Dunyoqarash tushunchasi va mohiyati. Falsafaning asosiy yo’nalishlari. Ҳозирги вақтда компьютер«компьютер фалсафаси»


Download 203.15 Kb.
bet30/49
Sana22.12.2022
Hajmi203.15 Kb.
#1043674
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   49
Bog'liq
1-мавзу.docx

Eklektika
Eklektika hyech qanday bilim faoliyati bilan bog’lanmagan, bir-biriga zid dalillarga asoslanadi va olamni buzib yolg’on aks ettiradi. U bilim tizimi rivojidagi yo’nalish, u hyech qanday yagona nazariy asosga ega emas va ba’zida obyektni o’rganishning ziddiyatli jihatlarini xarakterlovchi bilim elementlaridir.
Metodologik usul sifatida eklektika birinchi marta qadimgi yunon falsafasida paydo bo’ldi va iqtiboslarga asoslangan o’rta asr sxolastik bahslarida, yangi davr XV-VIII asrlar falsafiy bahslarida keng foydalanildi. U hozirgi davrda ham reklama va tashviqotda, ommaviy kommunikasiya tizimida qo’llanilib, inson psixikasidagi an’analar, ko’nikmalar, intilishlarni bo’rttiradi. Bunday usulning bema’niligini Suqrot va Aristoteldan boshlab, hozirgi davr mutafakkirlarigacha tanqid qiladilar. Ammo bu undan foydalanilmaslikni anglatmaydi. Eklektika olam, narsa va hodisalarning bir butunligini, umumiy asoslarini parchalab tashlash uslubiga tayanadi.


Sinergetika
Hozirgi zamon fanida sinergetika metodi keng qœllanilmoqda. Sinergetika so’zi yunoncha ("sinergena") bo’lib, kelishuv, hamkorlik, o’zaro ta’sir kabi ma’nolarni anglatadi. German Xakenning fikricha, sinergetika ko’p qismlardan iborat bo’lgan, o’zaro murakkab aloqadorlikdagi komponentlar tizimini o’rganadi. Bu so’zni Xaken hamkorlikdagi harakat bilib, butunning tizim sifatida aks etuvchi qismlarining kelishilgan faoliyati ma’nosida talqin qiladi.
Barcha ta’limotlar paydo bo’ladi, rivojlanadi va, nihoyat, eskiradi. Xaken sinergetikasi ham vorisiylikka asoslangan. Uning davomi bo’lgan I. Sherring gonning sinergetik uslubi, S. Ulamning sinergiyasi, I. Zabusskiyning sinergetik yo’nalishlari ana shular jumlasidandir.
I. Sherringgon sinergetik yoki integrativ tafakkurni muskullar harakatining boshqaruvida (orqa miya) asab sistemasidagi kelishilgan ta’sirni izoxlash usulidir, deb tushunadi. S.Ulam esa EHMning birinchi avlodi vakillaridan biri bo’lib, u sinergiyaning, ya’ni mashina va uning operatori orasidagi uzluksiz hamkorlikning foydaliligi, ahamiyatining hozirgi zamondagi ta’siriga e’tiborni qaratadi.
I. Zabusskiy 60-yilning o’rtalarida liniyasizlik masalalarini hal qilishda analitik jihatdan cheklanganlik bir yokdamalikka yo’l ochganligini ta’kidlaydi. Liniyasiz matematika va fizika masalalarida sinergetika usulining tatbiq etilishini odatdagi matematika hisoblash mashinasining faoliyatini tahlil qilish bilan qiyoslaydi.
Hozirgi davrda I. Prigojinning sinergetika to’g’risidagi fikr-lari ham ko’pchilikning e’tiborini tortmokda.
Yuqoridagi barcha holatlarda uzluksiz harakat haqida so’z boradi. Sinergetika orqali sodda tizimlardan murakkablarini yaratuvchi o’lik tabiatdagi o’z-o’zidan xarakatning tamoyili shakllandi. Sinergetika bilan fizikada evolyusion yo’nalish paydo bo’ldi va fan ijodkorlikdan yangilik yaratish tushunchasi tomon rivojlandi. Sinergetika makroskopik darajalarga tasodifiylikni fanga kiritdi va bu bilan mexanika metodlarini makroskopik darajaga, ya’ni mikrodunyo masalalariga tatbiq qildi.
Sinergetika nisbiylik nazariyasidagi energaya va narsaning o’zaro bir-biriga o’tishini tasdiqlaydi va narsalarning paydo bo’lishini o’ziga xos tarzda izoxlaydi. U biz yashayotgan makrosistemalar qanday paydo bo’lganligi masalasini hal etishga harakat qiladi. Sinergetika nazariyasida energiya kristall sifatida qotib qoladi va kinetiklikdan potensiallikka aylana boshlaydi, deb talqin qilinadi. Bunga ko’ra, narsa qotib qolgan energiyadir. Energiya - faoliyatning ishlab chiqarish qobiliyatini xarakterlovchi tushuncha, lekin hozirda energiya nafaqat mexanik faoliyat, balki yangi strukturalarni yaratuvchisi sifatida ham o’rganilmokda. Sinergetika tabiatdagi evolyusiya nimaning hisobiga sodir bo’lishi mumkinligini asoslaydi. Barcha yangi strukturalar yaratilayotgan joyda energiyaning kuchli to’lqini va muhit bilan almashinuv zarur (evo-lyusiya hayot kabi), metabolizmni talab qiladi. Agar osmon jismlari evolyusiyasida biz ishlab chiqarishning natijasini kuzatsak, sinergetika tabiatni yaratish jarayonini o’rganadi. Sinergetika nisbiylik nazariyasining xulosalarini tasdikdaydi: energiya olamning yanada yuqoriroq darajalarini yaratadi. Bu borada Arximed so’zini takrorlab, shunday deyish mumkin: "Menga energiyani bering va men dunyoni yarataman".
Xullas, sinergetika - olamning o’z-o’zini tashkil etishi, makon va zamonda narsa va voqyealarning azaliy ketma-ketligi, o’zaro aloqadorligi, ularning muayyan tizimlardan iborat sababi bog’lanishlar asosida mavjudligini etirof etishga asoslangan ilmiy qarashlar majmuidir. Bu ta’limotni dialektika asosida shakllangan va uni to’ldiradigan ilmiy qarashlar majmuasi deydiganlar ham bor. Ularga qarshi o’laroq, dialektika endi kerak emas, uni sinergetika bilan aliashtirish lozim, debhisobloyechilar ham yo’q emas.
Bizningcha, sinergetikaning XX asr oxiridagi shaxdam odimyaari o’rta asrlarda Yevropada anik, fanlar sohasida induksiya va deduksiya usullarining muvafaqqiyatli qo’llangani, katta mavqyega ega bo’lgani va pirovard natijada, falsafiy metodga aylanganini eslatadi. Sinergetikani XX asr tabiiy failarining falsafa sohasiga kiritayotgan eng katta yutuqlaridan biri sifatida baholash mumkin. Ammo, bu sinergetika dialektikani falsafadan butunlay surib chiqaradi, dvgani emas. Zero, falsafada har bir talimot, uslub metodning o’z o’rni va faoliyat doirasi bor. Dialektikaning falsafadagi ahamiyatiga kelganda esa, uning ijtimoiy bilimlar sohasidagi o’rni, qadr-qimmati nihoyatda katta va u falsafaning asosiy metodlaridan biri bo’lib solayeyeradi.



  1. Ilmiy tadqiqotini maqsadlari va boshlang’ich strukturaviy elementlari




Download 203.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling