Dunyo mamlakatlarida maktabgacha ta’lim tizimi


Partiyaga muvofiq milliy ta’lim millatni jipslashtirishga, tarix va an’anlariga


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/59
Sana28.10.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1729688
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   59
Bog'liq
ma\'ruza


Partiyaga muvofiq milliy ta’lim millatni jipslashtirishga, tarix va an’anlariga 
hurmat bilan qarashga, qadriyatlarni ulug‘lashga, millatni yanada kuchliroq qaror 
topishiga va umuman, xalqning farovonligini ta’minlashga yaqindan yordam beradi 
va asos bo‘lib xizmat qiladi. Ta’limga bu kabi munosabatda bo‘lish, koreys xalqi 
uchun tabiiy bir holatdir va aynan mana shu holat mamlakatning muvaffaqiyati uchun 
kafolat bo‘lib xizmat qiladi. 


Koreya Respublikasining ta’lim to‘g‘risidagi qonuniga muvofiq ta’lim va inson 
resurslarini rivojlantirish Vazirligi milliy ta’lim dasturini nazorat qiladi va barchaning 
teng huquqlarda bilim egallashi uchun barcha sharoitlarni yaratib berish mas’uliyatini 
oladi. Koreya ta’lim tizimi muayyan bir xillikka ega bo‘lish bilan bir qatorda, alohida 
maktablar uchun mahalliy va milliy dasturlar doirasida davlat ta’lim standart 
doirasidan chekinishga ruxsat beradi. Davlat ta’lim dasturi davriylikka ega bo‘lib, 
ta’limga bo‘lgan talabdan kelib chiqqan holda, jamiyatning dunyoqarashlari va yangi 
fanlarning yuzaga kelishiga bog‘liq ravishda o‘zgarib turadi. Ta’lim dasturi 
standartlari maktablar uchun o‘quv mazmunini aks ettiruvchi va raxbarlarning o‘quv 
dasturlari ishlab chiqishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Hukumat milliy va ijtimoiy 
talablarni qondirish maqsadlarida, shuningdek, ilmiy tadqiqot ishlanmalari bo‘yicha 
turli ko‘rsatkichlarni e’tiborga olgan holda, shu kungacha davlat dasturiga yetti 
marotaba o‘zgartishlar kiritdi. “Yettinchi dastur” 1997 yilning dekabr oyida joriy 
etilgan. Yangi globaplashuv davri va modernizatsiyalashuv asrida har taraflama 
mukammal inson resurslarini kamol toptirish maqsadida Yettinchi dastur eskicha 
ta’lim metodlaridan voz kechib, yangi mukammal ta’lim tizimini yaratishga intildi. 
Har bir fan bo‘yicha talabalarning individual xususiyatlarini inobatga olgan holda, 
ta’lim berish metodlari ishlab chiqildi. Bunda talabalarning mustaqil bilim 
egallashiga, ularning dunyoqarashlarini yanada kengaytirishga katta e’tibor qaratildi. 
Shunday qilib, yettinchi dastur talabalarning individual talanti, ijodiy kuchi, 
mustaqillikka intilishlarini inobatga olishi bilan avvalgi dasturlardan farq qiladi. 
Bunda shaxsning mustaqilligiga ijodiy kuch uchun poydevor sifatida qaratadi. 
Yettinchi dastur ikki qism: umumiy va maxsus qismlardan iborat. Yangi dastur 
bo‘yicha o‘rta maktab o‘n yillik bo‘lib, keyingi 11- va 12-sinflarda o‘quvchilar 
kelgusida egallaydigan kasblari bo‘yicha ixtiyoriy tanlov asosida maxsus tayyorlov 
kurslarida ta’lim oladilar. 
Milliy dastur doirasida o‘qituvchilar uchun maxsus o‘quv rejalari ham ishlab 
chiqilgan. O‘rta maktab doirasida o‘qitiladigan fanlar majburiy va qo‘shimcha 
darslarga ajratiladi. Oliy maktab va universitetlarda maxsus fanlar o‘qitiladi. 
Maktablarda ba’zi fan sohalari bo‘yicha chuqurlashtirilgan bilimlar beriladi. 
Davlatning ta’lim sohasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirgan islohotlari 
natijasida Koreya Respublikasi ba’zi bir ko‘rsatkichlar bo‘yicha jahonda yetakchi 
o‘rinlarni egallaydi. Quyida keltirilgan jadvallar asosida Koreyada yarim asr 
davomida ta’lim tizimining naqadar rivojlanganini ko‘rishimiz mumkin. Maktablar, 
pedagog va talabalarning o‘sish sur’atlari davlatning ta’lim sohasida yuritayotgan 
siyosatini to‘liq oqlaydi. 

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling