Dunyoqarash tushunchasi va mohiyati. Falsafaning asosiy yo’nalishlari. Ҳозирги вақтда компьютер«компьютер фалсафаси»


Jamiyatning moddiy va ma’naviy borlig’i


Download 203.15 Kb.
bet38/49
Sana22.12.2022
Hajmi203.15 Kb.
#1043674
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   49
Bog'liq
1-мавзу.docx

Jamiyatning moddiy va ma’naviy borlig’i

Jamiyat moddiy va ma’naviy omillar birligidan iborat. Hozirga qadar adabiyotlarda moddiy va ma’naviy hayot bir-biridan keskin farqlanar edi. Moddiy hayot tadqiqiga ko’proq e’tibor berilar. Holbuki, jamiyatning tub mohiyati uni tashkil etuvchi inson mohiyati bilan uzviy bog’liq. Xuddi inson tanasini uning ruhidan ajratib bo’lmagani singari, jamiyatning moddiy va ma’naviy jihatlarini ham bir-biridan ajratish va ularning birini ikkinchisidan ustun qo’yish mantiqqa ziddir. Birinchi prezidentimiz Islom Karimov asarlarida jamiyatning moddiy va ma’naviy manfaatlarini uyg’unlashtirish ijtimoiy taraqqiyot asosi ekani ta’kidlangan. Inson ma’naviyatini yuksaltirish orqaligina iqtisodiy rivojlanishga erishish mumkin. Shuning uchun ham hozirgi davrda aholi ma’naviyatini yuksaltirishga, milliy g’oya va mafkura asoslarini shakllantirishga katta e’tibor berilyapti. Zero, kishilar iqtisodiy jihatdan qashshoq bo’lgani uchun ilmsiz bo’lmaydi, balki, aksincha — ilmsiz bo’lgani uchun qashshoq bo’ladi. Shuning uchun yurtimizda xalq ma’naviyatini yuksaltirish orqali iqtisodiy farovonlikni ta’minlashga katta e’tibor berilyapti.
Ijtimoiy borliq moddiy borliq, sosial borliq va ma’naviy borliqni o’zichaga oladi. (ontologik yondashuv bo’yicha). Sistemali yondashuv bo’yicha inson faoliyati, ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy ong, qadriyatlar, ijtimoiy subyektlar, institutlar, regulyativ tizim ijtimoiy borliq qismlari hisoblanadi. Buyerda barcha yondoshuvlar, (ontologik, gnoseologik, sosiologik, aksiologik, praksiologik) yaxlitligicha qo’llaniladi.
Jamiyatning moddiy borlig’i strukturasini qo’yidagicha tasavvur qilish mumkin:

  • moddiy ishlab chiqarish, mehnat faoliyati;

  • ishlab chiqarish kuchlari;

  • moddiy munosabatlar;

  • odamlarning o’zlari, insonning moddiy borlig’i;

  • insonlar yaratgan narsalar;

  • insonning tana ehtiyojlari uchun zarur bo’lgan narsalar (sanitarii – gigiyena, medisina, ijtimoiy madaniyat, sport, dam olish, xordiq chiqarish, o’yin maskanlari, uy – ro’zbor busomlari va boshqalar).

Moddiy ishlab chiqarish ijtimoiy borliqning mavjudligini ta’minlab turuvchi determinantdir. Biz yuqorida antik falsafaning ontologik xatosini ko’rsatib, u borliqning yagona asosini topishga o’rinish ekanligini qayd qilgan edi. Ijtimoiy falsafada ham mutafakkirlar jamiyatning yagona asosini topishga uringanlar. Masalan, Platon, Aristotel, fransuzmaterialistlari, ma’rifatchilari, Gegel va boshqalar bunday asosini ma’naviy sohadan, ong, tafakkurdan izladilar. Tarixiy materializm asoschilari ijtimoiy borliqning yagona va belgilovchi asosi moddiy ishlab chiqarish ekanligini ta’kidladilar.
Ammo, ma’naviy determinizm ham, iqtisodiy determinizm ham biryoklamali nazariyalardir. Chunki ijtimoiy borliq ko’p qismli, ko’p omilli, ko’p sifatli geterogen, aynan zamonda yaxlit tizimdir, va uni ma’naviyatga yoki iqtisodiyotga bohlab qo’yish metodologik va nazariy jihatdan noto’g’ridir. Ijtimoiy borliq turli nisbatlarda o’zining turli tomonlarini namoyon qiladi. Bir holatda iqtisod, boshqasida tafakkur, yana boshqasida siyosat, va hakazolar oldinga chiqishi mumkin. Buning ustiga ong faoliyat jarayonida moddiylashadi, aksincha moddiy narsa in’ikos jarayonida subyektiv obrazga aylanadi.
Moddiy ishlab chiqarishning o’zagini mehnat faoliyati tashkil etadi. Mehnat jarayonida kishilar mehnat qurollari vositasida tabiatga ta’sir qilib, uni o’zgartirib o’zlari uchun zarur bo’lgan narsalarni yaratadilar. (oziq – ovqat, kiyim - kechak, uy – joy, transport va texnik vositalar). Mehnat jarayonida inson tabiiy obyektlarning strukturasini, shaklini, ximik, fizik, biologik xossalarini o’zgartirib o’z ehtiyojlariga moslashtiradilar. Demak, inson ishlab chiqarish vositasida ham tabiatga moslashdilar, ham tabiiy muhitni ijtimoiy borliqqa moslashtiradilar1 ham o’z extiyojlarini qondiradilar, va o’zlarini takror ishlab chiqaradilar. Insonning o’zi, borlig’i ham mehnat jarayonida shakllanadi. Buyerda barcha narsa moddiy xarakterga esa odamlar, mehnat qurollari, mexnat predmetlari, mexnat faoliyatidagi biopsixofiziologik omallar, barii moddiy hodisalardir.
Hozirgi zamonda mehnat faoliyati turlari juda ko’p 2000 dan ortiq kasb bor, hozirda 2 mln. narsa ishlab chiqariladi (oddiy ignadan tortib kosmik kemagacha). Bular ham faqat moddiy buyumlar. Ma’naviy ehtiyojlar uchun ishlab chiqariladigan narsalarning esa san – sanog’i yo’q.
Moddiy ishlab chiqarish ma’naviy ishlab chiqarishining moddiy bazasini yaratib, beradi (binolar, texnika, texnologiya, ashyolar, qog’ozdan tortib kompyutergacha, qalamdan tortib chop qilish mashinasigacha), san’atkor allomalarni moddiy ta’minlaydi va hakazo.
Moddiy ishlab chiqarish usuli deganda nima ishlab chiqariladi degan masala turmaydi, balki qanday ishlab chiqariladi degan masala ko’ndalang bo’ladi2. Ibtidoiy jamoada teng mehnat va teng taqsimot, quldorlikda qul mehnatini noiqtisodiy ekspluatatsiya qilish, feodalizmda krepostnoy mehnatini yarim noiqtisodiy ekspluatasiya qilish, industrial jamiyatda yollanma mehnatdan foydalanish usuli mavjud edi.
Hozirgi zamonda mehnat faoliyatining menedjer, marketing, ishbilarmonlik, tadbirkorlik singari turlari, ayniqsa xizmat ko’rsatish shakllari keng tarqalmoqda.
Moddiy ishlab chiqarishning muhim qismi bu ishlab chiqaruvchi kuchlardir. Ishlab chiqaruvchi kuchlar ikki asosiy qismga bo’linadi: 1) ishlab chiqarish vositalari (moddiy resurslar) va 2) ishchi kuchi (mehnat resurslar).
Ishlab chiqarish vositalariga mehnat predmetlari (ham Osiyo yoki yarim xam aliyo, turlari materiallar yog’och, temir, neft va xokazo) mehnat qurollari (texnika, kompyuter, sabab - uskunlar) benolar, inshotlar, zavod, fabrikalar; energetik resurslar; maliyaviy resurslar, transport va aloqa vositalari.
Ishchi kuchi muayyan mehnat faoliyati uchun zarur bo’lgan: professional – texnik. Daraja, biopsixofiziologik qobiliyat va umumiy madaniyat sivilizasiyasiga ega bo’lgan shaxs va shaxslar guruhidir.
Texnologiya esa moddiy va mehnat resurslarini birlashtirish, tabiatga ta’sir qilish, uni o’zgartirib, mahsulot ishlab chiqarish usuli va vositalaridir. Bu ish hozirda menedjer dimmasiga yuklatiladi
Texnologiya borliqni o’zgartirish usulidir. Masalan, metallni kesish arra, avtogen yoki lazer usuli bilan amalga oshirilishi mumkin va har bir holatda sifat jihatdan farq qiluvchi natijaga erishish mumkin. Yoki bolani urib tarbiyalash va tushuntirib tarbiyalashda ham turli natijada olish mumkin (tarbiya texnologiyasi). Xokimiyatga turli o’sullar bilan erishish mumkin, demokratik saylov, harbiy davlat jo’ntarish, manipulyasiya (siyosiy texnologiya). Moddiy texnologiya bu tabiiy borliqni o’zgartirish usullari bo’lib texnika o’zgarashi bilan o’zgaradi. Hisoblash texnikasi: Misrda chut ishlatilgan dastlabki mexanik hisoblash apparati XX asr boshada, dastlaki EHM va kompyuterlar XX asrning o’rtalarida paydo bo’ldi va har safar hisoblash texnologiyasining tubdan o’zgarishiga olib keldi. Yuqori iyexnologiya ya’ni kosmik sistemalar, robotexnika, sun’iy intellekt, kompyuter, internet lazer, lazerlar biotexnologiya, mikrodinamika va boshqalar hozirgi zamonda keng tarqalmoqda.
Ammo, insoniyat texnologiyasi ochiq, chiqindili texnologiya bo’lib qolmoqda. Har yili 100 mlrd. tonna ham Osiyo qazib olinib, undan otigi 1 mlrd. tonna tayyor mahsulot ishlab chiqiladi, qolganiatmosfera, gidrosfera, geosferega tashlanadi1. Biosfera yopiq texnologiya mavjud, usimliklar chirib gaz, neft. Ko’mirga oshlanadi yoki hayvonlarga yem buladi, hayvonlar o’lib kimiyoviy moddalarga ajralib ketadi, ular yerni o’g’itlaydi va hokazo.
Odamlar ham yopiq texnologiyani ishlab chiqmoqda (masalan oqovo suvlarni qayta ichimlik suviga aylantirish), ammo u goqda ximmat turadi, hozirdi bunday texnologiya 0,08 foizni tashkil qiladi xolos.
Moddiy borliqning muhim qismi moddiy munosabatlardir. Moddiy munosabatlar narsalar atrofida yuz beradi, predmetsiz munosabat aqlga sig’maydigan hodisa. Moddiy munosabatlar amalda manfaatlar shaklida namoyon bo’ladi. Ular mushtarak kechmaydi balki ziddiyatli yuz beradi, (nizolar manbai) konfliktologiya).
Moddiy munosabatlar amalda faoliyat va uning maxsulotlarini olishish tarzida yuz beradi. Moddiy munosabatlar obyektiv tarzda, ongimizga bog’liq bo’lmagan xolda mavjud bo’luvchi ijtimoiy borliqning bir qismidir. Xishilar qanchalik ongli moddiy munosabatlarga kirishmasinlar uning natijasi obyektiv voqyelik tarzda tashkil topadi.
Moddiy munosabatlar kuyidagi (strukturaga) ega:

  • ishlab chiqarish munosabatlari;

  • mulkiy munosabatlar;

  • ayriboshlash;

  • ayriboshlash;

  • taqsimot;

  • iste’mol.

Ishlab chiqarish munosabatlari 1) texnika – texnologik; 2) funksional; 3) iqtisodiy munosabatlarga bo’linadi.
Texnika – texnologik munosabatlar texnika va texnologiyadan foydalanish, mehnat jarayonidagi munosabatlardir.
Funksional munosabatlar ishlab chiqarishda har bir subyektning vazifasini bajarishi bo’yicha aloqalarni tasniflaydi.
Iqtisodiy munosabatlar esa yaratilgan ne’matlarga egalik qilish, taqsimlash, ayriboshlash, iste’mol qilish atrofida yuz beradi.
Moddiy munosabatlarda mulkiy munosabatlar dominant xarakterga ega. Mulkiy munosabatlar qolgan iqtisodiy munosabatlar, taqsimot va iste’mol xarakterini belgilab beradi.
Mulk turlarining tarixiy klassifikasiyasi uncha ko’p qirrali emas. Ibtidoiy mulk urg’ jamiasi mulki va tong maqsimchimis, xususiy mulk (kuldorlik, feodalizm; kapitalizm), aralash mulk (davlat, xususiy, kooperativ sektorlar) turlari mavjud1. O’zbekistonda mulkchilikning turli xillari: davlat, xususiy, aksionerlik, qo’shma. Fermer tipidagi turlari tashkil topmoqda.
Taqsimot sohasidagi kishilar o’rtasidagi munosabatlar moddiy borliqdagi eng ziddiyatli sohadir. Ko’pchilik nizolar aynan taqsimot negizidan kelib chiqadi. Taqsimotning tarixiy uch yirik turi mavjud: tong taqsimotchilik (urug’lilik va sosializmda), noiqtisodiy zo’ravonlikka asoslangan taqsimot (quldorlik va feodalizm), mehnatning miqdori va sifatiga qarab taqsimlash (industrial va postindustrial jamiyatlarda). Taqsimot richachi davlat qulida bo’lganligi uchun, taqsimot uning xarakteriga bog’liq. Avtoritar va totolitar rejimlarda hokimiyatdagi guruh bevosita xazinaga yo’llari ochiq, ular milliy boyliklarni o’zlashtirish va adolatsiz taqsimotni zo’ravonlik bilan o’rnatishlari mumkin va bu ularning o’lishini tayyorlovchimanbadir. Demokratik rejim va bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyatlarda uchinchi tip taqsimot o’rnatilgan.
Ayriboshlash deganda faqat tovarlar almashinishi va aylanishini tushunmaslik kerak. Keng ma’noda ayriboshlash faoliyat, va faoliyat natijalari (tovar, tuye, informasiya, buyumlar va hokazo) almashinuvi jarayonidir. Tor ma’noda tovarlar almashinishi ayriboshlash deb tushuniladi. Bozor – bu tovarlar ayriboshlanadigan, oldi – sotti qilinadigan joy.
Ayriboshlash mehnat taqsimoti natijasida yuzaga keladi. Bu hodisa neolit davrida natural ayriboshlash shaklida paydo bo’ldi. Bozorlar esa eneolit davrida dastlab Misrda juda kelganligini piramidalardagi tasvirlardan bili bolsa bo’ladi. Dastlabki birjalar Niderlandiyaning Bryugge shahrida 1609 yilda paydo bo’ldi. Hozirda fond birgalari (xam – osiyo ishlab chiqarish vositalari sotiladi). Tovar birjalari, mehnat birjalari (ish kuchi sotiladi va sotib olinadi). Dastlabki banklar XVII asrda paydo bo’lib, hozirda kuchli tarmoqlangan tizimga ega.
Iste’mol munosabatlari taqsimotga bog’liq. Iste’mol vositalari ikki qismga bo’linadi: a) ishlab chiqarishiste’moli uchun zarur bo’lgan narsalar (ham - osiyo, texnika, asbob uskunlar, binolar); b) shaxsiy iste’mol uchun zarur bo’lgan narsalar (oziq – ovqat, kiyim – kechak, uy – joy, transport va aloqa vositalari, ust: ro’zg’or buyumlari va hokazo). Iste’mol darajasi ishlab chiqaruvchi kuchlar, taqsimot xarakteri, mehnat unumdorligi bilan bog’liq. Mamlakat boy bo’lishi mumkin, ammo taqsimot adolatsiz bo’lsa, bir qism kishilar boy, kupchilik kismi shaklida yashashi. Mumkin. Shuningdek ishlab chiqaruvchi kuchlar zaif bo’lsa ham kishilar qilimoq yashaydilar. Xususan, 25 industrial mamlakat boy yashayotgan bir paytda Osiyo va Afrika mamlakatlarida yiliga 3 mln. kishi ochlikdan o’lmoqda 300 mln. kishi och, 1,5 mlrd. kishi kun kechirmoqda1.
Jamiyatning ma’naviy borlig’i ijtimoiy ong va uning shakllari, ma’naviy ishlab chiqarish va taqsimot, siste’mal, ma’naviy faoliyat va ma’naviy munosabatlar, ma’naviy qadriyatlarni o’z ichiga oladi. Shuningdek, u ongning obyektivlashgan qismi – axloqiy qoidalar, huquqiy normalar, diniy aqidalar, badiiy asarlarni ham qoirot oladi.
Ijtimoiy ong ijtimoiy borliqning subyektiv in’ikosi bo’lsada, uning bir qismi hamdir, chunki u ham bor va mavjud. R,Dekartning «kodsyu yechdo sim» fikrlayapman demak mann mavjudman «iborasi» shunga mos keladi. Lekin, moddiy borliqning mavjudligini shubha ostiga qo’yish yaramaydi.
A.K.Uledov ma’naviy hayotni 1) ma’naviy faoliyat, ishlab chiqarish; 2) ma’naviy ehtiyojlar; 3) ma’naviy munosabatlar va 4) ma’naviy munosabatlarga bo’ladi1. Negadir muallif ma’naviy subyekt va ma’naviy qadriyatlarni Ushbu strukturaga kiritmagan.
Xulosa qilib, ma’naviy borliq qismlarini quyidagicha tasavvur qilish mumkin:

  • ma’naviy ishlab chiqarish;

  • ma’naviy ehtiyojlar;

  • ma’naviy iste’mol;

  • ijtimoiy ong va uning shakllari2;

  • ma’naviy faoliyat subyekti;

  • ma’naviy qadriyatlar.

Ma’naviy borliq bilan ma’naviyat bir emas. Ma’naviyat – insonning ichki dunyosi, harakat sotoviga aylangan qadriyatlar. Ma’naviy borliq esa keng ma’noga ega bo’lib, shaxsning ichki ruhiy dunyosiga aylanmagan hodisalarni ham qamrab oladi. Masalan, balet mening ichki ma’naviy dunyomga aylanmagan ya’ni mening ma’naviyatimga aylanmagan bo’lsa ma’naviy borliqning bir ko’rinish sifatida mavjud.
Ko’pincha falsafada ma’naviy hayotni ijtimoiy ong, bilan cheklab qo’yish hollari uchraydi. Ijtimoiy ong ma’naviy borliqning asosiy qismi bo’lsada uning to’liq qamrab ola olmaydi. Umuman ongning o’zi hyech narsa qila olmaydi, u faqat faoliyat orqaligina voqyelashadi, qadriyatlar yaratadi.
Bilimlar ham ma’naviy borliqning bir qismidir. Bilish ongli maqsadga mujassamlanib yo’naltirilgan in’ikos jarayonadir. Bilish informasiya qabul qilishdan boshlanadi, uning natijasi bilimlardir.
Ruh masalasi munozaralidir. Hodisalarda ruh haqidagi bilim yaratgangagina ayondirdeyiladi1. bxagavat – gita ruh soch otolasining mingdan biricha qismiga to’g’ri keladigan zarrachadir deyiladi2. falsafada ruhga his – tuyg’ular, emosiyalar, tafakkur, dunyoqarash, umuman kishilarning ichki ma’naviy dunyosi sifatida qaraladi. Diniy qarashlarda ruh xudo tomonidan berilgan va tana o’lgandan so’ng ruh mavjud degan kreativ aqida mavjud. Ilmiy qarashlarda ruh, ma’naviy jarayonlar miya funksiyasi bo’lib, tana o’lgach uning funksiyasi bo’lgan ong, ruh ham yo’qaladi degan postulat mavjud. Demak, kishilarda tanlash erkinligi mavjud, kimki diniy ta’limotni qabul qilsa ruhning abadiyligiga ishonadi, kimki funksional qarashni qabul qilsa ruhning o’tkinchiligiga ishonadi. Ammo, qaysi qarash qabul qilinmasin ruh, insonning ma’naviy dunyosi ijtimoiy borliqning o’ziga xos sohasidir va uning mavjudligini inkor qilib bo’lmaydi.
Hozirgi zamonda potensial, aktual, perspektiv borliq bilan birga virtual olam haqida fikr yuritilmoqda.
Virtual borliq haqidagi tasavvurlar jamiyatga xosdir, tabiat vertual narsalarni yaratmaydi.



Download 203.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling