Dunyoqarashning tarixiyligi yana shundaki, u ma’lum bir jarayonda
Nikoh — eng qadimgi axloqiy munosabat shakli. Nikohning qonuniy va diniy jihatlari
Download 40.24 Kb.
|
falsafa 10 mavzu
Nikoh — eng qadimgi axloqiy munosabat shakli. Nikohning qonuniy va diniy jihatlari. Nikoh o‘z mohiyatiga ko‘ra axloqiy
hodisa. Nikoh — erkak va ayolning teng huquqli, erkin va ixtiyoriy ittifoqi bo‘lib, u fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida tuziladi va oila tuzish maqsadiga xizmat qiladi. Oila jamiyatning dastlabki bo‘g‘ini sanaladi va davlatning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki oilada tug‘ilib, tarbiya topayotgan yosh avlod jamiyatning, davlatning ertangi kunini, istiqbolini belgilab beradi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2018-yil 2-fevraldagi «Xotin-qizlarni qo‘llab - quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori oila mustahkamligini ta’minlash, uning ijtimoiy vazifalarini amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytirish, ayniqsa, oilaning farzandlar tarbiyasidagi nufuzini oshirishga ko‘maklashish hamda mamlakatimizda oila va nikoh munosabatlarining qadriyat sifatida e’tirof etish uchun asosiy poydevor bo‘lib xizmat qiladi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan marosimdagi ma’ruzasida oilaning jamiyat taraqqiyotidagi nufuzi haqida: «Barchamizga ayonki, yurtimizdagi har qaysi inson, har qaysi oilaning eng ezgu orzu-maqsadlari, hayotiy manfaatlari avvalambor uning farzandlari timsolida namoyon bo‘ladi, ro‘yobga chiqadi. Albatta, bu borada yurtimizda ulkan ishlar qilinmoqda va ular amalda o‘zining ijobiy natijasini bermoqda», — deb ta’kidlagan edilar. Bir qancha respublika va xalqaro miqyosdagi normativ huquqiy hujjatlarda ona va bola huquqlari mustahkamlab qo‘yildi. Jumladan, respublikamiz konstitutsiyasining XIV bobi oilaga bag‘ishlangan boMib, bu yerda oila va nikoh munosabatlari, ona- lik va bolalik davlat tomonidan to'la muhofaza qilingan. Qonunga binoan nikoh tuzish shartlaridan eng muhimlari — nikohga kiruvchilarning o‘zaro roziligi va ularning nikoh yoshiga yetganliklari. Bizda yigitlar uchun — 18, qizlar uchun — 17 nikoh yoshlari qilib belgilangan. 1998-yili Oila kodeksini 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanishi oila va nikoh masalalarini tartibga solishda va mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Bir so‘z bilan aytadigan boMsak oila va nikoh munosabatlari har doim davlatimiz himoyasida bolgan va davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qarab kelingan. Yurtimizda oila va nikoh munosabatlari davlat qonun-qoidalari hamda avloddan avlodga o‘tib kelayotgan go‘zal an’analar asosida amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, huquq sohasiga oid an’analar mustaqillik davrida o‘tmish merosimizdagi va milliy mental xususiyatlar asosida tobora mukammallashtirilib, optimallashtirish choralari ishlab chiqilmoqda. Mustaqil 0 ‘zbekistonning Konstitutsiyasida belgilangan oila- nikoh munosabatlariga oid qonun-qoidalar majmuyi davlat g‘amxo‘rligiga olinib, o‘zbek xalqining bu boradagi milliy va diniy qadriyatlarini ham nazarda tutgan holda «Mehnat kodeksi», «Oila kodeksi», «Fuqarolik va jinoyat kodeksi» hamda «Sog‘lom avlod» kabi qonunlarida o‘z ifodasini topgan. Ularda oila-nikoh masalalariga ma’naviy jihatdan ham yondashilib qonun darajasiga ko‘tarilgan.0 ‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 8-moddasida oilaviy munosabatlarda urf-odat va an’analarga amal qilish to‘g‘risida alohida so‘z yuritiladi: «Qonun hujjatlarida oilaviy munosabatlarni tartibga solishga oid tegishli normalar bolmagan taqdirda, 0 ‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga zid bolmagan mahalliy urf-odat va an’analar qollaniladi1. Darhaqiqat, Kodeksda davr sinovidan o‘tgan umuminsoniy qadriyatlar bilan etnomadaniy an’analar, o‘zbek xalqining mentaliteti o‘z ifodasini topgan. Ushbu milliy va diniy urf-odatlar, an’analar orasida shundaylari borki, ular oila-nikoh masalasidagi qonun hujjatlariga zid kelmaydi. Aksincha, ular asrlar davomida tarix sinovlaridan o‘tib, oilani mustahkamlashga xizmat qilib kelmoqda. Oila, nikoh haqida, uning mustahkamligi to‘g‘risida diyorimizdan yetishib chiqqan buyuk allomalarimiz Imom al-Buxoriy, Imom al-Moturidiy, Burhoniddin al-Marg‘inoniy, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat va boshqalar o‘z asarlarida qimmatli fikrlarini keltirib o‘tganlar. Xususan, fiqh (musulmon huquqshunosligi) ilmining sultoni Burhoniuddin Marg‘inoniyning oilani mustahkamligi va farovonligini oshirishga xizmat qiladigan, oila va nikoh masalasida chiqarilgan ayrim hukmlarini ta’kidlash lozim.
Download 40.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling