Dunyo okeanlari


Download 250.87 Kb.
bet10/13
Sana26.02.2023
Hajmi250.87 Kb.
#1232662
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Dunyo Okeanlari

Shimoliy Muz okeani
Shimoliy Muz okeani iqlimi arktika iqlimiga mansub. Sh.Shimoliy Muz okeanining yuqori kengliklarda joylashganligi, doimiy muz qoplami, Atlantika va Tinch okeanlardan havo va suv massalarining kirib kelishi uning shakllanishiga taʼsir koʻrsatadi. Qishda okean markaziy qismi ustida Arktika antitsikloni (yuqori bosimli oblast), yozda past bosimli oblast joylashadi. Gʻarbida yil davomida Islandiya minimumi, Grenlandiya ustida esa antitsiklon hukmron. Barcha mavsumlarda bu yerga Atlantika okeanidan siklonlar keladi. Qishi juda sovuq va shamolli, havo temperaturasi markaziy qismida —28° dan —30° gacha, Atlantika boʻyida —16° dan — 18° gacha. Shamol tezligi 8–10 m/sek., baʼzan 20–25 m/sek.gacha yetishi mumkin. Yozi ham sovuq. Katta qismida havo temperaturasi —10° dan —12° gacha, gʻarbiy chekka qismida qisqa muddat 6—8° gacha koʻtariladi. Bulutli kun koʻp boʻladi. Yogʻin, asosan, qor shaklida yogʻadi.
Shimoliy Muz okeani yuzasidagi oqim shamollar, Atlantika va Tinch okeanlari bilan suv almashinishi, daryo oqimlari taʼsirida yuzaga keladi. Bu omillar yuza oqimlarning gʻarbiy yoʻnalishda harakatlanishiga va Chukotka dengizidan boshlanib, okeanni kesib oʻtuvchi va Shpitsbergen bilan Grenlandiya oʻrtasidagi boʻgʻozga chiquvchi Transarktika oqimining shakllanishiga sabab boʻladi. Sh.Shimoliy Muz okeaniga quyiladigan Shimoliy Dvina, Pechora, Ob, Yenisey, Xatanga, Lena, Indigirka, Kolima, Makenzi va boshqalar yirik daryolar yiliga 5000 km³chuchuk suv olib boradi. Shu sababli, okean yuzasidagi suvning shoʻrligi 32%o, materik sayozligidagi dengizlarda 25—29%o. Yuza suvlarning temperaturasi qishda 1°, yozda 0—5°. Sovuq va chuchuk suvlar yuza oqimlar taʼsirida Atlantika okeaniga oqadi. Uning oʻrniga Atlantika va Tinch okeanlarning iliq va shoʻr suvlari oqib keladi. Suv qalqishi har yarim sutkada takrorlanadi, balandligi markaziy qismida 0,5—0,6 m, gʻarbida 1 m gacha, Barens dengizida 6 m gacha yetadi.
Shimoliy Muz okeanining eng muhim gidrologik xususiyatlaridan biri uning qishda 9/10 qismining muz bilan qoplanishidir. Baffin va Grenlandiya dengizlarida aysberglar boʻladi. Okeanning markaziy qismida 3–4 m qalinlikdagi qoʻp yillik muz (pak) maydonlari uchraydi.



Download 250.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling