Dunyo okeanlari


Download 250.87 Kb.
bet3/13
Sana26.02.2023
Hajmi250.87 Kb.
#1232662
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Dunyo Okeanlari

Dengizlar nomi

Maydoni ming km²

Maksimal chuqurligi m

Azov

40

14

Boltiq

423

459

Irlandiya

47

272

Karib

2777

7680

Lazarev

335

4500

Marmar

12

1261

Sargasso

6–7 mln.

6995

Shimoliy

565

809

O`rta

2505

5121

Skosh

1,3 mln.

5000

Ueddell

2910

5007

Qora

413

2211



Atlantika okeani orollarining koʻpchiligima-terikdan ajralib chiqqan boʻlib, qirgʻoqlar yaqinidadir (Buyuk Britaniya, Irlandiya, Nyufaundlend, Katta Antil va qisman Kichik Antil orollari, Kanar, Yashil Burun, Folklend orollari va boshqalar). Okeanning ichki qismida orol kam. Borlari ham vulqon orollaridir (Azor, San-Yelena, Tristanda-Kunya va boshqalar). Atlantika okeani tubidagi ulkan Oʻrta Atlantika tizmasi okeanning gʻarbiy va sharqiy qismlarga boʻlib turadi. Bu tizmadan gʻarb va sharq tomonlarda suv osti platolari, tizmalar va balandliklari bor. Balandliklar gʻarbda Labrador, Shimoliy Amerika, Gviana, Braziliya, Argentina va boshqa soyliklarni; sharqda Gʻarbiy Yevropa, Shimoliy Afrika, Gvineya, Angola, Kap, Agulyas soyliklarini; janubida Afrika-Antarktida soyliklarini ajratib turadi. Bu soyliklarning chuqurligi 3000 m dan 7200 — 7300 m gacha. Eng chuqur joylari 8385 m, 8428 m. Suv osti togʻlarining tepalari ayrim joylarda suv yuzasidan koʻtarilib turadi (Bermuda, Azor, Kanar, Yashil Burun, Fernandu-di-Noronya, San-Yelena, Tristan-da-Kunya o.lari va boshqalar). Okean tubidagi choʻkindilarning qalinlidagi baʼzi joylarda 800 — 1000 m ga yetadi. Tub jinslar materik yon bagarlarida chiqib qolgan. Chunonchi Oʻrta Atlantika tizmasi qirrasida bazalt va gabbro kabi jinslar uchraydi.
Atlantika okeani xaritasi (3-4-rasm)


Hind Okeani
Hind Okeani - kattaligi jihatidan dunyodagi uchinchi yirik okeandir. Yer maydonining taxminan 20% egallagan. Gʻarbdan Afrika va Arabiston yarimoroli, shimoldan Osiyo, sharqdan esa Hindiston yarimoroli, Zond orollari va Avstraliya bilan oʻralgan. Yuzasi Qırmızı dengiz va Fors koʻrfazi bilan birga 73,556,000 km², hajmi 292,131,000 km³-dir.


Hind okeani — Dunyo okeanining bir qismi. Shimoliy tropik chizigidan deyarli butunlay janubida. Okeanning tabiatiga uning atrofini oʻrab olgan barcha materiklar, ayniqsa, Yevrosiyo materigi katta taʼsir koʻrsatadi. Janubiy qismida Hind okeani Atlantika va Tinch oke-anlari bilan katta masofada tutashib turadi. Atlantika okeani bilan chegarasi shargli ravishda Afrika janubidagi Igna burni meridiani (20° shq.u.), Tinch okean bilan chegarasi Tasmaniya o.dagi Janubiy burun meridiani (147° shq.u.) orqali oʻtkaziladi. Okeanning Shimoli-sharqda Tinch okean bilan chegarasi murakkab: Malakka yarim oroldan Sumatra okean shimoliy qismiga oʻtadi, soʻngra Sumatraning janubi-gʻarbiy, Yava, Sumbava, Timor okeanlarining janubiy qirgoqlari boʻylab oʻtib, Yangi Gvineyaning gʻarbiy qirgʻogiga borgach, orolning janubiy qiryugʻi boʻylab oʻtib, Avstraliyaning Iork burni meridi-aniga, keyin shu meridian boʻylab Avstraliyaga boradi. Soʻngra Avstrali-yaning shim., gʻarbiy va janubiy qirgʻoqlari boʻylab oʻtib, Tasmaniya o.ga boradi. Shimolidan Osiyo, garbdan Afrika va janubidan Antarktida oʻrab turadi. Hind okeani Tinch okeandan farq qilib Yer poʻstining barqaror materik tuzili-shiga ega boʻlgan palaxsalari —- Gon-dvana materigi boʻlaklari bilan oʻralgan. Faqat Shimoli-sharqda yosh, tektonik geosinklinal mintaqa bilan chegaralangan. Bu yerda tektonik harakatlar kuch-li, yer qimirlashlar tez-tez boʻlib turadi.

Download 250.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling