Dunyoqarash va uning mohiyati


Download 36.83 Kb.
bet3/7
Sana05.01.2022
Hajmi36.83 Kb.
#229533
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
mustaqil ishlar pedagogika

Pedagogik tizimlar.

Qator yillar davomida pedagogik texnologiya nazariyasi va amaliyoti bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda o‘rganib kelindi va u turli faoliyat doiraisda edi. Bugungi kunda mutaxassislarning ilmiy salohiyatini birlashtirishga mamlakatimizda ham imkoniyatlar mavjud. Nazariya va amaliyot birligining ta‘minlanishi zamonaviy pedagogik texnologiyaning mohiyatini aniqlashga yo‘l ochadi.
Yangi pedagogik texnologiyani pedagogika fanining alohida tarmog‘i sifatida yoki faqat ta‘lim amaliyotini maqbullashtirishga yo‘naltirilgan tizim deb qarash mumkin emas. Pedagogik texnologiya bu sohadagi nazariy va amaliy izlanishlarni birlashtirish doirasidagi faoliyat yo‘nalishlarini aniqlaydi. Bu erda izlanishning mohiyatini- pedagogik tizimni tashkil etuvchi elementlarni o‘rganish asosida yangilashdan iborat. Sababi, har qanday o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish u yoki bu pedagogik tizimni aks ettiradi.
Pedagogik texnologiya usuli tizimli, texnologik yondashuvlarga asoslanadi. Sistema /tizim/ yunoncha so‘z bo‘lib, yaxlit tuzilma, qismlardan tuzilgan, birikkan ma‘nosini anglatadi.
Ta‘lim tarbiyaning maqsadi ob‘ektiv harakterga ega. U har bir jamiyatning moddiy va ma‘naviy ehtiyojlaridan hosil bo‘ladi, ijtimoiy buyurtma sifatida davlat hujjatlarida umumiy tarzda ifodalandi. Ta‘lim-tarbiyaning maqsadi tizim xosil qiluvchilik xususiyatiga ega. Pedagogik tizimning barcha qismlari ta‘limning maqsadiga bog‘lik va uni ruyobga chiqarishga xizmat qiladi. Shaxsni, mutaxassisni shakllantirish maqsadi ta‘limning mazmuni /o‘quv rejasi, o‘quv dasturi, darsliklar/ni belgilaydi.
Pedagogik tizim didaktik vazifa va ta‘lim texnologiyasini o‘z ichiga oladi.
Ta’lim-tarbiyaning maqsadi va mazmuni-didaktik vazifa; didaktik jarayon, o‘qituvchi va texnik vositalar, ta‘lim-tarbiya shakllari usullari-ta‘lim texnologiyasiga kiradi. Pedagogik amaliyotda didaktik vazifani ta‘lim texnologiyasi yordamchi o‘quvchi, talaba o‘zlashtirib oladi.
Pedagogik texnologiyaning mohiyati shundan iboratki, u birinchidan, ta‘lim-tarbiya jarayonini oldindan loyihalash va so‘ngra, sinfda, auditoriyada o‘quvchilar bilan birga loyihani qayta ishlab chiqishni nazarda ttadi. Bu masalani “didaktik vazifa”, “ta‘lim texnologiyasi” tushunchalarini qo‘llash bilan hal etish mumkin.
Ikkinchidan, an‘anaviy pedagogikada metodik ishlanmalar o‘qituvchi dars o‘tishi uchun tuzilsa, pedagogik texnologiya-o‘quvchini o‘quv-bilish faoliyatining shakllari va mazmunini tasvirlaydigan ta‘lim jarayoni loyihasini ishlab chiqishni taklif etadi.
Uchinchidan, pedagogik texnologiyaning muxim belgisi-maqsad hosil qilish jarayonidir. An‘anaviy pedagogikada “pedagogik maqsad” masalasiga nazariyachilar ham, amaliyotchilar ham kam e‘tibor beradi, maqsad-metodik adabiyotlarda ham noaniq ifodalanib, unga erishish darajasi ham sub‘ektiv baholanadi.
Pedagogik texnologiyada –pedagogik maqsadni aniqlash asosiy muammo bo‘lib, maqsadni diagnostik ifodalash, bilim o‘zlashtirish sifatini ob‘ektiv baholash nazarda tutiladi.
Nihoyat to‘rtinchidan, ta‘lim-tarbiya jarayonlari tuzilishi va mazmuni jixatidan yaxlitligi-pedagogik texnologiyani ishlab chiqish va amalga oshirishning muhim printsipi hisoblanadi. Yaxlitlik printsipi, shuningdek, ta‘limning har turi bo‘yicha bo‘lajak pedagogik tizimning loyihasini ishlab chiqayotganda pedagogik tizimning barcha elementlari (chorak, semestr, o‘quv yili davomida ham, shuningdek butun ta‘lim davomida ham) o‘zaro ta‘sirda bo‘lishiga erishish zarur.
Pedagogik tizimning bir elementi, masalan maqsadi o‘zgarsa uning boshqa qismlari (mazmuni, shakllari, jarayonlar) ham o‘zgaradi.
“Kadralar tayyorlash Milliy dasturi” jamiyat , davlat va oila oldida o‘z javobgarligini xis etadigan har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalashni asosiy maqsad qilib qo‘ydi. Demak, Milliy dastur bizda ta‘lim va tarbiya sohasidagi davlat buyurtmasi sifatida qabul qilinayapti. Faqat ijtimoiy (davlat) buyurtmasigina ta‘lim va tarbiyaning umumiy maqsad va vazmfalarini aniq belgilab beradi yoki oliy (umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar) ta‘lim uchun pedagogik tizimning mavjudlik shartlarini kafolatlaydi.
Quyida barcha ta‘lim turlari uchun umumiy bo‘lgan pedagogik tizimi loyihasini misol qilib keltirishimiz mumkin. Ta‘lim sohasida olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijasi har qanday pedagogik tizim o‘zaro bog‘liq bo‘lgan quyidagi invariativ elementlardan tashkil topishini ko‘rsatib beradi: 1-talabalar;

2-ta‘lim /tarbiya/ maqsadlari;

3-ta‘lim /tarbiya/ mazmuni;

4-didaktik jarayon;

5-tashkiliy shakllari;

6-pedagog.


Be pedagogik tizim, har qanday nazariyaga xos bo‘lgani kabi, quyidagi ikki tushunchani qamrab oladi: didaktik masalalar va ularni amalga oshirishning pedagogik texnologiyasi. Didaktik masalalar pedagogik tizim doirasida inson faoliyatining har qanday sohasi kabi aniq maqsad va unda erishish uchun shart-sharoitlar hamda bu faoliyatlar uchun axborotlar (mazmun) bo‘lishi kerak.

Didaktik masalalarni hal etish maqsadi shaxs sifatlarini shakllantirish uchun zarurat bo‘lsa, shart-sharoitlar-talabalarning boshlang‘ich sifat ko‘rsatkichlari, axborot esa o‘quv predmetining mazmunidir. Har bir didaktik masala pedagogik tizmda o‘ziga mos keladigan PT elementlari bilan hal qilinadi, ular: didaktik jarayon pedagog yoki o‘qitishning texnik vositalari hamda o‘qitishning tashkil qilish shakllari. Yuqorida ijtimoiy buyurtma yo‘nalishi didaktik masalalarga qaratilgan va bu bejiz emas: ta‘lim har doim jamiyat talablarini qondirishga xizmat qiladi va u ongli ravishda yoki intiutiv (ichki his blan, sezib) trzda tez yoki sekinlik bilan bu talablarga mos holda tuzatila boriladi.


Shuni alohida ta‘kidlash zarurki, pedagog-metodistlar hozirga qadar didaktik masalalarni aniq ifodalashga va unga mos keladigan PTni ishlab chiqishga kam e‘tibor berayotirlar. Shu nuqtai nazardan Milliy dastur ijtimoiy buyurtma sifatida yangi PTn yaratish va amaliyotga joriy etish majburiyatini yukladi.
PTga “yangi” so‘zining qo‘shib ishlatilishi nazariyani olimlar va o‘qituvchilarni bir qadar o‘ulantirib qo‘ydi, endilkda ta‘lim-tarbiya jarayonini loyihalashga eskicha yondashish mumkin emasligini anglab etmoqdalar. Shunday ekan PTni qanday yangilash mumkin? E‘tiborni yuqorida keltirlgan pedagogik tizim tuzilishiga qarataylik. Bu tizimga uzluksiz ravishda ijtimoiy buyurtma o‘z ta‘sirini ko‘rsatadi va ta‘lim tarbiya maqsadini umumiy holda belgilab beradi. “Maqsad” (2) esa pedagogik tizimning bosh bo‘g‘ini hisoblanib, u qolgan elementlarni o‘z navbatida yangilash zaruriyatini keltirib chiqaradi. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ta‘lim-tarbiyaning maqsadini yangi yo‘nalishga burdi, ya‘ni “O‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xolos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuksak ma‘naviy va ahloqiy talablarga javob beradigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash” deb belgilanadi. Demak, ta‘lim-tarbiyaning maqsadi yangilandi, unga mos holda mazmunning yangilanishi tabiiydir. Ta‘lim mazmuni o‘quv dasturlari, qo‘llanma va dasrliklard o‘z ifodasini topadi. Shu munsoabat bilan fan sohalari bo‘yicha ta‘lim mazmunini ishlab chiqish ishlari amalga oshirldi.
Pedagogik tizimda didaktik masalalarning o‘z echimlarini topishi Milliy dastur g‘oyalarini ro‘yobga chiqarishning muhim bosqichidir.
Agar pedagog qo‘lida bilimga chanqoq, iqtidorli talaba o‘quvchilar, fan maqsadiga mos mazmun-dastur, o‘quv qo‘llanma, darsliklar mavjud bo‘lsa, u didaktik jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun bilish faoliyatining tashkiliy shakllaridan samarali foydalanib yangi PTni amaliyotga izchil va ketma-ket joriy etishi mumkin.
Shunday qilib, ta‘lim taraqqiyotining xaqqoniy xarakatlantiruvchi kuchi sifatida mavjud didaktik masalalar va unga mos keladigan pedagogik texnologiya asosida oqilona qurilgan pedagogik tizim xizmat qiladi.
O‘qish, o‘qitish-inson faoliyatining boshqa sohalari singari ijtimoiy foydali faoliyatdir, garchi uning samarasi darxol bevosita ko‘zga tashlanmasa ham. Iqtisodiy tuzumlar nima ishlab chiqarayotgani bilangina emas, balki qanday ishla chiqarayotgani va qanaqa mehnat qurollari blan ishlab chiqarayotganligi Bilan biri ikkinchisidan farqlanadi, degan g‘oya o‘qish-o‘qitish faoliyatiga ham taalluqlidir.
Pedagog yuqorida ta‘lim usullari rivojlanishiga shu nuqtai nazardan qarab, uni shartli ravishda quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin:

1-muallim “o‘z kuchi blan o‘qitish bosqichi, ya‘ni o‘quvchi uchun axborot


manbai – o‘qituvchi bo‘lishi.
2-o‘quv kitoblari, darsliklar yaratilgan va keng qo‘llanilgan bosqich:
3-audiovizual vositalar qo‘llanilgan bosqich;
4-o‘qitishni boshqarishda oddiy avtomatlash vasitalarini qo‘llash bosqichi;
5-o‘qitishni hozirgi zamonaviy EXMlar vositasida boshqarishni avtomatlashtirish bosqichi.



  1. Download 36.83 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling