Dunyo okeanlari


Download 250.87 Kb.
bet6/13
Sana26.02.2023
Hajmi250.87 Kb.
#1232662
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Dunyo Okeanlari

Atlantika okeani
Relyefi va geologik tuzilishi — Atlantika okeani tubidagi ulkan Oʻrta Atlantika tizmasi okeanning gʻarbiy va sharqiy qismlarga boʻlib turadi. Bu tizmadan gʻarb va sharq tomonlarda suv osti platolari, tizmalar va balandliklari bor. Balandliklar gʻarbda Labrador, Shimoliy Amerika, Gviana, Braziliya, Argentina va boshqa soyliklarni; sharqda Gʻarbiy Yevropa, Shimoliy Afrika, Gvineya, Angola, Kap, Agulyas soyliklarini; janubida Afrika-Antarktida soyliklarini ajratib turadi. Bu soyliklarning chuqurligi 3000 m dan 7200 — 7300 m gacha. Eng chuqur joylari 8385 m, 8428 m. Suv osti togʻlarining tepalari ayrim joylarda suv yuzasidan koʻtarilib turadi (Bermuda, Azor, Kanar, Yashil Burun, Fernandu-di-Noronya, San-Yelena, Tristan-da-Kunya o.lari va boshqalar). Okean tubidagi choʻkindilarning qalinlidagi baʼzi joylarda 800 — 1000 m ga yetadi. Tub jinslar materik yon bagarlarida chiqib qolgan. Chunonchi Oʻrta Atlantika tizmasi qirrasida bazalt va gabbro kabi jinslar uchraydi.
Hind okeani
Hind okeani botigʻi ancha yosh boʻlib, mezozoy erasida qad. Gondvana materigi (quruqligi)ning parchalanishi, quruqlik palaxsalarini siljib keti-shi, qad. Tetis va Tinch okeanlari Yer poʻstining parchalanishi natijasida 70—65 mln. yillar avval hozirgi shaklini olgan. Botiqning taraqqiyot tarixi hozirgi suv osti relyefida oʻz aksini topgan. Materiklarning suv ostidagi davomi okean maydonining 30% ga yaqinini tashkil etadi. Afrikaning suv ostidagi davomi shelfning en-siz ekanligiga qaramay, Agulyas sayozligi, Mozambik, Madagaskar suv osti togʻlari hisobiga ancha keng maylonni egallagan. Madagaskar suv osti doʻngligi va Madagaskar o.ni kichik konti-nent deyish mumkin. Zambezi daryosi quyilish joyidan Somali yarim orolgacha boʻlgan materik sayozligida marjon qurilmasi koʻp. Yevrosiyo shelfi ancha keng maydonni egallagan. Arabiston dengizi va Bengaliya qoʻltigidagi materik sayozligi, asosan, daryo choʻkindilaridan qosil boʻlgan. Hind okeanida oraliq mintaqa (materikdai okeanga tektonik oʻtish zonasi) uning Shimoli-sharqiy qismida nisbatan kichik masofada ifodalangan. Unga Andaman dengizi, Zond o.lari yoyi (Sumatra, Yava, kichik Zond o.lari), Yava, Timor, Kay botiqlari kiradi. Bu srda 30 dan ortiq vulkan mavjud. kuchli zilzilalar boʻlib turadi.
Hind okeanida okean oʻrtaliqtizmalari maydoni 17% ni gashkil etadi. Ular okean oʻrtasidan 3 yoʻnalishda davom etadi. Ara-biston, Gʻarbiy Hind, Afrika—An-tarktika, Arabiston — Hindiston, Markaziy Hind, Avstraliya—Antark-tika koʻtarilmalari Arabiston, Soma-li, Madagaskar, Mozambik, Agulyas, Kroze, Afrika—Antarktika, Markaziy, Janubiy Avstraliya, Avstraliya— Antarktika soyliklarini bir-biridan ajratib turadi. Okeanning eng chuqur joyi Yava botigʻidagi Zond novi, 7729 m.
Okean osti yotqiziqlari orasida foraminifera gili koʻp. Soyliklarning chuqur qismlarida chuqur suv qizil gillari, ekvatorial mintaqada radiolyariy gillari tarqalgan. Hind okeanida foydali qazilmalardan Markaziy soylikda temir-marganets konkretsiyalari, Afrika janubiy va Arabiston yarim orol yaqinida fosforit koʻp. Materik sayozligi qumlaridan ilmenit, rutil, sirkoniy, monatsit, magnetit ajratib olinadi. Kassiteritning sochma konlari bor. Qirgʻoqlarda qurilish materiallari: chigʻanoqli ohaktosh, shagʻal, qum, glaukonit, dolomit, ol-tingugurt olinadi. Hind okeani qavzasi, ayniqsa, Jan.-Gʻarbiy Osiyo neft va gazga boy. Okean shelf zonasida ham neft va gaz konlari topilgan.

Download 250.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling