Dunyoning siyosiy xaritasini shakllanishi


Dunyoning siyosiy xaritasini shakllanishi


Download 129.5 Kb.
bet2/4
Sana16.06.2023
Hajmi129.5 Kb.
#1497869
1   2   3   4
Bog'liq
Dunyoning siyosiy xaritasini shakllanishi

Dunyoning siyosiy xaritasini shakllanishi.
Ma’lumki, dunyo siyosiy kartasi hozirgi holatga kelgunga qadar ko’p marotaba o’zgarishga uchragan. Asrimizning boshlarida (XX-asrni) dunyo siyosiy kartasini o’zgarishiga kuchli turtki bo’lgan omil I-jahon urushidir. Ikki harbiy siyosiy bloklar-“Antanta” va “Uchlar ittifoqi”ni bir-birlari bilan urushi I-jahon urushini keltirib chiqardi.
“Antanta” harbiy tashkiloti 1895-1907 yillari tashkil topgan bo’lib, unga Fransiya, Angliya, Rossiya va Serbiya kabi mamlakatlar kirgan.
“Uchlar ittifoqi” harbiy blokiga Germaniya, Avstriya-Vengriya, Italiya mamlakatlari kirgan bo’lib, bu harbiy blok 1882-yili tashkil topgan.
I-jahon urushi 1914 yili boshlanib 1918 yili tugagan. I-jahon urushi yillari Belorussiyani g’arbiy qismi, Ukrainani G’arbiy qismi hamda Moldaviya (Bessarabiya) Germaniya va Ruminiya davlatlari tomonidan bosib olindi va o’sha davlatlarni mustamlakasiga aylandi.
1917 yil Rossiyada Oktyabr revolyusiyasi ro’y berdi va revolyusiya g’alaba qozondi. Oktyabr revolyusiyasidan so’ng Rossiyada fuqarolar urushi alanga oldi.
Bu davrda birgina O’zbekiston hududi 3 davlatga bo’lingan bo’lib, ular:

1.Buxoro amirligi.


2. Xiva xonligi.
3. Qo’qon xonligi.
Mazkur amirlik va xonliklar 1917 yilgacha ularning qoldiqlari esa 1920 yilgacha hukmronlik qilgan. 1921-22 yillari ular butunlay tugatildi.
1922-yil 30 dekabr kuni dunyo siyosiy kartasida yangi davlat paydo bo’ldi. Shu kuni R.K.P (b) ning Butun ittifoq I-s’ezdida R.S.F.S.R, Ukraina, Belorussiya va ZSFSR birlashib SSSR ni tashkil qildi.
1936 yilgacha O’rta Osiyo respublikalari birin-ketin sobiq SSSR tarkibiga qo’shilib bordi.
1924 yil dunyo siyosiy kartasida 2-sosialistik davlat paydo bo’ldi. U MXR edi. Shunday qilib jahon mamlakatlari sosialistik va kapitalistik sistemaga bo’lindi.
II-jahon urushi dunyoni qayta taqsimlash va sosialistik sistemani yo’qotish uchun 1939 yil boshlandi. 1940 yil G’arbiy Belorussiya, G’arbiy Ukraina va Moldaviya SSSR tarkibiga qayta qo’shib qaytarib olindi.Shu yili Boltiq bo’yi respublikalari Latviya SSR, Litva SSR va Estoniya SSR lar tashkil topdi va SSSR tarkibiga qo’shildi.
1941-45 yillari SSSR-Germaniya urushi natijasida va Germaniyani engilishi munosabati bilan jahonda sosialistik sistema kengaydi va kuchaydi.
G’arbiy Yevropadagi Germaniya tomonidan bosib olingan bir qator davlatlar Germaniya zulmidan ozod etildi va sosialistik davlatlar qatoriga qo’shildi. Ular quyidagilar:
1.Polsha 5. Ruminiya
2.GDR 6. Bolgariya
3.Chexoslovakiya 7. Yugoslaviya
4. Vengriya 8. Albaniya.
1945-yil yapon militarizmini tor-mor keltirilishi (SSSR tomonidan) munosabati bilan va SSSR tazyiqi ostida Horijiy Osiyoda 5ta davlat sosialistik sistema qatoriga qo’shildi. Ular Quyidagilar:
1.Xitoy xalq respublikasi.
2.KXDR
3.Vьetnam
4.Laos
5.Kampuchiya (Kambodja)
1959-yil Amerika qit’asida ham sosialistik davlat paydo bo’ldi.Bu davlat Kuba respublikasidir. Shunday qilib jahon soqialistik sistemasida jami 16 ta davlat mavjud edi.
XX -asrning 2-yarmidan boshlab Afrika, Osiyo va Lotin Amerikasi mamlakatlarida milliy ozodlik harakatlari kuchayib ketdi. Bunday harakatlar ayniqsa Afrika qit’asida II-jahon urushida engilgan mamlakatlarning mustamlakalarida keskin tus oldi.Masalan: 1957 yilni o’zida Afrikada 20 ga yaqin davlat mustamlaka zanjirini uloqtirib tashlab ozodlikka erishdi. Shuning uchun 1957-yil Afrika mustaqillik yili deb e’lon qilingan.
Ma’lumki, I-jahon urushida Yer shari hususan, Afrika qit’asi o’sha davrdagi agressiv davlatlar Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Belgiya, Portugaliya, Ispaniya kabi davlatlar tomonidan bo’lib olingan edi.
Dunyoning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi - ijtimoiy ishlab chiqarishning hududiy taqsimot qonuniyatlarini, turli mamlakatlar va mintaqalarda rivojlanish va taqsimlanish sharoitlari va xususiyatlarini o'rganadigan ijtimoiy fan. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya o'zida geografiya, iqtisod, sotsiologiyaning elementlarini o'zida mujassam etgan bo'lib, u keng qo'llaniladi. turli usullar geografiya fanida ham, boshqa fanlarda ham tadqiqotlar. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning o`rganish predmeti muayyan ijtimoiy-tarixiy sharoitlarda ijtimoiy takror ishlab chiqarishning hududiy jihati hisoblanadi. Siyosiy xarita sifatida ishlaydi muhim vosita 10 va 11-sinflarda geografiya fanidan bilimlarni o'zlashtirish uchun. Dunyoning zamonaviy siyosiy xaritasida 230 dan ortiq davlat mavjud. Guruch. 1. Dunyoning siyosiy xaritasiHudud- bir qismidir yer yuzasi o'ziga xos antropogen va Tabiiy boyliklar, sharoitlar. Hududlar davlat, xalqaro va aralash rejimga ega. davlat hududi- davlat suvereniteti ostidagi yer yuzasining bir qismi. Davlat hududi tarkibiga quruqlik, ichki suvlar, hududiy suvlar va yer osti boyliklari kiradi. Hududiy suvlar - kengligi 3 dan 12 dengiz miligacha bo'lgan qirg'oq suvlari chizig'i. 1 dengiz mili - 1852 metr. Xalqaro rejimga ega hududlar- davlat hududidan tashqarida joylashgan hududlar. Bu yerdagi makonlar xalqaro huquqqa muvofiq barcha davlatlar umumiy foydalanishida. Masalan, Antarktida va koinot. Aralash rejimli hudud- bular Jahon okeanining hududlari, hududiy suvlardan tashqaridagi tubi. Maxsus hududiy rejimlar- bular har qanday hududdan foydalanish tartibini belgilovchi xalqaro huquqiy rejimlardir. 5. O'zini o'zi boshqarmaydigan hududlar O'zini o'zi boshqarmaydigan hududlar: 1.Koloniyalar. 2. Xorijdagi departamentlar yoki erkin aloqador davlatlar. Koloniya– qaram hudud, u xorij davlati (metropolis) hukmronligi ostida, mustaqil siyosiy va iqtisodiy hokimiyatga ega bo‘lmagan, alohida rejim asosida boshqariladi. Tinch okeanidagi kichik orol davlatlari bunga misol bo'la oladi. Mustamlakachi davlatlarni II-jahon urushida kuchsizlanishi va mag’lubiyatga uchrashi mustamlaka mamlakatlarida milliy ozodlik harakatlarini keskin tus olishiga sabab bo’ldi.
1990 yillarga kelib dunyo siyosiy kartasida kuchli o’zgarish ro’y berdi. Ular quyidagilar:
-GFR va GDR birlashib yagona Germaniya davlatini tashkil topishi.
-Varshava shartnomasi va O’IYOK tashkilotlarini tarqatib yuborilishi.
-SSSR ning parchalanib ketishi natijasida dunyo siyosiy kartasida 15 ta suveren davlatni paydo bo’lishi.
-Sosialistik tizimning emirilishi natijasida jahondagi sosialistik davlatlarni sosialistik sistemadan voz kechishi va suveren davlatlariga aylanishi.
-Chexoslovakiyani ikki davlat bo’lib parchalanishi. Chexiya-Praga, Slovakiya-Bratislava
-YUFSR dagi siyosiy ahvolni keskinlashuvi va o’zaro janglar natijasida 6 ta suveren davlatlar paydo bo’ldi. 2008 –yil fevral oyidan Serbiya tarkibidan Kosva avtonom o’lkasi ajralib chiqish arafasida turibdi.
Ular: Xorvatiya-Zagreb;
Bosniya va Gersogovina-Saraevo;
Makedoniya-Skope;
Sloveniya-Lyublyana
Serbiya - Belgrad
Chernogoriya – Podgoritsa
Kosva - Prishtina

-NATO ni yagona siyosiy ittifoqqa aylantirilishi.


Dunyo siyosiy kartasidagi o’zgarishlardan yana biri XX-asrning 2-yarmida bir qator mamlakatlarni nomi va poytaxtlarini o’zgarishidir. Bunday holatga ham ma’lum darajada sosialistik tizimning emirilishi, fan va madaniyat darajasining yuksalishi sabab bo’lmoqda. Davlat nomi va poytaxtlari o’zgargan mamlakatlar quyidagilar:

Eski nomi: Yangi nomi:


Yuqori Volta Burkina Fasa


Bogota Santa-Fe-De-Bogota
Fil suyagi qirg’og’i (Obidjon) Kot-D-Ivuar (Yamusukro)
Yashil burun orollari Kobo-Verde
Janubiy Rodeziya Zimbabve
Birma (Rangun) Myanma ( Yangon)
Vila ( Vanuatu) Port-Vila
Tarava ( Kiribati) Bayriki
Selinograd Ostona
Frunze Bishkek
Leningrad Sankt-Peterburg
Andorra Andorra-Le-Veliya



Download 129.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling