Dunyo okeanlari
Download 250.87 Kb.
|
Dunyo Okeanlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Dunyo okeani suvlari Tinch okeani
Shimoliy Muz okeani
Shimoliy Muz okeani tubi geologik tuzilishiga koʻra 3 qismga: okeanning eng chuqur qismini oʻz ichiga olgan Arktika havzasi, Shimoliy Yevropa havzasi (Grenlandiya, Norvegiya, Barens va Oq dengizlar) va okean hududining 1/3 qismini egallagan materik sayozligida joylashgan dengizlarga (Kara, Laptevlar, Sharqiy Sibir, Chukotka, Bofort, Baffin) boʻlinadi. Sh.Shimoliy Muz okeani boshqa okeanlarga nisbatan sayoz. Materik sayozligi juda keng, okean tubi maydonining 50,3% ni egallaydi. Yevrosiyo shelf zonasi tubi relyefida suv osti koʻtarilmalari, botiqlari va novlari boʻlgan tekisliklar mavjud. Alyaska qirgʻoqlari boʻylab abrazivdenudatsion shelf choʻzilgan. Sh.Shimoliy Muz okeanining materik yon bagʻirlari nisbatan keng, zinapoyasimon, suv osti kanʼonlari bilan parchalangan. Baʼzi joylarda kengligi 150–300 km ga yetadi. Eng tor va tik Kanada materik sayozligi grabenlarning murakkab tizimi bilan parchalab yuborilgan. Okeanning markaziy qismida Gakkel, Lomonosov va Mendeleyev suv osti tizmalari bilan ajralgan bir nechta chuqur soyliklar: Nansen, Amundsen, Makarov, Kanada, Gʻavvoslar va boshqalar mavjud. Okean tubiga choʻkkan jinslarning qalinligi 1,5—2,5 km. Materik sayozligi terrigen, suv osti tizmalari va chuqur soyliklar gilli terrigen, materik yon bagʻri foraminifera mikrofaunali qumli balchiq choʻkindi jinslaridan iborat. 3.Dunyo okeani suvlari Tinch okeani Suvning shoʻrligi shimoliy va janubiy subtropik kengliklarda 35,5%o boʻlib, ekvatorga tomon kamayib boradi (34,5 %o) va shimoliy moʻʼtadil kengliklarda 30– 31 %oga kamayadi. Suv zichligi ekvatordan yuqori kengliklarga qarab bir maromda (1021 kg/sm³ dan 1027 kg/sm³gacha) oshib boradi. Tinch okeani suv sathining koʻtarilishi har yarim sutkada (Alyaska qoʻltigʻida 5,4 m, Oxota dengizida 12,9 m), Solomon orollari atrofida har sutkada takrorlanadi (bal. 2,5 m). Shamol taʼsirida kuchli toʻlqinlar, yer qimirlash taʼsirida sunami (50 m gacha) boʻladi. Muzlar Tinch okeanining shimoli-gʻarbiy (Bering, Oxota, Yapon, Sariq) dengizlarida va Alyaska qoʻltigʻi shimolida qamda Antarktida sohillari yaqinida hosil boʻladi. Muzlarning asosiy kismi va suzuvchi muzlar yuqori janubiy kengliklarda qishda 61—64° j.k., yozda 70° j.k.da koʻp boʻladi. Yoz oxirida aysberglar 46—48° j.k.da ham uchraydi. Tinch okeanining katta qismi subekvatorial, tropik, subtropik va moʻtadil iqlim mintaqalarida va qisman ekvatorial va subantarktika mintaqalarida joylashgan. Shimolidan janubga katta masofaga choʻzilganligi tufayli iqlimi ham xilma-xil. Tinch okeani ustidagi atmosfera sirkulyatsiyasi 4 ta asosiy atmosfera bosimi oblasti: Aleut minimumi, Shimoliy Tinch okean, Janubiy Tinch okean va Antarktida maksimumlariga bogʻliq. Okean ustida vujudga keladigan atmosfera sirkulyatsiyasi natijasida yuzaki oqimlar subtropik va tropik kengliklarda antitsiklonal, shimoliy oʻrtacha va janubiy yuqori kengliklarda siklonal aylanma harakat qiladi. Natijada tropik va subtropik kengliklarda shimoli-sharqiy, janubida janubi-sharqiy shamollar — passatlar (boshqa okeanlardagiga nisbatan kuchsizrok, va sharqida gʻarbdagiga nisbatan kuchliroq) hamda moʻʼtadil kengliklarda kuchli gʻarbiy shamollar esadi. Tropik mintaqalar gʻarbida tez-tez dovullar — tayfunlar boʻlib turadi. Tinch okeanining shimoliy qismida atmosferaning mussonli sirkulyatsiyasi hukmron. Havoning oʻrtacha temperaturasi ekvatorga yaqin joylarda fevralda 26—27°, avgustda 26—28°, Bering boʻgʻozida fevralda —20°, avgustda 6—8°, Antarktida qirgʻoklari yaqinida fevralda —10°, avgustda —25°. Tinch okeanida yogʻin miqdori suvning bugʻlanishiga karaganda koʻproq. Yillik oʻrtacha yogʻin ekvator yonida 3000 mm dan ziyod, oʻrtacha kengliklarning gʻarbida 1000 mm, sharqida 2000– 3000 mm, eng kam yogʻin subtropiklarning sharqiy chekkalarida yogadi (200–300 mm). Tinch okeanining shimoliy qismida iliq Shimoliy Passat — Kurosio va Shimoliy Tinch okean hamda sovuq Kaliforniya oqimlari aylanma oqimni keltirib chiqaradi. Shimolidagi moʻʼtadil kengliklarning gʻarbida sovuq Kuril oqimi, sharqida iliq Alyaska oqimi mavjud. Tinch okeani ekvatorial sirkulyatsiyasida Passatlararo ters oqimi muhim agʻamiyatga ega. Bu oqim Tinch okeanini gʻarbdan sharqqa qarab gʻarbda 150–300 m.sharqda 250 300 m chuqurlikda, 500600 km kenglikda kesib oʻtadi. Oqim tezligi 5,4 km/soat. Okeanning janubida Janubiy Passat, Sharqiy Avstraliya iliq oqimlari va Gʻarbiy Shamollar va Peru sovuq oqimlari antitsiklonal sirkulyatsiyani yuzaga keltiradi. Download 250.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling