Dunyo okeanlari
Download 250.87 Kb.
|
Dunyo Okeanlari
Atlantika okeani
Atlantika okeanining gidrologik rejimi iqlim sharoitlari taʼsirida, qoʻshni okeanlar hamda Oʻrta dengiz suvlari bilan almashinib turishi, shuningdek tevarak-atrofdagi quruqliklar taʼsirida vujudga keladi. Atmosfera sirkulyatsiyasi taʼsirida okean yuzasidaga oqimlar subtropik va tropik kengliklarda antitsiklonal aylanma, shimoliy oʻrtacha va janubiy yuqori kengliklarda esa siklonal aylanma xarakat kiladi. Atlantika okeanining xarakterli xususiyati shundaki, bu yerda Golfstrim va uning davomi boʻlgan Shimoliy Atlantika oqimi gʻarbiy va shimoliy tarmoqlarga boʻlinib ketadi. Oqimlar okean yuzasi yutadigan quyosh issiqligini taqsimlab turadigan asosiy vositalardir. Atlantika okeanining 30° shahri k. bilan 30° j. k. orasidagi yuzasi quyosh energayasini koʻproq yutadi. Okeanning boshqa qismida esa issiklik atmosferaga oʻgib turadi. Iliq va sovuq oqimlar taʼsirida suvning temperaturasi kenglik zonalarida katta farq kiladi. 30° shahri k.dan shimda, gʻarbda temperatura sharqdagiga nisbatan 10° past boʻladi. 30° shahri k. bilan 40° j. k. orasida esa aksincha: bu yerda gʻarbda temperatura sharqdagiga nisbatan 5° yuqori. Suvning shoʻrligi suv balansiga bogʻliqdir: yiliga okean yuzasidan 1040 mm suv bugʻlanib ketadi, okean yuzasiga esa yiliga 780 mm yogʻin yogʻadi va quruklikdan 200 mm yogʻinga teng hajmda suv keladi. Tropik va subtropik kengliklarda yiliga 1640 — 1660 mm suv bugʻlanadi. Ekvatorda esa yiliga 1400 mm, 60° shahri k.da 780 mm, 60° j. k.da esa atigi 320 mm suv bugʻlanadi. Ekvatorga eng koʻp — yiliga 1770 mm yogʻin yogʻadi, 20° shahri k.da esa 640 mm, 20° j. k.da 270 mm yogʻin yogʻadi. Oʻrtacha kengliklarda esa yogʻin miqdori yiliga 1100- 1200 mm ga yetadi. Shunga kura tropik va subtropik kengliklarda suv ayniqsa shoʻr (37,25 ‰), ekvatorda 35 ‰, janubiy oʻrtacha kengliklarda 34 ‰ va Antarktida yaqinida 33,6 ‰ −33,8 ‰, shimoliy oʻrtacha kengliklar gʻarbida 32 ‰, sharqida 35,5 ‰. Atlantika okeanining yuza qavatida kislorod miqdori ekvatorda 4 l/m³, yuqori kengliklarda 7,5 l/m³ gacha. Suv koʻtari-lishi asosan har yarim sutkada takrorlanadi. Fandi qoʻltigʻida suv koʻtarilishi 18 m ga yetadi. Dunyo okeanida suv bundan baland koʻtariladigan joy yoʻq. Atlantika okeanining oʻrta qismida suv koʻtarilishi 1 m ga yaqin, qolgan joylarida 0,5 dan 2,2 m gacha. Koʻplab muz va aysberglar okeanning oʻrta qismiga Shimoliy Muz okeanidan oqib keladi. Muz hamda aysberglarning yetib boradigan oʻrtacha chegarasi taxminan. 40° shahri k.dan oʻtadi. Ayrim hollarda Atlantika okeanining janubiy qismida dengiz muzlari va aysberglar Antarktida materigi yaqinida va Ueddell dengizida hosil boʻladi. Noyabr-dekabr oylarida aysberglar ayniqsa koʻpayadi va okeanning oʻrta qismida 40° j. k.da, gʻarbiy va sharqiy qismlarida esa 35° j. k.da koʻplab aysberglar uchraydi. Download 250.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling