Dunyoqarash tushunchasi va mohiyati. Falsafaning asosiy yo’nalishlari. Ҳозирги вақтда компьютер«компьютер фалсафаси»


Internet tizimi va uning insoniyat hayotidagi ahamiyati


Download 203.15 Kb.
bet41/49
Sana22.12.2022
Hajmi203.15 Kb.
#1043674
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   49
Bog'liq
1-мавзу.docx

Internet tizimi va uning insoniyat hayotidagi ahamiyati. Bugungi dunyo mislsiz ko’lamdagi axborotlar oqimining bosimi ostida yashamoqda. Insoniyat hayotining barcha sohalari uning asosiy strukturaviy elementi bo’lgan internet tizimi bilan qamrab olingan. O’tgan asrning 80-yillari o’rtalariga kelib ko’pgina mamlakatlar axborot rivojlanishi yo’liga - Internet, multimedia, kosmonavtika, OAV, rivojlangan sim o’tkazuvchi, uyali, radio va sun’iy yo’ldosh aloqasiga asoslangan axborot tizimiga o’tdilar. Shuni ta’kidlash kerakki, bugungi dunyoda axborot texnologiyasida sifat jihatidan ham juda muhim o’zgarishlar yuz bermoqda. Agar birinchi kompyuterlar 30-yillarda elektromexanik rele asosida hisoblash maqsadida foydalanilgan bo’lsa, 60-yillardagi ikkinchi avloddan boshlab kompyuterlar yarim o’tkazgichli tranzistorlardan foydalanib tayyorlanmoqda. Ilgari bu komp’yuterlar bir-biri bilan juda yaqin masofada bog’langan bo’lsalar, endilikda dunyoning xoxlagan nuqtasidagi komp’yuter boshqa joydagisi bilan bemalol bog’lanishi mumkin. Komp’terlararo uzatilayotgan xabar esa oddiy yozishma, shaxsiy maktub yoki insoniyat va xalqlar taqdiriga xavf solayotgan terroristik harakatlar dasturi bo’lishi ham mumkin.
Kompyuterlarning beshinchi avlodi hatto intellektual vazifalarni ham yechishga qodir. Kompyuterlarning oltinchi va yettinchi avlodlari har birining prosessorida 80 – 100 million tranzistor bo’lib, har soniyada 2 milliardgacha vazifani bajara oladi. Ular bugungi kunda butun dunyo bo’ylab ro’y berayotgan voqyealar oqimiga mos holda axborotlarni Internet tarmog’i orqali tarqatmoqdalar.
«Washington Profil» axborot mahkamasining tahliliga qaraganda, 2003 yilda jahon miqyosida 130 million yangi internet foydalanuvchilari qayd etildi. Jami internetdan foydalanish imkoniyati 620 million kishiga nasib qildi. Masalan, Hindistonda internet tarmog’idan foydalanuvchilar 136 foizga, Braziliyada deyarli 79 foizga ko’paygan. Yaponiya esa, texnik mo’jizalari bilan dunyoni zabt etayotir. Xalqaro so’zlashuv hajmi ham sezilarli oshgan. O’tgan yili bu so’zlashuv 135 milliard daqiqani tashkil etgan. Bu har bir kishi 21 daqiqa gaplashdi degani. Shuningdek 2003 yilda ilk bor dunyoda mobil telefon abonentlari soni oddiy telefon abonentlar sonidan oshib ketdi.1
Bir qarashda axborotlar dunyosidagi aloqa tizimi bo’lgan internetning bilish falsafasiga tegishli tomoni yo’qqa o’xshab tuyuladi. Ammo aynan ana shu tizim insoniyat hayoti va aloqalari tuzilmasida katta inqilobiy o’zgarishga olib keldiki, hozircha mutaxassislar asosan uning axborot almashuv funksiyasiga ko’proq e’tibor bermoqdalar. Faqat keyingi yillardagina internet tarmog’i nihoyatda tezlik bilan tarqalayotgan g’oyalar oqimi ekanligi, uning ta’siri bilan bog’liq masalalarga e’tibor qaratilmoqda.
Bu yangi texnologiyadan insoniyat jamiyati taraqqiyotini jadalashtirish emas, balki uning taraqqiyotiga to’sqinlik qilish maqsadida foydalanish holatlari ham mavjud. Bunga kiberterrorizm yaqqol misol bo’la oladi. Kiberterrorizm (kiber urush)- kompyuter va internet tizimlariga hujum ma’nosini anglatadi. Bu xodisa 1990 yillarda birinchi marta sodir etilgan. Uning maqsadi muayyan hujjatlar Biron-bir kompyuterda saqlanganligini hisobga olib, uning faoliyatida uzilish hosil qilish bo’lsa, ikkinchidan, muhim axborotlarni yo’qotish hisoblanadi. Masalan, 1997 yil avgustida kiberguruhlar Shri-Lanka davlatining «Qora tigrli internet» nomli elektr pochtasiga hujum qilganlar, 1998 yil may oyida xakkerlar xindlarning yadroni sinab ko’rishiga qarshilik qilib, Badha shahridagi Xind atom tadqiqotlari markazining kompyuterdagi qayd daftarchasini hamda elektron pochtasini yo’q qilishgan. 2003 yilda birgina Kanada davlatida turli mahkama va tashkilotlarning komp’yuter zahirasiga 442ta ana shunday xurujlar bo’lgan. Ko’p hollarda bunday hatti-harakatlar banklarga qaratilgan bo’lib, ba’zida xakkerlar mo’maygina pul ishlab olgan hollar ham sodir bo’lmoqda.
Shuningdek, kiberterroristlar o’zlarining ba’zi buzg’unchi g’oya, maqsad va vazifalarini tarqatishda internetdan ham foydalanishmoqda. Muayyan mafkuraviy poligonlarning muttasil tarqatilgan axborotlaridagi yovuz va zararli g’oyalar oqimi, teleekranlar orqali doimiy nomoyish etiladigan jangari filmlar, bolalarga mo’ljallangan buzg’unchi g’oyalar asosida ishlangan o’yinlar, kompyuter tarmoqlari dasturlarini ishdan chiqaradigan «virus» larni tarqatish bunga misol bo’ladi.
Ana shu sababdan ham bugungi kunda mamlakatimizning milliy xavfsizligini ta’minlash, xalqimizning barcha qatlamlari, ayniqsa yoshlar qalbi va ongida bunyodkor g’oyalarga ishonch va e’tiqod tuyg’usini shakllantirish nihoyatda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu borada Vatan ravnaqi, Yurt tinchligi, aholining ma’naviy kamoloti uchun mas’ul bo’lgan barcha davlat va jamoat tashkilotlari, oila, mahalla va ommaviy axborot vositalarining faoliyatini uyg’unlashtirish hozirgi davrning eng dolzarb vazifalaridan biriga aylanib bormoqda.



Download 203.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling