Dunyo okeanlari


Download 250.87 Kb.
bet9/13
Sana26.02.2023
Hajmi250.87 Kb.
#1232662
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Dunyo Okeanlari

Hind okeani
Hind okeani janubiy yarmidagi oqimlar Atlantika va Tinch okeanlardagiga oʻxshash. Subtro-pik yuqori bosim taʼsirida soat millari harakatiga teskari yoʻnalishda aylanma oqimlar tizimi yuzaga kela-di: Janubiy passat, Madagaskar, Mozam-bik, Agulyas, Gʻarbiy Shamollar, Gʻarbiy Avstraliya oqimlari. Okean shimolidagi oqimlarga musson shamollari katta taʼsir koʻrsatadi. Qishda musson oqimining eng katta tezligi 2,1—2,9 km/soatdan oshmaydi, oʻrtacha yillik tezligi 3,6 km/soatga geng. Af-rikaning Shimoli-sharqiy qirgʻogʻi yaqinida Somali oqimi vujudga keladi. Suv qalqishi yarim sutkalik va notoʻgʻri sutkalik xususiyatga ega. Eng katta suv qalqishi Kambey qoʻltigʻida (balandligi 12 m) yuzaga keladi. Hind okeanining shimoli-sharqiy chekkalari kuchli seys-mik zona boʻlganidan sunami koʻp kuzatiladi.
Hind okeanida Janubiy Hind yuqori bosim markazi, Ekvatorial past bosim markazi, Osiyo materigidagi fasliy oʻzga-ruvchan bosim markazi havo qarakatlarini belgilovchi omildir. Qishda xavo bosimi Yevrosiyodan okean markaziga tomon pasayib boradi. Okeanning shimoliy qismida qishki musson shamollari esadi. Yozda Janubiy Osiyo minimumi markazi tarkib topadi. Janubiy Hind okeani maksimumi kuchayadi. Natijada janubidan shimolga shamol esadi. Yerning oʻz oʻqi atro-fida aylanishi natijasida bu shamol Shimoli-sharqqa burilib, yozgi mussonni tashkil etadi. Shamol tezligi 8–9 m/ sek. Janubiy Hind okeani yuqori bosimi 30° dan janubidagi kengliklarda boʻladi. Antark-tika yoni past bosimli markazga yil davomida tezligi 5 m/sek. boʻlgan doimiy gʻarbiy shamollar esadi. Baʼzan shamol tezligi kuchayib, dovulga aylanadi. Kergelen o. va uning yon atrofi dunyoda dovul eng koʻp boʻladigan joy hisoblanadi. Okeanda suv harorati qavo harorati oʻzgarishiga bogʻliq ravishda oʻzgaradi. Suvining temperaturasi yuza qismida 20°, eng janubida 0° dan past. Eng yuqori temperatura Qizil dengiz va Fors qoʻltigʻida kuzatiladi: 30—32°. Shoʻrligi shimoli-gʻarbiy qismida 35,5— 36%g, Qizil dengiz va Fors qoʻltigʻida 40—41’g, eng kam shoʻrlik Bengaliya qoʻltigʻi va Malayya o.lari atro-fida boʻlib, 30 — 34%g.
Hind okeanida muzlar hosil boʻlishi Antarktida yaqinida kuzatiladi va shamol hamda oqimlar taʼsirida avgustda 55° j.k. va fevralda 65—68° j.k.largacha yetib boradi. Aysberg 40 va 80° shq.u.larda ayniqsa koʻp.

Download 250.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling