Duragay qorako’lni xillash tartibi reja: Kirish


Download 109.15 Kb.
bet3/4
Sana22.05.2020
Hajmi109.15 Kb.
#108870
1   2   3   4
Bog'liq
DURAGAY QORAKO’LNI XILLASH TARTIBI

(75 kun)



O’rganilgan ko’rsatkichlar:

  1. Oziqa rasionlari va tahlili.

  2. Qo’ylarning o’sish sur’ati.

  3. Qo’ylarlarning go’sh mahsuldorligi.

  4. Mahsulot uchun sarflangan ozuqa

  5. Tajribaning iqtisodiy samaradorligi.

Qo’ylarni boqish muddati 75 kunni tashkil etgan.



Nazorat va tajriba guruhlardagi qo’ylarga ozuqa me’yorlari hamda ozuqalarning to’yimliligi va tarkibi A.P. Kalashnikov (1988) ma’lumotlar asosida aniqlandi.

O’tkazilgan tajribalarda tuzilgan ozuqa ratsionlari quyidagi ko’rsatkichlar bo’yicha tahlil qilindi:



  1. Ratsion strukturasi, ya’ni har xil guruh (dag’al va konsentrat) ozuqalarning to’yimliligi ratsionning umumiy to’yimliliga bo’lgan nisbati.

  2. Mollarning 100 kg tirik vazniga to’g’ri keladigan quruq modda miqdori.

  3. Ratsion tarkibidagi har bir ozuqa birligiga to’g’ri keladigan hazmlanuvchi protein miqdori.

  4. Ratsion tarkibidag quruq modda tarkibidagi xom kletchatka miqdori.

  5. Rasion tarkibidagi kalsiyning fosforga bo’lgan nisbati

Mahsulotning ozuqa bilan qoplanishini aniqlash uchun, qo’ylarni bo’rdoqiga boqish darida sarflanga oziqa birligiga qo’ylarning ortirilgan vazn miqdoriga bo’lish yo’li bilan aniqlandi.

Har bir qanday izlanish yoki ilmiy tadqiqotning samarasi uning iqtisodiy rentabelligini aniqlash bilan belgilanadi. Shuningdek, bizning olib borilgan ishimizning iqtisodiy samaradorligini aniqlash muhim ko’rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Tajriba natijalari asosida tajribaning iqtisodiy samaradorligi hisoblab chiqarildi.

Hayvonlarni sog’ligini asrashga, mahsuldorligiga va olinadigan mahsulot sifatiga oziqlantirish katta ta’sir ko’rsatadi. To’liq qiymatli oziqlantirish modda almashinuvi buzilishining, takror ishlab chiqarishning va hayvonlarning kasallanishini oldini olishda alohida o’rin to’tadi. Shu narsa e’tiborga olingan holda zoomuhandislarga ozuqalar sifatini, ozuqani tayyorlash texnologiyasini va oziqlantirishni nazorat qilish vazifalari yuklatiladi.

Bo’rdoqiga boqiladigan qo’ylar uchun to’laqiymatli oziqlantirishni tashkil etishdan asosiy maqsad ularning o’sish sur’atini va go’sht mahsuldorligini oshirish uchun zarur bo’lgan to’yimli moddalarga bo’lgan talabini qondirishga qaratilgan.

Bo’rdoqiga boqiladigan qo’ylarning to’yimli moddalarga bo’lgan talabi, ya’ni ozuqa me’yori ularning yoshi, tirik vazni va o’rtacha kunlik et olishiga bog’liq bo’ladi (A.P. Kalashnikov 1985 y.).

Tajribada ostida bo’lgan qo’ylarning ushbu ko’rsatkichlarga qaraganda bir kunda kuyidagi miqdorda to’yimli moddalar talab etiladi: ozuqa birligi – 1,4 kg, qurruq modda – 1,9 kg, hazmlanuvchi protein – 150 g, xom kletchatka – 600 g, kalsiy 8 g, fosfor 4 g, osh tuzi 15 g va karotin 15 mg.

Qo’ylarni bo’rdoqiga boqishda ratsion takibidagi ozuqalarning solishtirma og’irligi (ratsion strukturasi) ratsioning umumiy to’yimligiga nisbatan to’g’ri belgilanib olish katta ahamiyatga ega.

Biz o’tkazgan tijribamizda nazorat guruhdagi qo’ylar (10-jadval) quyidagi miqdorda ozuqalar kiritilgan: turli o’tlar pichani – 1,5 kg, bug’doy samoni – 0,5 kg, paxta shroti – 0,1 kg, arpa doni – 0,4 kg, osh tuzi 15 g.

Ko’rinib turibtiki qo’ylar uchun tuzilgan ratsion tarkibida jami 1,32 oziqa birligi, 2,13 kg quruq modda, 153 g hazmlanuvchi protein, 600 g xom kletchatka, 15,06 g kalsiy, 6 g fosfor va 25 mg karotin mavjud. Bunda ko’rinib ratsion takibidagi asosiy to’yimli moddalar hayvonlarning talabiga javob beradi.

Uglevodlar organizm uchun yaxshi energiya manbai, modda va energiya almashinuvida katta ahamiyatga eaga bo’lganligi uchun uning ta’minlanganligini nazorat qilish maqsadga muvofiqdir. Bunda ratsion tarikbida qand, kraxmal va xom kletchatka aniqlanadi. Qand protein nisbati me’yorda bo’lishi uchun 1 ozuqa birligiga 60-90 g qand miqdor kelishi kerak. Yengil hazmlanuvchi uglevodlarning (kraxmal va qand) xom kletchatkaga bo’lgan nisbati 1,5 – 1,6 marotoba ko’p bo’lishi katta qorinda mikrofloraning o’rinalmashmaydigan aminokislotalar biosinteziga ijobiy ta’sir etib, uchivchi yog’lar kislotalarning ko’payishi bilan sutning yog’lik darajasi oshadi.



    1. jadval

Nazorat guruhdagi qo’ylar uchun oziqlantirish ratsioni




Oziqa turi



Ozuqa miqdori, kg

Ozuqa birligi, kg

Quruq modda, kg

Hazm. protein, g

Xom kletchatka, g

Kalsiy, g

Fosfor, g

Osh tuzi, g

Karotin, mg

Ozuqa

me’yori


1,30

1,90

150

500

8

4

15

15

1


Turli o’tlar

pichani

1,50

0,66

1,28

84,00

385,50

12,45

3,00




22,50

2


Bug’doy samoni

0,50

0,11

0,42

2,50

182,50

1,40

0,40




2,00

3


Paxta

shroti


0,10

0,09

0,09

32,9

12,4

0,41

1,00




0,10

4


Arpa

doni


0,40

0,46

0,34

34,00

19,60

0,80

1,60




0,16

5


Osh tuzi

0,015



















15







JAMI




1,32

2,13

153,4

600

15,06

6,00

15

25




FARQI

±





+0,02

+0,23

+3,4

+100

+7,06

+2,0

0

+10

Ratsioning energetik qiymatini oshirish quruq modda tarkibida xom kletchatka miqdorini kamaytirish yo’li bilan amalga oshiriladi.

Ko’rinib turibdiki, tuzilgan ratsion tarkibida to’yimli moddalar me’yorga nisabtan kam bo’lmagan. Umuman olganda bu ratsion to’la qimmatli deb hisoblansa bo’ladi, ammo mahsulot beruvchi mollarga oziqlantirish ratsionini tuzishda, ratsioning moddalar bilan ta’minlanganigidan tashqari ayrim moddalarning nisbatlarini hisobga olish kerak. Shuning uchun ratsionlarni tahlil qilish katta ahamiyatgan ega. Bizlar ham yuqorida keltirilgan ratsion tahlilini o’tkazdik va quyidagi natijalar aniqlandi.



    1. jadval

Nazorat gurudhagi qo’ylar ratsionining tahlili

1


Ratsion strukturasi:

a) dag’al ozuqalar:

0,77*100/1,32= 58 %



b) konsentrat ozuqalar:

0,55*100/1,32 = 42 %



2

100 kg tirik vaznga to’g’ri keladigan quruq modda:

2,13/0,35 = 6,34 kg



3

1 ozuqa birliga to’g’ri keradigan hazmlanuvchi protein:

153/1,32 = 115 g



4

Quruq modda tarkibidagi xom kletchatka:

0,600*100/2,13 = 28 %



5

Ca:P nisbati:

15,06/6,0 = 2,51


Ushbu ratsion tahlidan ko’rinib turibdiki, ratsion strukturasi bo’yicha dag’al ozuqalarning to’yimligigi - 58 % va konsentrat ozuqalarning to’yimliligi – 42 % ni tashkil etgan.

Qo’ylarning har 100 kg tirik vazniga to’g’ri keladigan quruq modda 6,34 kg

ni tashkil etgan. Ratsion tarkibida har 1 ozuqa birligiga 115 g hazmlanuvchi

protein to’g’ri kelgan. Quruq modda tarkibidagi xom kletchatka miqdori 28 % ga teng bo’lgan.

Ratsion tarkibida kalsiy fosfor nisbati 2,51 ga teng bo’lgan.

Shuni ta’kidlash joizki, ushbu ratsion tahlili bo’yicha shunday kamchiliklarni qayd etish mumkin:

Birinchidan: bo’rdoqiga boqilga qo’ylarning 100 kg tirik vazniga to’g’ri keladigan qo’ruq modda belgilangan me’yorlarga yuqori bo’lmoqda, chunki rasion tarkibiga shirali oziqalar kiritilmagan. Shuni ta’kidlash joizki, qo’ylarni boqishda rasionga shirali oziqalar, masalan: silos, senaj, ildizmevalilar kirish maqsadga muvofiq, ammo, biz o’tkazga tajriba xudidi iqlimi quruq bo’lgan xudud bo’lib, mahsulotlarni yetishtirishda suv tanqizligi ancha sezilarli bo’lganligi uchun shirali oziqalardan foydalanilmagan.

Ikkinchidan: quruq modda tarkibida xom kletchatka 28% ni tashkil etmoqda. Ma’lumki, xom kletchatka ratsionlarning energetik qiymatini bo’lgilaydigan ko’rsatkichlardan biridir. Agarda bu ko’rsatkich me’yorga nisbatan oshib ketka, natijada ratsion tarkibidagi to’yimli moddalarning hazmlanish darajasi pasayadi.

Kletchatka xususiyati to’g’risida aytadigan bo’lsak, xom kletchatka organik moddalarning uglevodlar guruhiga kirib, uning asosiy qismini selyulloza, lignin, pentoza, geksazan, kutin, suberin va boshqa moddalar tashkil etadi. Kletchatka faqat o’simlik tarkibida uchraydi va hujayrani tashqi muhitdan himoya qiluvchi vazifasini bajaruvchi bo’lganligi uchun, boshqa to’yimli moddalarga nisbatan qiyin hazmlanadi. Shuning uchun ozuqa tarkibidagi xom kletchatka miqdori uning energetik to’yimliligini belgilaydi

Hayvonlarni ozuqlantirishda to’yimlilikni birlamchi baholash ko’rsatgichi sifatida kimyoviy tarkibni o’rganish muhimdir. Chunki kimyoviy tarkib asosida oziqaning umumiy to’yimliligi belgilanadi va shu asosida ratsion tuziladi. Ammo ko’pgina fermer xo’jaliklarida oziqadagi mavjud to’yimlilik aniqlanmasdan adabiyot ma’lumotlaridan foydalaniladi. Xo’jalikdagi oziqalarning to’yimliligi adabiyotlardagi o’rtacha ko’rsatgichga nisbatdan past bo’lsa hayvonning to’yimlilik moddalarga bo’lgan talabi qondirilmaydi, demak hayvonning mahsulot

berish imkoniyatidan to’liq foydalanilmaydi, o’rtacha ko’rsatgichlardan yuqori bo’lsa ozuqa me’yordan ortiq berilgan bo’ladi, natijada olingan mahg’sulot tannarxi qimmatlashadi.

Tajriba guruhdagi qoylarga quyidagi tartibda ozuqa ratsioni tuzilgan (12 - jadval).

12 -jadval

Tajriba guruhdagi qo’ylar uchun oziqlantirish ratsioni




Oziqa turi



Ozuqa miqdori, kg

Ozuqa birligi, kg

Quruq modda, kg


Hazm. protein, g


Xom kletchatka, g



Kalsiy, g

Fosfor, g

Osh tuzi, g

Karotin, mg

Ozuqa

me’yori


1,30

1,90

150

500

8

4

15

15

1


Turli o’tlar

pichani

1,50

0,66

1,28

84,00

385,50

12,45

3,00




22,50

2


Bug’doy

samoni


0,50

0,11

0,42

2,50

182,50

1,40

0,40




2,00

3


Paxta

shroti


0,10

0,09

0,09

32,9

12,4

0,41

1,00




0,10

4


Arpa

doni


0,40

0,46

0,34

34,00

19,60

0,80

1,60




0,16

5


Osh tuzi

0,015



















15







Karba-

mid


0,01







26



















DAF

0,015
















3,5










JAMI




1,32

2,13

179,4

600

15,06

9,5

15

25




FARQI

±





+0,02

+0,23

+29,4

+100

+7,06

+5,5

0

+10

Shuning uchun har bir xo’jalikda yetishtiriladigan ozuqalarning turlari bo’yicha haqiqiy to’yimliligini aniqlab ratsion tuzish zarur. Ushbu maqsadda

Navoyi kon metallurgiya kombinatiga qarashli Do’stlik agrofirmasidagi sog’in sigirlarga agrofirma mutaxassislari tomonidan adabiyot ma’lumotlari asosida tuzilgan ratsionning mahsuldorlikka ta’sirini va ratsionga kiritilgan ozuqalarning haqiqiy to’yimliligi asosida tuzilgan ratsionning mahsuldorlikga ta’siri o’rganildi Haydarov Q.H., (2011).

Tajribani o’tkazish uslubiyoti bo’yicha tajriba guruhiga ham shu tardibda rasion tuzilgan, lekin ushbu rasionga qo’shimcha qilib bir boshga bir kunda 10 g karbomid va 15 g diamoniy fosfat qo’shimcha berilgan.

Ko’rinib turibdiki tajriba guruhi uchun tuzilgan ratsion tarkibida jami 1,32 ozuqa birligi, 2,13 kg quruq modda, 179,4 g hazmlanuvchi protein, 600 g xom kletchatka, 15,06 g kalsiy, 9,5 g fosfor va 25 mg karotin mavjud. Bunda ko’rinib turibdiki rasion takibidagi asosiy to’yimli moddalar hayvonlarning talabiga javob beradi.

Shuni ta’kidlash joizki, tajriba guruhdagi qo’ylarga tuzilgan ratsion tarkibida to’yimli moddalar miqdorlari me’yorga nisbatan kam bo’lmagan, nazorat guruhiga nisbatan 10 g oziqaviy karbamid hisobiga rasion tarkibidagi hazmlanuvchi protein oshgan, bundan tashqari 15 g diamoniy fosfat hisobiga rasionga yana 3,5 g fosfor qo’shilgan.

Ushbu qo’shimchalar hisobiga rasonda bir oziqa birligiga to’g’ri keladigan hamlanuvchi protein miqdori oshgan va kalsiy fosfor nisbati kamaygan. Bu ko’rsatkichlar albatta o’zining ijobiy samarasini beradi degan ilmiy asos bo’lgan.

Tajriba guruhidagi qo’ylar uchun ratsion tahlili 13–jadvalda ko’rsatilgan.

Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, tajriba guruhdagi mollar uchun tuzilgan ratsion strukturasi bo’yicha dag’al ozuqalar o’zgarmagan bo’lib 58% ni tashkil etgan, konsentrat ozuqalar esa nazorat guruhida qancha bo’lsa shu miqdorda qolgan, ya’ni 42 % ni tashkil etgan.

Bo’rdoqiga boqilgan qo’ylarning har 100 kg tirik vazniga to’g’ri keladigan quruq modda 6,34 kg ni tashkil etgan.

Ratsion tarkibida har 1 ozuqa birligiga 135 g hazmlanuvchi protein to’g’ri kelgan.


  1. jadval

Tajriba guruhdagi qo’ylalar ratsionining tahlili

1


Ratsion strukturasi:

a) dag’al ozuqalar:

0,77*100/1,32= 58 %



b) konsentrat ozuqalar:

0,55*100/1,32 = 42 %



2

100 kg tirik vaznga to’g’ri keladigan quruq modda:

2,13/0,35 = 6,34 kg



3

1 ozuqa birliga to’g’ri keradigan hazmlanuvchi protein:

179/1,32 = 136 g



4

Quruq modda tarkibidagi xom kletchatka:

0,600*100/2,13 = 28 %



5

Ca:P nisbati:

15,06/9,5 = 1,6


Quruq modda tarkibidagi xom kletchatka miqdori 28 % ga teng bo’lgan. Ratsion tarkibida kalsiy fosfor nisbati 1,6 ga teng bo’lgan.

Shuni ta’kidlashki joizki, nazorat va tajriba guruhlariga tuzilgan ratsionlar o’rtasida tarkibiy qismlar bo’yicha ayrim farqlar mavjud. Bu farqlarni tahlil qilish uchun qo’yidagi 14- jadval tuzilgan.

Ushbu jadval ma’lumotlardan shunday hulosa chaqarish mumkinki, tajriba guruhida ratsion tarkibida dag’al va konsentrat oziqalar bir miqdorda bo’lgan.

Qo’ylarning 100 kg tirik vazniga to’g’ri keladigan quruq modda ham ikki guruhda bir hil bo’lib 6, 34 kg ni tashkil qilgan.

Har bir oziqa birligiga to’g’ri keladigan hazmlanuvchi protein nazorat tajriba guruhida 20 g ga yuqori bo’lgan. Bu rasioga qo’shimcha 10 g karbamid qo’shilganligi evaziga bo’lgan, ya’ni yuqorida ta’kidlangandek 1 g karbamid 2,6 g hazmlanuvchi protein ekvivalentiga teng.

Rasionda quruq modda tarkibidagi xom kletchatka ikki guruhda ham 28% ni tashkil etgan.


  1. jadval

Nazorat va tajriba guruhlari uchun tuzilan ratsionlari o’rtasidagi farqlar

1





Nazorat

Guruhi


Tajriba

guruhi


Nazoratga

nisbatan


Ratsion strukturasi (%):

a) dag’al ozuqalar



58

58

0

v) konsentrat ozuqalar

42

42

0

2


100 kg tirik vaznga to’g’ri keladigan quruq modda (kg)

6,34

6,34

0

3


1 ozuqa birliga to’g’ri

keradigan hazmlanuvchi protein (g)


116

136

+20


4

Quruq modda tarkibidagi

xom kletchatka (%)



28

28

0

6

Ca:P nisbati:

2,51

1,6

-0,09

Tajriba guruhdagi rasion tarkibida kalsiyning fosforga bo’lgan nisbati 1,6 ga teng bo’lgan, bu albatda maqsadga muvofiqdir.


Duragan qorako’lning navlari

Xo’jaliklarda qabul qilingan oziqlantirish ratsionlari o’stirish va mollarn go’sht uchun boqish rejasiga va oziqlantiish me’yoriga mos ravishda qo’ylarning o’sishi, rivojlanishi va semrishini ta’minlaydigan bo’lmog’i kerak. Biz o’tkazgan tajribada bo’rdoqiga boqilgan qo’ylarning o’sish sur’atini o’rganish asosiy

ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi, chunki yosh organizmining o’sishi birinchi navbatda oziqlantirish darajasiga bog’liq bo’ladi.


  1. jadvalda tajriba jarayonida qo’ylarning tirik vaznining o’zgarishlari qayd etilgan.

    1. jadval

Qo’ylarning tajriba davomida o’rtacha kunlik et olishi (o’rtacha bir bosh hisobiga)



Ko’rsatkichlar


O’lchov birligi


Nazorat guruhi


Tajriba guruhi



Nazorat guruhiga

nisbatan


kg

%

Tirik vazni tajriba

boshida


kg

34,0±0,8

34,2±0,7

-

-

Tajriba davomiyli

kun

75

75

-

-

Tirik vazni tajriba

oxirida


kg

45,5±0,9

48,2±1,1

2,7

105,9

Tajriba davomida

et olish


kg

11,5±0,3

14,0±0,4

2,5

121,7

O’rtacha kunlik et

olish


g

153±12

187±14

33

121,7

Yuqorida keltirilgan jadvalni tahlil qiladigna bo’lsak, shuni aytish mumkinki tajribani boshlashdan avval nazorat va tajriba uchun, o’xshashlik usulida tanlab olingan qo’ylarning tirik vazni ikki guruhda bir hil bo’lib o’rtacha 34,0-34,2 kg dan tashkil topgan.

Tajriba ostida bo’lgan qo’ylar 75 kun davomida boqilib ularning tirik vazni tajribaning yakunida qo’yidagicha bo’lgan, nazorat gurihida – 45,5 kg va tajriba guruhda – 48,2 kg. Bunda ko’rinib turibdiki, tajriba guruhdagi qo’ylarning tajriba

yakunidagi tirik vazni nazorat gurhdagi qo’ylarga nisbatan o’rtacha 2,7 kg, yoki 5,9 % yuqori bo’lganligi aniqlandi.

Tajriba davomida go’shtga boqilgan qo’ylarning semirish sur’atlari quyidagicha bo’lgan, nazorat guruhida – 11,5 kg, tajriba guruhida 14,0 kg. Ya’ni tajriba guruhida bu ko’rsatkich nazoratga nisbatan 2,5 kg yoki 21,7 %ga yuqori bo’lganligi aniqlandi.

Barcha qishloq xo’jalik hayvonlarning o’sish va rivojlanishini o’rganishda asosiy ko’rsatkichlardan biri bu o’rtacha kunlik et olishdir. Bizlar ham o’z tajribamizda bo’rdoqiga boqilgan qo’ylarning tirik vaznining o’zgarishini aniqladik. Bu ko’rsatkichlar qo’yidagicha bo’lgan, nazorat gurhida qo’ylarning o’rtacha kunlik o’sishi 153 g ni tashkil etdi, bu ko’rsatkich tajriba guruhida 187 g ga teng bo’ldi.

Bu ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki tajriba guruhdagi go’shtga boqilgan qo’ylarning o’rtacha kunlish et olishi nazorat ko’rsatkichiga nibatan 33 g yoki 21,7

% ziyod bo’lganaligi aniqlandi.

Shunday xulosa qilish mumkinki, qo’ylarga to’la qiymatli oziqlantirishni tashkil etishda ratsion takibidagi ozuqalarning nisbatlarini hisobga olish kerak.



Download 109.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling