Dusmatov fazliddinning


Download 1.35 Mb.
bet11/13
Sana29.03.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1306429
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
fazliddin uzbekiston kurs ishi

Pillachilik. Qishloq xo`jaligining qadimiy va istiqbolli tarmoqlaridan biri bo`lgan pillachilik ham mamlakatimiz iqtisodiyotida katta o`rin tutadi. O`zbekiston hududida ipak qurti juda qadimdan boshlab boqilgan. Ayrim ma`lumotlarga ko`ra ipak qurti boqish milodning IV asrida Xitoydan O`rta Osiyoga tarqalgan. 1913-yilda O`zbekistonda 4 ming tonnaga yaqin pilla yetishtirilgan bo`lsa, uning 90 foizi Farg`ona vodiysiga to`g`ri kelgan. Sobiq Ittifoq davrida pillachilik geografiyasi ancha o`zgarib ketdi. Endilikda pillachilik O`zbekistonning barcha viloyatlarida va Qoraqalpog`istonda ham rivojlangan. [3]
Hozirda O`zbekiston yiliga o`rtacha 15-18 ming t pilla ishlab chiqarmoqda. Mamlakatimiz jon boshiga pilla yetkazish bo`yicha jahonda birinchi, umumiy hajmi bo`yicha beshinchi o`rinda turadi. Pillachilikning O`zbekiston iqtisodiyotida katta o`rin tutishini e`tiborga olib 1998-yil 30-martda O`zbekiston Prezidenti “Respublika pillachilik sohasini boshqarish tizimini takomillashtirish to`g`risida”gi farmonga imzo chekdi. Ushbu farmonga ko`ra Respublikada pillachilik sohasini rivojlantirish borasida qator tadbirlar belgilandi va ular amalga oshirilmoqda.
Baliqchilik O`zbekistonda tabiiy va sun`iy suv havzalarida rivojlantirilmoqda. O`zbekistonning daryo va ko`llarida 62 baliq turi yashaydi. Shulardan zog`ora baliq, do`ngpeshona, sudak, oqcha (leshch), ilonbosh, cho`rtan qizilko`z xo`jalik ahamiyatiga ega. 1960 yilgacha respublikada baliqning asosiy qismini Orol dengizi berar edi. Orol suvining kamayib ketishi natijasida uning baliqchilikdagi ahamiyati tobora pasayib bormoqda. Ayni paytda baliq mahsulotlari yetishtirishda intensuv rivojlanayotgan sun`iy suv havzalarining hissasi oshib bormoqda. Yirik baliqchilik xo`jaliklari Jizzax, Sirdaryo (Aydarko`l, Arnasoy), Toshkent (Damachi), Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog`iston Respublikasidadir.
Arnasoy suv havzasida yiliga 2 ming t, Qoraqalpog`iston Respublikasining Orolbo`yi ko`llarida esa 3 ming tonnagacha baliq ovlanmoqda. Respublikadagi suv omborlari ham baliqchilikni rivojlantirishda ma`lum ahamiyatga ega. Har yili To`dako`l suv omboridan 500, Chimqo`rg`on va Jizzax suv omborlaridan 70-100 tonnagacha baliq ovlanadi.

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling