Dunyo mamlakatlarida maktabgacha ta’lim tizimi


Koreya o‘rta maktabi o‘quvchilarga ancha yuqori talablar qo‘yadi. Har bir fan


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/59
Sana28.10.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1729688
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   59
Bog'liq
ma\'ruza

Koreya o‘rta maktabi o‘quvchilarga ancha yuqori talablar qo‘yadi. Har bir fan 
alohida o‘qituvchi tomonidan o‘qitiladi. O‘qituvchi o‘quvchi hayotida katta 
o‘rin egallaydi va uning nufuzi ham yuqori. Oliy o‘quv yurtlaridan farqli ravishda 
o‘quv dasturi bir o‘rta maktabda boshqasidan farq qilishi mumkin. O‘quv dasturi 
negizini matematika, koreys va ingliz tillari, shuningdek, aniq fanlar tashkil etadi. 
Qo‘shimcha fanlar san’atshunoslik, jismoniy tarbiya, tarix, xandasa (xitoy 
iyeroglifikasi), etika, uy-xo‘jaliklarni yuritish, kompyuter savodxonligi darslaridan 
iborat. Fanlar yildan-yilga o‘zgarib boradi. O‘qish haftada besh kun davom etadi, 
oltinchi kuni o‘quvchilar biror bir to‘garakka qatnashishlari shart. Yaqin kunlarga 
qadar maktablarda o‘g‘il va qiz bolalar alohida o‘qitilgan, biroq so‘nggi yillarda har 
ikki jins aralash o‘qitilmoqda. 
O‘quvchilar bahosidan qat’iy nazar bir sinfdan ikkinchisiga ko‘chirilaveradi. 
Baho faqat maktabning so‘nggi yilida katta ahamiyat kasb etadi. Chunki ular 
o‘quvchining oliy o‘quv muassasasiga o‘qishga kirishida katta rol o‘ynaydi. 
Ko‘pgina o‘quvchilar o‘rta maktab darslaridan so‘ng qo‘shimcha kurslarga (xagvon) 
qatnaydilar. Ularda ingliz tili va matematikaga alohida e’tibor qaratiladi. 
Koreyscha oliy maktab «kodinxakkyo»deb ataladi. 
Oliy maktabga 17 yoshda kirib, uni 19 yoshda tugatadilar. Maktablar u yoki bu 
talabaning qiziqishlariga va kelgusida uning kasbi uchun muvofiq keladigan 
ixtisoslashtirilgan bo‘limlarga bo‘linadi. Masalan, “ilmiy” oliy maktablar, xorijiy 
tillar va san’atshunoslik maktablari mavjud. Ularning barchasiga talaba kirish 
imtixonlarini muvaffaqiyatli topshirishgach qabul qilinadi. Oliy maktablar umumiy 
va xususiy bo‘ladi. Bunday maktablar ma’lum bir mutaxassislik bermaydi, ular 
talabani kollejga kirishga tayyorlaydi. Ma’lum sabablarga ko‘ra kollejga kirish istagi 
bo‘lmagan talabalar uchun maxsus kasb-hunar bilim yurtlari mavjud. Ular 
texnologiya, agro yoki moliya sohalariga ixtisoslashgan bo‘ladi. O‘rta maktabdan 
farqli ravishda oliy maktabda o‘qish majburiy hisoblanmaydi. Biroq shunga qaramay, 
2006 yilda koreys yoshlarining 97% oliy maktabni tugalladilar. Bu esa barcha 
mamlakatlar orasida eng yuqori ko‘rsatkichdir. 

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling