Dunyoqarashning shakllari Reja: Falsafa tushunchasi, falsafa fanining predmeti, Falsafaning maqsadi va asosiy funksiyalari
Diniy dunyoqarashga xos bo‘lgan xususiyatlar
Download 41.15 Kb.
|
Dunyoqarashnbing shakllari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Diniy dunyoqarashning mifologik dunyoqarashdan farqi
- Falsafaning amaliy qadr-qiymati.
Diniy dunyoqarashga xos bo‘lgan xususiyatlar:
e’tiqod, ya’ni xudoning bor ekanligiga ishonish, unga aql va bilim bilan itoatda bo‘lish; qandaydir g‘ayri tabiiy kuchlarga, ular tomonidan sodir etilajak mo‘jizalarga ishonish va e’tiqod qilish; diniy ibodatlarning borligi; diniy «muqaddas yozuv - kitob»larning mavjudligi; cherkov, masjitlarning diniy tashkilot sifatida faoliyat olib borishi bilan ifodalanadi. Diniy dunyoqarashning mifologik dunyoqarashdan farqi: a) diniy ongning o‘z obyekti va subyektini qat’iy tarzda ajrata olishi, mifning esa odamni tabiatdan ajrata olmasligi; b) dinning olamni jon va tana, ruh va vujud, yer va osmon, tabiiy va g‘ayri tabiiy sohalarga ajratishi, mifning esa o‘z afsonaviy shaxslarining faqat mavjud moddiy olam qo‘ynida yashaydi deb tushunishi; v) dinda e’tiqodning amaliy xatti-harakatlar bilan chambarchas bog‘liqligi, mifda esa uning hali amaliy e’tiqod darajasiga ko‘tarilmaganligi; g) dinda odamning Xudo bilan ruhan birlashuvi masalalarining aniq ifoda etilganligi, mifda individning o‘z qarindosh urug‘lari bilan birlashuvining tasvirlanishi bilan belgilanadi. Diniy dunyoqarashni teologiya («teo» - xudo, «logos» - ta’limot) deb ataladigan fan o‘rganadi. Dunyoqarashning navbatdagi rivojlangan tarixiy tipi falsafa hisoblanadi. Falsafiy dunyoqarash: ta’rifi va xususiyatlari. Falsafiy dunyoqarash - bu olam va odam munosabatlaridagi tabiat, jamiyat va insonning eng umumiy o‘zaro bog‘lanish, aloqadorlik va rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganish asosida kundalik faoliyat, dunyoviy, diniy, ilmiy bilimlar, hayotiy kuzatishlar va ijtimoiy tarbiya ta’sirida shakllanadigan va rivojlanadigan bir butun olam haqidagi ilmiy, tarixiy, mantiqiy, universal, maqsadli, g‘oyaviy, nazariy bilim va amaliy xatti-harakatlarning yaxlit tizimidir. Falsafaning amaliy qadr-qiymati. Odamlar, xususan talabalar nima uchun bankirga, dasturchiga, shifokorga, huquqshunosga, tilchiga, muhandisga, o‘qituvchi va boshqalarga falsafani o‘rganish kerak degan savolni tez-tez berishadi. Ularning kelgusi mutaxassisligiga u qanchalik kerak? Ularga quyidagicha javob berish mumkin: falsafa inson hayotida kasbiy majburiyatlarni muvaffaqiyatli bajarish, unda muayyan yutuqlarga erishishda mavjud real voqelik va faoliyatlarga alohida munosabatda bo‘lish, tafakkur tamoyillari va tarzini egallashni o‘rganish va o‘rgatish uchun zarurdir. Demak, falsafa amaliyotda insonga nima beradi? 1. Dunyo yaratilishining umumiy qonunlari va tamoyillarini bilishga yordam beradi. 2. Dunyoda o‘zining o‘rnini va hayotiy maqsadlarini anglashni o‘rgatadi. 3. Haqiqiy hayotiy qadriyatlarni va yo‘nalishlarni aniqlash, shuningdek to‘g‘ri yashashni (xayollarsiz, yanglishlarsiz, azob-uqubatlarsiz) o‘rganish vazifasini bajaradi. 4. Tafakkurning dialektik tarzini o‘zlashtirish, har qanday muammoni bir butun, uning har xil tomonlarini ziddiyatli, chuqur anglash va samarali hal qilish yo‘llarini ko‘rsatib beradi. 5. O‘zini kamolotga yetkazishda falsafiy donishmandlikdan foydalanishga imkon hosil qiladi. 6. Shaxsning ichki ma’naviy «o‘zagini» mustahkamlaydi va hayotiy qiyinchiliklarni va «taqdir zarbalarini» matonat bilan engish qobiliyatini rivojlantiradi. 7. Kelajakka boqish va chegaralangan bilishdan odamning baland turish imkoniyatini ro‘yobga chiqarishga yordamlashadi. Download 41.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling