Dunyoqarash va uning mohiyati
Muammoli ta’lim nazariyasi
Download 36.83 Kb.
|
mustaqil ishlar pedagogika
Muammoli ta’lim nazariyasi.
Hozirgi oliy maktabdagi samarador o ‘qitish texnologiyasi — bu muammoli o‘qitishdir. Uning vazifasi faol bilish jarayoniga undash va tafakkurda ilmiy-tadqiqot uslubini shakllantirishdir. Muammoli o‘qitish ijodiy, faol shaxs tarbiyasi maqsadlariga mos keladi. Muammoli o‘qitish jarayonida talabaning mustaqilligi o‘qitishning reproduktiv shakllariga nisbatan tobora o‘sib boradi. Hozirgi pedagogikaga oid adabiyotlarda muammoli o'qitishning turli ta’rif va tavsiflari bor. Bizningcha, nisbatan to‘liq va aniq ta’rif M.I.Maxmutova tomonidan berilgan bo‘lib, unda muammoli o‘qitish mantiqiy fikrlar tadbirlari (tahlii, umumlashtirish) hisobga olingan o‘igatish va dars berishusullarini qo‘llash qoidalari va talabalarning tadqiqot faoliyatlariqonuniyatlarining (muammoli vaziyat, bilishga bo‘lgan qiziqish, talab v.x.k) tizimi sifatida izohlanadi. Muammoli o‘qitishning mohiyatini, o‘qituvchi tomonidan talabalarning o‘quv ishlarida muammoli vaziyatni vujudga keltirish va o‘quv vazifalarini, muammolarini va savollarini hal qilish orqali yangi bilimlami o‘zlashtirish bo‘yicha ulaming bilish faoliyatini boshqarish tashkil etadi. Bu esa bilimlami o‘zlashtirishning ilmiy-tadqiqot usulini yuzaga keltiradi. Ma’lumki, o‘qitishning har qanday asosida, inson faoliyatining muayyan qonuniyatlari, shaxs rivoji va ular negizida shakllangan pedagogik fanning tamoyillari va qoidalari yotadi. Insonning bilish faoliyati jarayoni mantiqiy bilish ziddiyatlarini hal qilishdagi obyektiv qonuniyatlari hamda didaktik tamoyil — muammolilikka tayanadi. o‘qitishning hozirgi jarayoni tahlili, psixolog va pedagoglaming fikrlash muammoli vaziyat, kutilmagan xayrat va mahliyo bolishdan boshlanadi, degan xulosalari haqiqatga yaqin ekanligini ko‘rsatadi. o‘qitish sharoitida insonning o‘sha psixik, emotsional va hissiy holati unga fikrlash va aqliy izlanish uchun o‘ziga xos turtki vazifasini bajaradi. Muammoli vaziyat muayyan pedagogik vositalarda maqsadga muvofiq tashkil etiladigan o‘ziga xos o‘qitish sharoitida yuzaga keladi. Shuningdek, o‘rganiIgan mavzular xususiyatlaridan kelib chiqib, bunday vaziyatlarni yaratishning maxsus usullarini ishlab chiqish zarur. Shunday qilib, o‘qitishda muammoli vaziyat shunchaki «fikr yo‘lidagi kutilmagan to‘siq» bilan bog‘langan aqliy mashaqqat holati emas. U bilish maqsadlari maxsus taqozo qilgan aqliy taranglik holatidir. Bunday vaziyat negizida awal o‘zlashtirilgan bilim izlari va yangi yuzaga kelgan vazifani hal qilish uchun aqliy va amaliy harakat usullari yotadi. Bunda har qanday mashaqqat muammoli vaziyat bilan bog‘liq bo‘la bermasligini ta’kidlash o‘rinli boladi. Yangi bilimlar awalgi bilimlar bilan bog‘lanmasa, aqliy mashaqqat muammoli bo‘lmaydi. Bunday mashaqqat aqliy izlanishni kafolatlamaydi. Muammoli vaziyat har qanday fikrlash mashaqqatlaridan farq qilib, unda talaba mashaqqat talab qilgan obyekt (tushuncha, fakt)ning unga awal va ayni vaqtda ma lum bo‘lgan vazifa, masala bo‘yicha ichki, yashirin aloqalarini anglab yetadi. Shunday qilib, muammoli vaziyatning mohiyati shuki, u talaba tanish bo‘lgan ma’lumotlar va yangi faktlar, hodisalar (qaysiki, ulami tushunish va tushuntirish uchun awalgi bilimlar kamlik qiladi) o‘rtasidagi ziddiyatdir. Bu ziddiyat bilimlami ijodiy o‘zlashtirish uchun harakatlantiruvchi kuchdir. Muammoli vaziyatning belgilari quyidagilar: • talabaga notanish faktning mavjud bo'lishi; • vazifalami bajarish uchun talabaga beriladigan kolrsatmalar, yuzaga kelgan bilish mashaqqatini hal qilishda ulaming shaxsiy manfaatdorligi. Muammoli vaziyatdan chiqa olish, hamma vaqt muammoni, ya’ni nima noma’lum ekanligini, uning nutqiy ifodasi va yechimini anglash bilan bog‘langan bo‘ladi. Muammoli vaziyatni fikriy tahlii qiladigan bo‘lsak, u avvalombor talabalarning mustaqil aqliy faoliyatidir. U talabani intellektual mashaqqat keltirib chiqargan sabablami tushunishga, unga kirish, muammoni so‘z bilan ifodalash, ya’ni faol fikr yuritishni belgilashga olib keladi. Bu o‘rinda izchillik yorqin ko‘rinadi: awalo muammoli vaziyat yuzaga keladi, so‘ng o‘quv muammosi shakllanadi. o‘qitish amaliyotida boshqa variant — o‘sha muammo tashqi ko‘rinishda muammoli vaziyat yuzaga kelishiga muvofiq kelganday bo‘ladigan variant ham uchraydi. Faktlar, hukmlar nazariy qoidalar ziddiyatlari mazmunidagi savollar ko‘rinishidagi muammoning ifodasi odatda «nimaga» savoliga javob bo‘ladigan muammoli vaziyatning mavjudligini aks ettiradi. Download 36.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling