Dunyoqarashning tarixiyligi yana shundaki, u ma’lum bir jarayonda


Xulosa chiqarishning umumiy mantiqiy tavsifi: tuzilishi, turlari


Download 40.24 Kb.
bet13/13
Sana05.01.2022
Hajmi40.24 Kb.
#218871
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
falsafa 10 mavzu

Xulosa chiqarishning umumiy mantiqiy tavsifi: tuzilishi, turlari

va umumiy qoidalari.

Xulosa chiqarishning umumiy mantiqiy tavsifi. Mantiqiy ergashish

tushunchasi. Voqelikni bilish jarayonida inson yangi bilimlarga

ega boladi. Bu bilimlar abstrakt tafakkur yordamida,

mavjud bilimlarga asoslangan holda vujudga keladi. Bunday bilimlarni

hosil qilish mantiq ilmida xulosa chiqarish, deb ataladi.



Xulosa chiqarish — bir va undan ortiq chin mulohazalardan

ma’lum qoidalar yordamida yangi bilimlarni keltirib chiqaruvchi

tafakkur shaklidir. Xulosa chiqarish asoslar, xulosa va asoslardan

xulosaga olish jarayonidan tashkil topadi. To‘g‘ri xulosa

chiqarish uchun, avvalambor, asoslar chin mulohazalardan iborat

bolishi, o‘zaro mantiqan boglanishi kerak. Masalan, «Ibn Sino

«Donishnoma» asarini yozgan» va «Pifagor matematik bolgan»

degan ikki chin mulohazadan xulosa chiqarib bolmaydi. Chunki

bu mulohazalar oltasida mantiqiy aloqadorlik yo‘q.

Xulosa asoslari va xulosa ham o‘zaro mantiqan boglangan

bolishi shart. Bunday aloqadorlikning zarurligi xulosa chiqarish

qoidalarida qayd qilingan boladi. Bu qoidalar buzilsa,

to‘g‘ri xulosa kelib chiqmaydi. Masalan, «Do'stlarim sport bilan

shug‘ullanadilar» degan mulohazadan «Do‘stlarim sport masteri»

deb, xulosa chiqarib bolmaydi.

Demak, xulosa chiqarishning tuzilishi uch elementdan iborat:

xulosa asoslari, xulosa va mantiqiy ergashish (xulosa asoslarining

o‘zaro mantiqiy aloqadorligi va xulosa asoslari bilan xulosaning

mantiqiy aloqadorligi).

Xulosa chiqarish xulosaning chinlik darajasiga ko‘ra zaruriy

va ehtimoliy; xulosa asoslarining soniga ko‘ra bir asosli (bevosita)

va ko‘p asosli (bavosita); fikrning harakat yo‘nalishiga ko‘ra

deduktiv, induktiv, analogiya kabi turlarga bo‘linadi.

Mazkur tasnifda xulosa chiqarishni fikrning harakat yo‘nalishi

bo‘yicha turlarga ajratish nisbatan mukammalroq bo‘lib, u xulosa

chiqarishning boshqa turlari haqida ham ma’lumot berish imkonini

yaratadi. Xususan, deduktiv xulosa chiqarish zaruriy xulosa

chiqarish, induktiv xulosa chiqarish (toliq induksiyani hisobga

olmaganda) va analogiya ehtimoliy xulosa chiqarish deb olib qaralishi,

bevosita xulosa chiqarish esa deduktiv xulosa chiqarishning

bir turi sifatida o‘rganilishi mumkin.

Deduktiv xulosa chiqarish. Deduktiv xulosa chiqarishning

muhim xususiyati — unda umumiy bilimdan juz’iy bilimga

o‘tishning mantiqan zaruriy xususiyatga egaligidir. Uning turlaridan

biri bevosita xulosa chiqarishdir.

Faqat birgina mulohazaga asoslangan holda yangi bilimlarning

hosil qilinishi bevosita xulosa chiqarish, deb ataladi. Bevosita xulosa

chiqarish jarayonida mulohazalarning shaklini o‘zgartirish

orqali yangi bilim hosil qilinadi. Bunda asos mulohazaning tarkibi,

ya’ni subyekt va predikat munosabatlarining miqdor va sifat

tavsiflari muhim ahamiyatga ega boladi. Bevosita xulosa chiqarishning

quyidagi mantiqiy usullari mavjud:

I. Aylantirish (lot. - obversio) shunday mantiqiy usulki,

unda berilgan mulohazaning miqdorini saqlagan holda, sifatini

o‘zgartirish bilan yangi mulohaza hosil qilinadi1. Bu usul bilan

xulosa chiqarilganda qo‘sh inkor sodir boladi, ya’ni avval asosning

predikati, keyin boglovchisi inkor etiladi. Bu usul bilan



quyidagi ikki formula asosida xulosa chiqarish mumkin:
Download 40.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling