Dunyoqarash va uning mohiyati


Qadriyatlar va ma’rifiy qadriyatlar


Download 36.83 Kb.
bet2/7
Sana05.01.2022
Hajmi36.83 Kb.
#229533
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
mustaqil ishlar pedagogika

Qadriyatlar va ma’rifiy qadriyatlar.

Eng qadimgi kishilarga xos bo‘lgan xislatlar, ularning dastlabki, oddiy istaklari, orzu-umidlari qadimgi eposlarda aks etgan afsonaviy obrazlar hamda qahramonlar qiyofasida o‘z ifodasini topgan. Ruhga sig‘inish (onimizm), ajdodlar ruhiga sig‘inish (totemizm), sehrgarlik kabi diniy e‘tiqodlar va marosimlar yoritilgan afsona va rivoyatlarda eng qadimiy ajdodlarimizning tafakkur dunyosi aks etgan. Ammo bu rivoyat va afsonalar ham massaget, sak, xorazmiy, so‘g‘d hamda parfiyanlar yashagan davrlar ruhini ifoda etadi, xolos. Eng qadimgi madaniy boyliklarimizni o‘rganishda quyidagi uch guruhga ajratilgan manbalarga tayanamiz:

1. Arxeologik qazilmalar natijasida topilgan ko‘rgazmali ashyolar.

2. Xalq og‘zaki ijodi materiallari hamda yozma manbalar.

3. Buyuk adiblar, allomalarning ijodiy merosi.

Ibtidoiy jamiyatda bola o‘zi uddalay oladigan faoliyatning tashkil etilishida bevosita ishtirok etib, hayot kechirish va mehnat qilish ko‘nikmalarini o‘zlashtirgan. Bu holat og‘ir sharoitda kechgan. o‘g‘il bolalar erkaklar bilan ov qilish, qurol yasash kabi yumushlarni bajarsalar, qizlar ayollar tomonidan bajariladigan mehnat sirlarini o‘zlashtirar edilar. Hech qaerda yozilmagan odat va an‘analarga ko‘ra, yosh bolalar keksalar nazorati ostida ma‘lum tajribalarga ega bo‘lardilar. Bola ma‘lum tayyorgarliklardan so‘ng maxsus sinovlardan o‘tib, amaliy faoliyatda faol ishtirok eta olish huquqini qo‘lga kiritar edi. Ushbu an‘ana, ya‘ni, bolalarni ma‘lum yoshgacha enaga yoki murabbiyga topshirish yaqin davrlargacha saqlanib qolgan, hatto hozirgi kunda ham ko‘zga tashlanadi. Urug‘chilik jamoasi bosqichida esa bolalar mehnatining ko‘lami kengayib, kasbhunar faoliyatining turlari ko‘payib boradi. Tajribali kishilar bolalarni tarbiyalash bilan birga ularni yozishga ham o‘rgata boshlaydilar. Asta sekin harbiy tarbiyaning boshlang‘ich ko‘rinishlari yuzaga kela boshlaydi. Bolalarga harbiy san‘at sirlarini o‘rgatish ancha murakkab ish bo‘lib, ushbu tarbiyani tashkil etish maxsus bilim hamda tayyorgarlikka ega bo‘lishni taqozo etar edi. SHu bois maxsus harbiy bilim va tayyorgarlikka ega bo‘lgan kishilar bolalarga bu boradagi bilimlarni berish jarayoniga jalb etila boshladilar.

Jamiyatning ijtimoiy jihatdan taraqqiy eta borishi bolalarga dalalarni o‘lchash, suv toshqinlarining oldini olish, kishilarni turli kasalliklardan davolash usullariga oid bilimlarni berishga bo‘lgan ehtiyojni yuzaga keltirdi. Mazkur ehtiyojni qondirish yo‘lidagi harakatning tashkil etilishi natijasida turli maktablar faoliyat yurita boshladi. Maktablarda asosiy e‘tibor bolalarga ogzaki bilimlar berish bilan birga ularda yozuv ko‘nikmalarining shakllantirilishiga qaratildi. Dastlab suratkashlik rivojlanib, piktografik xat paydo bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik qo‘shni mamlakatlardan kirib kelgan harflar yordamida yozish usuli paydo bo‘ladi va bu usul tez tarqala boshlaydi.2. O‘sib kelayotgan yosh avlodning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish hamma davrlarda bo‘lgani kabi, hozir ham millatning ilg‘or kishilari diqat markazida bo‘lib kelmoqda. Xo‘sh, dunyoqarashni o‘zini qanday tushunish kerak? Dunyoqarash-bizni o‘rab olgan borliq nima, u qanday rivojlangan, tabiatda qanday inson o‘rin tutadi, uning ongi qanday paydo bo‘ldi va kamol topdi, jamiyatning yaralish tarixi qanday, inosniyat turmush darajasini qanday qilib yaxshilash mumkin va shu kabi masalalarga kishilarning turlicha qarashlari, munosabatlaridir.Inson o‘z faoliyatida ma‘lum ilmiy bilimlardan, qonuniyatlardan,tushuncha va g‘oyalardan foydalanadi. Ana shu bilimlarga asoslanib, tabiat, jamiyat va inson tafakkuri hodisalarini baholaydi, ularni o‘ziga talqin etib, ma‘lum xulosalarga keladi. Har qanday odam o‘zining yashashdan maqsadi nimaligini, hayotning ma‘nosini bilishga intiladi. Bu insonning ijtimoiy ehtiyojidir. Ana shu ehtiyoj o‘quvchiga ham xos bo‘lib, u o‘zining shu ehtiyojini qondirish bilan tevarak-atrof hayoti to‘g‘risida bilimlarga, tabiat va jamiyat haqidagi mulohazalarga ega bo‘la boshlaydi. Umuman shaxsning turli xil ehtiyojlari uning faolligini ta‘minlaydi, qiziqishlari, mayl va talablarini belgilaydi. Ana shu ehtiyojni qondirishga qaratilgan faoliyat shaxsning e‘tiqod va qarashlari, kundalik xulq-atvor motivlarini hosil bo‘lishiga yordam beradi.Qarashlar va e‘tiqodlar tizimi bo‘lgan dunyoqarashning mohiyatidan shunday xulosa chiqarish kerakki, o‘quvchining va umuman maktabning ishida muayyan tizim bo‘lgandagina ilmiy dunyoqarash tarkib topishi mumkin. Asta-sekin to‘plangan bilimlar yozma shaklda avlodlardan-avlodlarga qoladi. Turli davrlarda o‘qimishli, ziyoli, bilimdon kishilar dunyo ilm-faniga, umuminsoniy madaniyatiga salmoqli hissalarini qo‘shganlar.



Ekspluatatsiyaga asoslangan quldorlik, feodalizm, kapitalizm kabi sinfiy jamiyatlarda davrning o‘qimishli, ziyoli, bilimdon kishilari dunyo ilm-faniga, umuminsoniy madaniyatiga salmoqli hissalarini qo‘shganlar. Gippokrat, Demokrit, Platon, Arximed, Gegel, Marks, Engels; SHarqda ilk o‘rta asrlarda musulmon dunyosi al-Kindiy, ar-Roziy, G‘azzoliy, Farobiy, Beruniy, Xorazmiy, Ibn Sino, Ibn Rushd (Averros), Bahouddin Naqshband, Najmiddin Kubro, Ahmad Yassaviy shular jumlasidandir. Kaykovusning "Qobusnoma", IV asrdagi hind faylasufi Beydaboning "Kalila va Dimna" asarlari, "Ramayana", "Maxabhorat" dostoni, Yusuf Xos Hojibning "qutadg‘u bilig", Nosir Hisravning "Saodatnoma", Sa‘diyning "Guliston va Bo‘ston", Abdurahmon Jomiyning "Bahoriston", Navoiyning "Mahbub ul qulub", Ahmad Donishning "O‘g‘illarga nasihat" bundan tashqari o‘tmishning "CHor darvesh", "Ming bir kecha", "Qur‘oni karim", "Hadisi sharif"dagi asarlarda ham juda katta, qimmatbaho va boy ma‘naviy-madaniy meros bo‘lib, sharq va g‘arb xalqlari ming yillar mobaynidabulardan bahramand bo‘lganlar. XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib Turkiston rus mustamlakachilari tomonidan bosib olindi. Bu davrda milliy-ma‘naviy merosga, madaniyatga past nazar bilan qarovchi shovinistik siyosat hukmron edi. Shunday bo‘lsada bu davrda Said Ahmad Siddiqiy (Samarqand), Furqat, Muqimiy, A. Donish, Avaz O‘tar o‘g‘li, Hamza, Abdulla Avloniy (Toshkent), Ibrat, Fitrat, Behbudiy, Munavvar qori, CHo‘lpon, qori Niyoziy va boshqalar bola tarbiyasiga oid ko‘plab asarlar yozdilar, yoshlarni ilm-ma‘rifatli qilishga intildilar. Ayniqsa, Abdulla Avloniyning 1913 va 1917 yilda ikki marotaba nashr qilingan "Turkiy guliston yohud axloq" asari XX asr boshlaridagi pedagogik fikrlar taraqqiyotini o‘rganishda katta ahamiyatga molikdir. Asarning "Yaxshi xulqlar" bobining birinchi qismi "Fatanat" atalib, Avloniy Fatanatni " Aql egasi bo‘luv demakdir" deb ta‘riflaydi, ayni zamonda Firdavsiy, Nosir Xisrav, Rudakiy, Sa‘diy, A. Navoiy kabi Avloniy ham aqlga katta e‘tibor beradi. U ―Hukamolardan biri aqlning quli nafsning jilovini ushlasa, seni yomon yo‘llarga kirishdan saqlar"- deb uqtiradi. Avloniyning fikricha, sog‘lom fikr, yaxshi axloq, ilm-ma‘rifatga ega bo‘lish uchun badanni tarbiyalash zarur. Badanni sog‘lom va quvvatli bo‘lmog‘i insonga eng kerakli narsadir. CHunki o‘qimoq, o‘qitmoq va o‘rgatmoq uchun insonga kuchli, kasalsiz jasad lozimdir. "Aql-deydi: u-piri komili, muroshidi yagonasidir. Ruh ishlovchi, aql boshlovchidir. Inson aql va idroki sohasida o‘ziga keladigan zarar va zulmlardan saqlanur, er yuzidagi hayvonlarni asir qilib, bo‘ynidan boylab iplarining uchini qo‘llariga bergan insonlarning aqlidur". O‘zbekiston o‘z mustaqilligininng qo‘lga kiritgan hozirgi sharoitda qadriyatlarimizni tiklashga, tariximizni o‘rganishga, o‘zligimizni anglab yetishga ahd qilgan va yosh avlod uchun xuddi mana shu durdona asarlar qo‘l kelishi muqarrardir.


  1. Download 36.83 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling