Dunyo tillarining tasnifi


O'zbek adabiy tili, umumxalq o'zbek tili va shevalari


Download 47.09 Kb.
bet4/8
Sana17.06.2023
Hajmi47.09 Kb.
#1539998
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1405600947 55927

O'zbek adabiy tili, umumxalq o'zbek tili va shevalari


Adabiy til keng ma'noda tarixan shakllangan, so'z ustalari tomonidan qayta ishlangan. sayqal berilgan, jamiyatda kishi faoliyatining barcha tarmoqlari bilan uzviy bog'langan badiiy-publitsistik, ilrniy adabiyot tilidir.
.Sodda qilib aytadigan bo'lsak, ozbek adabiy til qonun-qoidalar asosida tuzilgan, o'zbeklar uchun namuna bo'ladigan, umumxalq tilining eng oliy shaklidir. Hozirgi o'zbek adabiyete tili O'zbekiston davlatlari hududida yashaydigan o'zbeklarnmg milliy tilidir. O'zbekiston ko'p millatli respublika. Unda 120 dan ortiq xalqlar va etnikguruhlar yashaydi.
O'zbek tilida so'zlashuvchilar soni jihatdan turkiy tillar oilasida usmoniy turklardan so'ng ikkinchi o'rinda turadi va 1996 yilgi ma'lumotlarga ko'ra 20 million. Rasmiy ma'limotlarga qaraganda 5 milliondan ortiq o'zbeklar Turkiya, Afg'oniston, Saudiya Arabistoni kabi xorijiy va Tojikiston. Qozog'iston. Qirg'iziston kabi hamdo'stlik mamlakatlarida istiqomat qiladi.
O'zbek adabiy tili, ya'm hozirgi milliy til umumxalq tilinmg eng yiiqori ko'nnishidir. U o'z tarixini bizning zamonamizgacha yetib kelgan eng qadimgi yozma yodgorliklar tilidan boshlaydi. Ammo adabiy til mezonlan hamma davr uchun bir xil bo'lmaydi. har bir davrmng o'z adabiy tili, mezonlari bo'ladi. Masalan. XV asr Navoiy davri eski o'zbek adabiy tilining fonetik, grammatik mezonlari orasida farqlar borligini yaqqol sezib turamiz.
Shu nuqtai nazardan o'zbek adabiy tili tarixiy taraqqiyoti O.Usmonov, A.Shcherbak, A.Aliyev, G'.Abdurahmonov kabi tilshunos olimlar tomomdan quyidagicha tasnif etilgan:

  1. Qadimgi turkiy adabiy til. V-X asrlar mobaynida amaldabo'lgan va unda qadimiy turkiy yozma (Urxun-Enasoy) kabiyodgorliklar yaratilgan.

  2. Eski turkiy adabiy til. XI-XIV asrning yarmigacha yozilganYusuf Xos Hojib "Qutadg'u bilig". Ahmad Yugnakiy "Hibat-ulhaqoyiq". Abdulg'oziy Bahodirxon "O'g'uznoma", Xorazmiy"Muhabbatnoma". Rabg'uziyning "Qissai Rabg'uziy" kabi buyukasarlari tilidir.

  3. Eski adabiy till. XIV-XVIII asrlarda rivojlanib, boyibtakomillashgan. shakllangan tildir. Bu tilda Lutfiy, Atoiy, Sakkokiy.Navoiy, Bobur kabi buyuk shoir va yozuvchilar ijod qilgan.

  4. Yangi o'zbek adabiy tili. Bu til XIX asrning ikkinchiyarmida shakllandi va unda Amir Umarxon, Nodirabegim.Muqimiy. Furqat Zavqiy kabi shoirlar qalamtebratdilar. Ana shudavrdan boshlab matbuot tili paydo bo'ldi.

  5. Hozirgi o'zbek adabiy tili. Bu til XX asrning 20-yillaridanshakllana boshladi. Bu davr tilini takomillashtirishda A.Qodiriy. Fitrat, Cho'lpon, Behbudiy, Avlomy, Oybek. H.Olimjon, G'.G'u-lom, A.;Qahhor kabi atoqli so'z ustalari beqiyos hissa qo'shdilar.


Download 47.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling