Dunyo okeanlari


Hind okeani xaritasi (5-6-rasm)


Download 250.87 Kb.
bet4/13
Sana26.02.2023
Hajmi250.87 Kb.
#1232662
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Dunyo Okeanlari

Hind okeani xaritasi (5-6-rasm)
Hind okeani maydoni 76,17 mln. km², kattaligi jiqatdan 3-oʻrinda. Suv hajmi 282,7 mln. km\ oʻrtacha chuq. 3711 m, eng chuqur joyi 7729 m (Zond novi). Qirgʻoq chizigʻi ancha tekis, faqat shimoliy va Shimoli-sharqda egri-bugri joylar bor. Bu yerda qoʻltiq (Adan, Ummon, Fors, Bengaliya va boshqalar) va dengiz (Qizil, Andaman, Timor, Arafura va boshqalar) koʻp. Hind okeanida orol kam. Eng katta orollari — Madagaskar, Shri Lanka, Sokotra, Tasmaniya. Okeanning oʻrta qismida vulkan orollar: Maskaren, Qamar, Andaman, Nikobar, Kergelen va boshqa bor. Tropik mintaqalardagi suv osti vul-kan togʻlarida marjon orollar koʻtarilib turadi: Maldiv, Lakkodiv, Chagos orollari va boshqa
Hind okeani juda katta masofada Antarktida bilan tutashib tursada, boshqa okeanlarga nisbatan ancha iliq. Chunki janubiy tropik chizigʻi okeanning deyarli oʻrta qismidan kesib oʻtadi.
Shimoliy muz okeani


Shimoliy muz okeani (avvalgi nomlari: Shimoliy Qutbiy dengiz, Shimoliy Muz dengizi) — Dunyo okeanining bir qismi, Yevropa, Osiyo va Shim. Amerikaning shim. qirgʻoqlari oraligʻida. Sh.Shimoliy Muz okeani boʻgʻozlar orqali Atlantika va Tinch okeanlari bilan tutashgan. Maydoni boʻyicha okeanlar orasida eng kichigi, 14,75 mln. km², suvining hajmi 18 mln. km oʻrtacha chuq. 1220 m, eng chuqur joyi 5527 m (Grenlandiya dengizining shim.sharqiy qismida). Qirgʻoqlari Yevrosiyoning gʻarbida nisbatan baland, fordli, sharqida delta va laguna tipli, Kanada Arktika arxipelagida ancha past , tekis. Norvegiya, Barens, Oq, Kara,
Shimoliy muz okeani (7-8-rasm)
Laptevlar, Sharqiy Sibir, Chukotka dengizlari — Yevrosiyo; Grenlandiya, Bofort, Baffin, Linkoln dengizlari va Gudzon qoʻltigʻi Shimoliy Amerika materigi qirgʻoqlariga tutash. Sh.Shimoliy Muz okeani orollari soni boʻyicha Tinch okeandan keyin 2-oʻrinni egallaydi. Eng yirik orol va arxipelaglar: Kanada Arktika arxipelagi, Grenlandiya, Shpitsbergen, FransIosif Yeri, Novaya Zemlya, Severnaya Zemlya, Novosibirsk, Vrangel.



Download 250.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling