Dusmatov fazliddinning


Download 1.35 Mb.
bet1/13
Sana29.03.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1306429
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
fazliddin uzbekiston kurs ishi



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA`LIM FAN VA INOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
GEOGRAFIYA TA`LIM YO`NALISHI
4-BOSQICH G219-GURUH TALABASI
DUSMATOV FAZLIDDINNING
O`ZBEKISTON GEOGRAFIYASI FANIDAN “O`zbekiston qishloq xo`jaligi”
MAVZUSIDA YOZGAN
KURS ISHI

TerDU__2022-2023
Topshirdi: ______________


Qabul qildi: ______________

MUNDARIJA:
KIRISH…………………………………………………………………………….3
I.BOB.O`ZBEKISTONDA QISHLOQ XO`JALIGINING AHAMIYATI VA DEHQONCHILIK SOHASI TARMOQLARI.
1.1. Qishloq xo‘jaligining mamlakatimiz iqtisodiyotidagi o‘rni va ahamiyati……..5
1.2. O`zbekistonda dehqonchilik tarmoqlarining rivojlanishi.
Texnika ekinlari va donli ekinlar………………………………………………….10
1.3 Kartoshka, sabzavot, poliz ekinlari. Mevachilik va uzumchilik………………18
II.BOB.O`ZBEKISTONDA CHORVACHILIKNING RIVOJLANISHI VA UNING TARMOQLARI.
2.1 O`zbekiston chorvachilik tarmoqlarining rivojlanishi. Qoramolchilik……….21
2.2 Qo`ychilik (Qorako`lchilik) echkichilik va chorvachilikning boshqa tarmoqlari…………………………………………………………………………24
XULOSA…………………………………………………………………………29
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………..31

KIRISH
Qishloq xo'jaligi ASMning ikkinchi guruhini tashkil etadi. Qishloq xo'jaligining ikki muhim tarmog'i - dehqonchilik va chorvachilikda insonlar uchun kundalik zaruriyat bo'lgan oziq-ovqat, sanoat uchun xomashyo mahsulotlari yetishtiriladi.
Xomashyolar sanoatda mehnat predmeti, ularga ishlov beriladigan mashinalar esa mehnat vositasi hisoblansa, qishloq xo`jaligida mehnat predmeti ham, mehnat vositasi ham yer hisoblanadi. Qishloq xo`jaligida hosildorlik ko`p jihatdan yerning holatiga bo`g`liq. Shu sababli melioratsiya tadbirlari o`tkaziladi.
Melioratsiya - yerning holatini yaxshilash uchun tekislash, sug'orish, sho'rni yuvish, nihol o'tqazish, tuproq hosildorligini oshirish kabi tadbirlar yig`indisi. O'simliklarning o'sishi va hayvonlarning rivojlanishi tabiat qonunlariga bo'ysunadi. Shu bois, qishloq xo'jaligida ko'pgina ishlar mavsumiydir.
Mamlakatimizda qishloq xo`jaligi texnika bilan yaxshi ta`minlangan. Dehqonchilik va chorvachilikdagi sermehnat ishlarni mashinalar bajarmoqda. Ko`p ish jarayonlari elektrlashtirilgan, kimyoviy o`g`itlardan, o`simlik zararkunandalariga qarshi zaharli kimyoviy moddalardan hamda chorva mollari kasalliklariga qarshi kurash vositalaridan keng foydalanilmoqda. Shuningdek, kartoshka, sabzavotning serhosil, tashishga chidamli navlari ekila boshlandi. Bog'dorchilikda ishlov berish hamda terishga qulay meva navlari yaratildi. Natijada qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish va tayyorlash texnologiyasida tub o'zgarishlar ro'y berdi, mehnat unumdorligi ortdi. Bu hodisa «Yashil inqilob» deb baholanmoqda.[4]
Mamlakatimizning iqtisodiy-ijtimoiy hayotida qishloq xo`jaligi sohasi ham o`ziga xos o`rinini egallaydi va ustuvor yo`nalishlaridan biri hisoblanadi.
Yer yuzida qishloq xo`jaligi, hech bo`lmaganda uning biron-bir sohasi bilan shug`ullanmaydigan mamlakatni uchratish mushkul bo`lsa kerak. Ma’lumki, qishloq xo`jaligi aholining turli-tuman noz-ne`matlari, qator sanoat tarmoqlarini esa xom ashyo bilan ta`minlab turadi. Qishloq joylarda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasiga suyanish zamonaviy agrotexnikadan keng foydalanish, seleksiya va urug`chilik va dehqonchilik madaniyatida jahondagi ilg`or tajribalaridan oqilona foydalanish tufayli qishloq xo`jaligining aksariyat tarmoqlarida yutuqlar qo`lga kiritilmoqda.
Qishloq xo`jaligi sohasida ishlab chiqarish darajasini yuksaltirish iqtisodiy islohotlar amalga oshirilayotgan bir paytda mustaqil O`zbekiston oldida turgan qator muhim vazifalarni hal etishga imkon yaratdi. Qishloq xo`jaligi sohasida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish darajasiga qarab mustaqil respublikamizning kelajagi qanday bo`lishi aniqlanadi.
Shunga ko`ra mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotida moddiy ishlab chiqarish sohasining yirik mexanizatsiyalashgan tarmog`i bo`lib hisoblangan qishloq xo`jaligiga e’tibor kuchayib bormoqda. Qulay tabiiy sharoit, mehnatsevar xalqimizning malakasi qishloq xo`jaligi oldida turgan ulkan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish imkonini beradi.
Mustaqillikning o`tgan davri ichida mamlakatimizning turli jabxalarida bo`lgani kabi qishloq xo`jaligida ham tub o`zgarishlar ro`y berdi. Eng avvalo o`lkamizning iqtisodiy mustaqilligini va aholi turmushi farovonligi darajasini ko`tarish, jahon andozalariga mos keladigan qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini vujudga keltirish va birin-ketin hayotga tadbiq etila boshladi.
Natijada o`tmishdan qolgan boshqaruv uslubiga asoslangan davlat xo`jaliklari tugatilib, qishloq xo`jaligi sohasida faoliyat ko`rsatishi lozim bo`lgan jamoalar qayta tashkil etildi. Ular o`rniga bozor munosabatlariga mos keladigan shirkat xo`jaliklari, fermer xo`jaligi va dehqon xo`jaligi tizimi tarkib topdi.
Ishlab chiqarishni tashkil qilishning aynan shu ko`rinishi Respublika qishloq xo`jaligining asosiga aylandi.



Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling