an’anaviy qadriyatlari va Sharq dunyo qarashlari bilan 
uyg‘unlikda amalga oshirishga harakat qilmoqdalar. YUNISEF ekspertlari 
tomonidan mazkur mamlakatning ta’lim tizimi sanoati rivojlangan mamlakatlar 
qatorida eng samarali deb baholangan. 

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling