Dunyoqarash va uning mohiyati
Download 36.83 Kb.
|
mustaqil ishlar pedagogika
Metodika va texnologiya
Ma`lumki, bugungi kunda ta`lim tizimi va jarayoniga kirib kelayotgan zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ularni qo`llash bo-rasida ko`plab ilmiy izlanishlar, bahs-munozaralar mavjud. Al-batta, turli xil qarashga ega bo`lgan bu fikr-mulohazalar bir-bi-rini inkor etmaydi, balki to`ldiradi, deb o`ylaymiz. Xo`sh, aslida “pedagogik texnologiya” nima? O`tmishga nazar tashlasak, “pedagogik texnologiya”atamasi g`arb pedagogika fani va amaliyotiga dastlab 1950-60-yillardan boshlab kirib kelgan. Shu kungacha olimlar tomonidan zamonaviy pedagogik texnologiyalar xususida ta`rif, tushuncha, izohlar juda ko`p bil-dirilgan. Lekin shuni aytib o`tish joizki, ayrim amaliyotchi o`qi-tuvchilar tomonidan zamonaviy pedagogik texnologiya metodika-ning aynan o`zi yoki darslarda interfaol usullar, texnika vositalaridan foydalanish deb qat`iy fikr bildirilmoqda. Shu bois o`qituvchilar orasida noto`g`ri tushuncha bo`lmasligi uchun pedtexno-logiya va metodikani bir-biridan ajratib olish zarur. Bugungi kunda metodikaning o`zi ikki xil ma`noda ta`rifla-nadi, ya`ni, birinchidan, metodikaga fan sifatida qarash kerakli-gi, uning o`z predmeti va tadqiqot yo`nalishi e`tirof etiladi. Ik-kinchi tomondan esa metodikaga metod va usullarning uyg`unlashu-vi, ya`ni texnologik jarayon sifatida qaraladi. O`qitish texnolo-giyasi – bu jarayon. Agar metodikaga fan deb qaralsa, metodik asos-larga ilmiy asoslar sifatida qaraladi. Bunda esa metodika va pedagogik texnologiyani bir-biriga tenglashtirib bo`lmaydi. Ya`ni, pedagogik texnologiyani kengroq ma`noda tushunish kerak. Chunki pedagogik texnologiya metodikadan farq qilgan holda faqat bilim berish emas, balki aniq maqsad va natijaga yo`naltirilgan ta`lim jarayoni hamdir. Metodika, bizning fikrimizcha, ta`lim maqsadlariga yo`nal-tirilgan ta`lim mazmuni, o`qitishni tashkil etishning birgalik-dagi majmuidir. Bir xil mazmunga ega bo`lgan metodika, uslub va usullar yoki metodik tizim ikki o`qituvchida ikki xil natija be-rishi mumkin. Pedagogik texnologiya qo`llanganda esa, turli o`qi-tuvchilar turli yondashuvda turli xil vosita va usullardan foyda-lanishsa-da, bir xil natija olishlari mumkin. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, o`qituvchining shaxsi, mahorati va xarakteri metodikada aks etadi, ya`ni metodika o`qi-tuvchiga natijani kafolatlamaydi. Pedagogik texnologiyalar esa, me-todikadan farq qilgan holda ko`plab olimlarning fikricha, ilmiy va amaliy xulosalarga asoslanadi. Pedagogik texnologiyalar metodika, didaktika hamda ta`lim-tar-biya nazariyasini inkor etmaydi, ularning o`rnini bosmaydi ham. U ma`lum algoritmlarni ishlab chiqadi, o`quv jarayonini konstruktsiya-laydi hamda kafolatlangan natijaga erishishning aniq va qat`iy yo`llarini belgilaydi. (“Shkola texnologii” № 5, 2002 y, 58-bet). Ushbu xulosalardan ko`rinib turibdiki, pedagogik texnologiya-larning ham, metodikaning ham o`z o`rni bor. Lekin har qanday za-monaviy pedagogik texnologiyalar, har qanday yangi usul va metod-lar pedagogik jamoa, ota-onalar tomonidan yaxshi qabul qilinishi hamda ta`lim tizimining yaxshilanishi, rivojlanishi, shu bilan bir-ga o`quvchilarning shaxs sifatida kamol topishlariga ijobiy ta`sir ko`rsata olishi kerak. Buning uchun amalda qo`llanilayotgan yoki qo`lla-nilmoqchi bo`lgan zamonaviy pedagogik texnologiyalar zamirida il-miy asos-ijtimoiy, iqtisodiy, pedagogik, psixologik va falsafiy asos bo`lishi va ta`kidlab o`tilganidek, ta`lim tizimi va shaxs kamo-loti, jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta`sir qila olishi lozim. Tajribadan ma`lumki, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo`llashda maktab o`qituvchilari va ota-onalar tomonidan ziddiyat-lar, qarama-qarshilik va noroziliklar yuzaga kelishi mumin (Bunga hozirgi qo`llanilayotgan reyting tizimini misol qilish mumkin). Bunday vaziyatlar yuzaga kelmasligi uchun, avvalo, quyidagilarni amalga oshirish zarur, deb o`ylaymiz: a) o`qituvchilarga qo`llanilmoqchi bo`lgan pedtexnologiya, uning maqsadi va kutiladigan natijalar to`g`risida to`liq axborot berish; b) qarorlar qabul qilinishi bosqichida mazkur masala yuzasi-dan o`qituvchilar orasida keng miqyosda muhokamalar o`tkazishni tashkil etish va ularning fikr-mulohazalarini e`tiborga olish; v) o`qituvchilarning pozitsiyalariga ko`ra turli xildagi guruh-lar bila tabaqalashtirilgan ishlar olib borish; g) moddiy, moliyaviy va psixologik yordam, moddiy texnik ta`-minot, innovatsion faoliyatga ijobiy yondashishni shakllantirish; d) hamma o`qituvchilar uchun doimiy va majburiy ilmiy meto-dik o`qishlarni (muammoli seminar, konferentsiyalar, davra suh-batlari, treninglar) tashkil etish. Ma`lumki, DTSga o`tish bilan bog`liq oxirgi 20-30 yillar mo-baynida rossiyalik olimlar rivojlangan g`arb davlatlari ta`lim-tarbiya tizimini, shuningdek, pedagogik texnologiyaga oid ishlarni chuqur o`rganib bordilar va shu asosda ilmiy tadqiqot ishlarini yarat-dilar (M.A.Gussakovsiy, M.A.Bogoslavskiy “Nauchnыe dostijeniya i peredovoy opыt v oblasti pedagogiki i narodnogo obrazovaniya» M. 1993 g.) O`z navbatida ilg`or pedagogik amaliyot va tadqiqotlarga asos-langan holda pedagogik jarayonlarni rivojlantirishning ilg`or yo`-nalishlarini aniqladilar. Bu yo`nalishlarning qo`llashda metodolo-gik asos sifatida qabul qilinishi ta`limning oqilona tashkil eti-lishiga omil bo`la oladi. Buni quyidagicha izohlash mumkin: 1. Pedagogik maqsadlarning yo`nalishini gumanitarlashtirish, ya`ni insonga beriladigan ta`lim va tarbiya jamiyat tomonidan in-sonning o`zi uchun xizmat qilishiga imkon berish. 2. Pedagogik jarayonlar orasidagi asosiy sub`ektlar o`qituvchi va o`quvchi munosabatini ob`ektiv-sub`ektiv shakldan dialog muno-sabatiga asoslangan sub`ektga ko`chirish. Bunda o`qituvchining ma`-naviy intellektual ta`siri ostida har bir o`quvchining o`z imko-niyatlarini to`la ishga sola olishlari ta`minlanishi kerak. Buning uchun nazariy-amaliy asosda tashkil etilgan maktab jamoasi ham butanlay o`zgarishga o`tishi kerak bo`ladi. Bu tashkilot pedagog va o`quvchilarning bosh yo`nalishi bo`lgan ma`naviy-ahloqiy va intel-lektual muhitni yaratishda birgalikda hamkorlik qilishlariga im-kon berish, shu bilan birga erkin o`quvchining shaxsi pedagog shaxsi bilan teng qo`yilishi kerak. 3. Shu vaqtgacha muntazam o`rnashib qolgan shaxsni bir xilda ijtimoiylashtirishdan farqli o`laroq, milliy, tabiiy, demogra-fik va ruhiy-fiziologik asoslarga o`quvchilarning individual xususiyatlari diqqat –e`tiborini kuchaytirish. Bunday holda har bir bolaning shaxsida zohir bo`ladigan ichki kechinmalarni avaylashga e`tibor berishni kuchaytirish muhimdir. Bunda «har tomonlama va uyg`un rivojlantirish» chaqiriqlariga qarama-qarshi o`laroq, shaxs-ni shakllantirishda faoliyat-xizmat tarzida yondashish yo`nalishi aniq ko`rinishga ega bo`lishi kerak. 4. Ta`lim mazmuniga bo`lgan qiziqish “moddiy tomondan ri-vojlantiruvchi” yo`nalishga o`tishi. Boshqacha qilib aytganda, ta`-lim mazmuni “tayyor” holda beriladigan bilimlar miqdoriga emas, balki o`quvchilarning ijobiy tashabbuslari, faoliyatlarini rag`-batlantirish, ko`nikma va malakalarning shakllanishiga xizmat qilmog`i kerak. Ya`ni dunyo, madaniyat, tabiat, hayot, oila, salomatlik kabi umuminsoniy tushunchalarni o`z ichiga olgan pedagogik jarayon-ning asosiy funktsiyasini tashkil qiluvchi tarbiya masalalarini ta`lim orqali hal qilishga intilishdir. 5. Davlat va OO`Yu, maktab akademik litsey, kasb-hunar kollej-lari orasidagi o`zaro munosabatlar xarakterining o`zgarishi – bu ta`lim muassasalarining mustaqil faoliyat ko`rsatishi bilan bog`-liqdir. Bu respublikamizdagi o`ziga xos xususiyatlari, sharoitlari bilan farq qiladigan hududlarda OO`Yu, maktab, akademik litsey, kasb-hunar kollejlarning o`ziga xos ravishda rivojlanishlariga davlat tomonidan kerakli sharoitlar yaratish orqali amalga oshi-riladi. Shuning uchun ham mustaqil davlatimizning yangilangan ta`lim siyosatini amalga oshirishi va zamonaviy pedagogik texno-logiyalarning samarali qo`llanishida mahalliy idoralar, hokim-liklarning mustaqil faoliyatlari muhim ahamiyatga ega. Ma`lumki, zamonaviy pedagogik texnologiyalar ta`lim tizi-miga kirib kelar ekan, kerakli pedagogik shart-sharoitlar bo`li-shini taqozo etadi. Ko`pgina pedagog olimlarning ilmiy izlanishlaridan ma`lumki, agar pedagogika jarayonda moddiy-texnik ta`-minot, mazmun, uslub, usul, o`qituvchi shaxsi o`zaro bir-biri bilan bog`liq holda ta`sir etsagina, bu jarayon mukammal va samarali bo`-lishi mumkin. Gap zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta`lim tizimida qo`llash xususida borar ekan, u maktab – kollej va oliy o`quv yurt-larining moddiy texnik ta`minotiga ham o`z talabini qo`yadi. Mashg`ulotlarni guruhlarga ajratib va individual o`tish uchun o`quvchi-talabalarning sinf va sinfdan tashqari faoliyatlarining o`zaro bog`liqligini ta`minlash, olgan bilim, ko`nikma va malakala-rini amalda qo`llash, qo`l mehnati, amaliy faoliyat jarayonida amalga oshirishlariga sharoit yaratishni (auditoriya, sinf xonasi, kutub-xona, sport zali, ustaxona va h.k.) ko`zda tutish muhimdir. Shuning-dek, o`qituvchining darsga puxta tayyorlanishi, kerakli material-lardan foydalana oshishi uchun zamonaviy pedagogik-psixologik, didaktik va falsafiy adabiyotlar, ilmiy-ommabop jurnallar, ga-zetalar, badiiy adabiyotlardan foydalana olishi uchun boy fondga ega bo`lgan kutubxona, uning ishini engillashtirish uchun auditoriya, sinf xonalari komp`yuter bilan ta`minlanishi ham muhimdir. Pedagogik jihatdan ta`minlanishning yana bir elementi, bu – o`qituvchi shaxsi, maktab, akademik-litsey, OO`Yu, pedagogik jamoa-sini shakllantirish, pedagogik texnologiyalarning kirib kelishi bilan bog`liq zamonaviy maktab, kollej, universitet va institut-larda jahon andozalariga mos ravishda o`qitish ishlarini yaxshi-lash maqsadida pedagogik kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash si-fati, kasbga tayyorgarlik darajalarini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo`l-lashda maktab, oliy va o`rta ta`lim muassasalarining adaptatsiya jarayonidan o`tishiga imkon berishi ham pedagogik jihatdan ta`- minlanishining elementlariga kiradi. Shu bilan birga o`quvchilar va talabalarning intellektual rivojlanganligi haqidagi axbo-rotga ega bo`lish zamonaviy pedtexnologiyalarni qo`llashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi zamonaviy ta`lim, ZPT yangi ruh va mazmundagi pedagogik tafakkur, taraqqiy-parvar fikr, g`oyalar mah-sulidir. Yangi fikr, g`oyalar o`z navbatida mavjud muammolar, yo`l qo`yilgan xato va kamchiliklarning chuqur tahlil qilinishi nati-jasida yuzaga keladi. Shuning uchun ham jamiyatdagi ijtimoiy-ma-daniy muhit ahvoli tahlil qilingan holda ta`limni insonpar-varlashtirish, yuzaga kelgan mavjud muammolarni oqilona hal etib borish, yangicha ishlash zamonaviy pedagogik tafakkurning asosi bo`-lib qoladi. Bu esa o`z navbatida ta`lim natijasini kafolatlaydi-gan, ta`lim tizimining rivojlanib borishi, jamiyat taraqqiyoti, shaxs kamolotiga hissa qo`shadigan zamonaviy pedagogik texnologiya-larning kirib kelishiga zamin yaratadi. Bayon etilgan fikrlar shunday xulosalarga kelishimizga imkon beradi: ta`limning har bir bosqichida zamonaviy pedagogik tex-nologiyalarni ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy sharoitlarda jamiyat munosabatlarini isloh qilish, ya`ni demokratlashtirish, fuqaro-lik jamiyatini barpo etish, ta`limni insonparvarlashtirishga sa-marali ta`sir ko`rsatadigan ilmiy-kontseptual asosga ega bo`lgan-dagina qo`llash muvofiqdir. Qo`llanilayotgan zamonaviy pedagogik texnologiyalar o`qituvchi va o`quvchi hayotiga engillik olib kelishi, o`quvchining xohlab, qoniqib o`qishiga imkon berishi va jamiyat ta-raqqiyotining rivojlanishiga ijobiy ta`sir ko`rsatishini kafo-latlashi kerak. Zamonaviy pedtexnologiyalar qo`llanilishidan ol-din adaptatsiyadan o`tishi, pedagogik shart-sharoitlar, moddiy-tex-nik baza hisobga olinishi lozim. Agar zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo`llashda ilmiy asos va kafolatlangan natija bo`lmas ekan, bunday texnologiyalar oqibati shaxs kamoloti, ta`lim tizimi va jamiyatning yuksalishiga to`g`anoq bo`laveradi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar haqidagi aniq tushuncha va tasavvurlar yuqoridagilardan ma`lum bo`ladiki, hozirda xususiy metodikalar bilan deyarli tenglashtrish hollari uchraydi. Aslida esa ular orasida jiddiy farqlar mavjud. Zotan, metodika - biror ishni maqsadga muvofiq o`tkazish metodlari, yo`llari majmui. U alohida metodikalarga ajraladi. Pedagogika fani ma`lum o`quv fanlarini o`qitish qonuniyatlarini tadqiq qiladi. Masalan, tillar metodikasi, arifmetika metodikasi va shu kabilar. Download 36.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling