Dunyoqarash tushunchasi va mohiyati. Falsafaning asosiy yo’nalishlari. Ҳозирги вақтда компьютер«компьютер фалсафаси»


Download 203.15 Kb.
bet18/49
Sana22.12.2022
Hajmi203.15 Kb.
#1043674
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   49
Bog'liq
1-мавзу.docx

Qonun tushunchasi. Dunyoning mavjudligi ana shunday botiniy va zohiriy o’zgarishlarning abadiy takrorlanib turishidan iboratdir. Bu takrorlanishlar esa o’z mohiyati va xususiyatlarini saqlab qolganliklaridan qonun va qonuniyat tusini olgan.
Yuqoridagi fikrlarni xulosa qilib, qonunga qo’yidagicha ta’rif berish mumkin: Qonun olamdagi narsa va hodisalarning muhim, zaruriy, umumiy va takrorlanib turuvchi bog’lanishlari, o’zaro aloqalari va munosabatlarining namoyon bo’lishidir.Endi qonunning belgilariga to’xtalamiz:
- qonun turli-tuman aloqadorliklar, bog’lanishlardan faqat muhimlarini, ya’ni shunday bog’lanishlarni ifodalaydiki, bular olamning mavjudligi, o’zgarishlari va undagi narsa hamda hodisalarning mohiyatidan kelib chiqqan bo’ladi;
- qonun zaruriy bog’lanishlarni ifodalaydi, ya’ni tasodifiy bog’lanishlar, goh paydo bo’lib, goh yo’qolib ketadigan bog’lanishlarga asoslanmaydi.
- qonun narsa va hodisalarning umumiy bog’lanishlarini ifodalaydi.
Qonun nisbatan barqaror, takrorlanib turuvchi bog’lanishlarni (munosabatlarni) ifodalaydi, ya’ni bir safar yuz berib, ikkinchi safar yuz bermaydigan bog’lanishlarni qonun qamrab olmaydi. Masalan, 2001 yili qishdan keyin bahor kelib, 2002 yilda qishdan keyin birdaniga yoz kelishini tasavvur qilib bo’lmaydi. Chunki, bu tabiat qonuni — fasllar o’zgarishi qonuni doirasiga kirmaydi.
Tabiat qonunlari - obyektiv xarakterga ega, ya’ni u insonga ham, insoniyatga ham bog’liq emas. Biror kishi, hatto millatning irodasi bilan ham, tabiat qonuniga tub o’zgartirish kiritish yoki uni butunlay yo’q qilish mumkin emas. Chunki bu qonunlarning asosini tashkil qilgan bog’lanishlar, munosabatlar obyektiv xususiyatga ega.
Olamdagi har bir narsa va hodisa bir-birini taqozo qiladigan va shu bilan birga, bir-birini istisno qiladigan qarama-qarshi tomonlar birligidan iborat. Demak, voqyelik va o’zgarish jarayonida ayniyat va ziddiyatning bo’lishi ham odatiy hol. Masalan, issiq va sovuq, oq va qora, kecha va kunduz, elektrning musbat va manfiy zaryadlari, yaxshilik va yomonlik, adolat va jaholat va h. k. Qarama-qarshi tomonlar bir-birini inkor etadi va shu bilan birga biri ikkinchisini taqozo etadi, biri ikkinchisisiz mavjud bo’la olmaydi. Faraz qilaylik, magnitning manfiy zaryadi bo’lmasa, u holda ushbu narsa magnit bo’lolmaydi.
Qarama-qarshilik narsa, voqyea-hodisalarning bir-birini taqozo etuvchi va shu bilan birga bir-birini inkor etuvchi tomonlari, kuchlarining o’zaro munosabatiga aytiladi.
Qarama-qarshiliklar o’rtasidagi munosabatni ziddiyat degan tushuncha ifodalaydi. Ko’p hollarda ayniyat va tafovutning zidligi va ularning bir maxrajga kelishi, me’yoriy o’zgarishlar tufayli rivojlanish, taraqqiyot, yangilanish jarayonlari amalga oshadi. Taraqqiyot shu ma’noda ayniyat, tafovut va ziddiyatlarning paydo bo’lishi, rivojlanishi va hal qilinishidan iborat bo’lgan abadiy va azaliy murakkab jarayondir.
Sobiq Ittifoqning mafkurasi darajasiga ko’tarilgan marksizmda asosan ziddiyatga ko’proq e’tibor berilar edi. U mutlaqlashtirilar va jamiyatga ko’chirilib, asosan, antogonistik ziddiyatlar to’g’risida gapirilar va ularning yechilishi insoniyatni baxtli hayotga olib boradi, deya xayol qilinar edi. Holbuki, insoniyat paydo bo’libdiki, uning hayotida ayniyat va tafovut ham, ziddiyat va qarama-qarshiliklar ham mavjud bo’lib kelmoqda. Odamzod ziddiyatlar kamroq bo’lgan, kishilarning xilma-xil intilish va maqsadlari, bir-biridan farq qiladigan g’oyalari uyg’unlashgan, barqarorlik ustuvor bo’lgan jamiyatni qurish uchun bosh qotirib kelmoqda.
Anu shunday intilishlar fanda «konfliktologiya» (konflikt — ziddiyat, logos- ta’limot) deb ataladigan falsafiy yo’nalish paydo bo’lishiga olib kelgan. Bu soha bilan shug’ullanadigan olim va mutaxassislar konfliktologlar deb ataladi. Ular konfliktlarni keltirib chiqarish emas, balki ularning oldini olish va jamiyat uchun foydali tarzda hal qilish yo’llari va usullari ustida bosh qotirishadi.
Har bir ziddiyatning aniqlanishi, hal qilinishi o’zgarishga, yangilanishga, bir sifatdan ikkinchi sifatga, eskidan yangiga o’tishga sabab bo’ladi. Olam turli-tuman bo’lganligi uchun ziddiyatlar ham xilma-xildir. Masalan, ichki va tashqi ziddiyatlar, asosiy va asosiy bo’lmagan ziddiyatlar mavjud. Ular o’rtasida farq bo’lgani bilan birga, mutlaq chegara ham yo’q. Chunki amalda, hayotda ular bir-biriga o’tishi, birgalashib ketishi va taraqqiyotda turli xil o’rin tutishlari mumkin.

Download 203.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling