Dunyo okeanlari


Download 250.87 Kb.
bet11/13
Sana26.02.2023
Hajmi250.87 Kb.
#1232662
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Dunyo Okeanlari

4.Dunyo okeanida hayot
Tinch okeani
Tinch okeanining flora va faunasi juda boy va xilmaxil. 100 mingdan ortiq hayvon turi, 380 dan ortik, fitoplankton turi maʼlum. Shelf zonasida turlituman qoʻngʻir, fukus, laminar suvoʻtlar, mollyuskalar, chuvalchanglar, qisqichbaqasimonlar, ignatanlilar va boshqa organizmlar yashaydi. Tropik kengliklarda marjon riflari juda rivojlangan. Baliqlarning tropiklarda 200 turi, moʻʼtadil kengliklarda 800 turi mavjud. Shimoliy moʻʼtadil va janubiy yuqori kengliklarda sutemizuvchilardan dengiz mushugi, kashalot va boshqa, morj, laxtak, sivuch, qisqichbaqa, krevetka, ustritsa, boshoyokdi mollyuskalar juda koʻp. Tinch okeani faunasining aksari qismi endemik.
Atlantika okeani
Atlantika okeani oʻsimlik dunyosi juda xilma-xil. 100 m gacha chuqur boʻlgan qismi (okean tubining 2 %) suv tubi oʻsimliklari (fitobentos) qoʻngʻir, yashil va qizil suvoʻtlardan, shuningdek shoʻr suvda oʻsa oladigan gulli oʻsimliklar (filospadiks, zootera, poseydoniya)dan iborat. Atlantika okeanining 20° shahri k. bilan 40° shahri k. orasida va 30° gʻ. u. orasida Sargasso den-gizi joylashgan. Bu dengizda sargass deb ataladigan qoʻngʻir suvoʻtlar nihoyatda koʻp. Fitoplankton fitobentosdan farq qilib, okeanning 100 m li ustki qismida hamma joyda uchraydi, 40 — 50 m li ustki qismida esa ayniqsa koʻp. Fitoplankton bir hujayrali mayda suvoʻtlardan iborat. 1 m³ suvda 1 mg dan 100 mg gacha fitoplankton bor.
Atlantika okeanining hamma qismida hayvonlar bor. Tropiklarga tomon hayvon turlari xilma-xil boʻla boradi. Sovuq va moʻtadil mintaqalarda bir necha ming hayvon turi boʻlsa, tropik kengliklarda oʻnlarcha ming hayvon turlari bor. Sovuq va moʻtadil mintaqalarda sut emizuvchilardan kit va kurak oyoqlilar, baliqlardan seld, treskasimonlar, olabugʻasimonlar va kambalasimonlar xosdir, zooplankton orasida kurak oyokdi qisqichbaqasimonlar va baʼzan qanot oyokdi mollyuskalar koʻpchilikni tashkil qiladi. 100 dan ortiq hayvon turi bipolyar, yaʼni sovuq va moʻtadil mintaqalar uchun, tropiklarda esa uchramaydigan hayvonlar (tyulenlar, dengiz mushuklari, kitlar, kilka, sardina va boshqalar) xos. Atlantika okeanining tropik qismida kashalot, dengiz toshbakalari, qiskichbakasimonlar, akulalar, uchar baliklar, krablar, marjon poli-plari, ssifoid meduzalar, sifonofo-ralar, radiolariyalar yashaydi. Atlantika okeanining chuqur suv faunasi bulutlar, marjonlar, ninatanlilar, qisqichbaqasimonlar va boshqa dengiz hayvonlaridan iborat.
Hind okeani
Hind okeani 2 ta biogeografik oblastga kiradi. Hind—Tinch okean tro-pik oblasti va Antarktika oblasti. Hind— Tinch okean oblasti planktonga boy. Fitoplankton, asosan, diato-meya va peridineya, shuningdek, havorang-yashil suvoʻtlardan iborat. Radio-dyariy, foraminifera, amfipodalar ayniqsa koʻp. Moʻʼtadil va antarktika mintaqalarida eng koʻp tarqalgan planktonlar diatomeyalardir. Fitobentoslardan tropik mintaqada sargasslar, turbinariylar tarqalgan. Ohaktoshli suvoʻtlar marjonlar bilan birga marjon qurilmalarini hosil qiladi. Hind okeanining suzib yuruvchi jonivorlari ham juda xilma-xil. Baliqlardan sardinella, anchous, stavrida, mayda tuneplar, kefal. dengiz laqqa baliqlari bor. Tosh-baqa, dengiz ilonlari yashaydi. Sut emizuvchilardan kit, kashalot, delfin, tyulen, dengiz fillari mavjud. Qushlardai chayka, baklan, albatros, janubida pingvinlar yashaydi. Endemik hayvon koʻp: ignaterililar, mollyus-kalar, marjonlarning koʻp oilalari, baliqning 20 ta oilasi endemikdir. Antarktika oʻlkasidagi 90% baliq epdemik hisoblanadi.

Download 250.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling